|
Pichoqchilik san'ati. Mundarija Kirish
|
bet | 15/22 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 4,98 Mb. | | #233859 |
Bog'liq PICHOQCHILIK SAN\'ATI. Pichoq temir yoki po’latdan ishlanadi. Bronza davrida pichoqlarni misdan va bronzadan yasashgan. Keyinchalik temir kashf etilgandan keyin temir pichoklar yasalgan. Pichoq qinini tayyorlash uchun teri, gazlama, metall, yog’och va boshqalar ishlatiladi. Uni bezash uchun esa kashta, quroq, chekanka va boshqa materiallar ishlati¬ladi. Pichoq bandi yog’ochdan, mol shoxi, fil suyagi yoki tishidan yasaladi. Pichoqchilikda pichoq tig’ini tayyorlashda zok ishlatiladi. Zok — pichoqchilikda mis kuporosi, ruscha «je¬lezniy koporos» degani. Zok pichoq tig’ini zanglashdan saqlash uchun ishlatiladigan modda. Bu poroshok zok degan joydan olingani uchun shunday nom bilan yuritiladi. Bu poroshok suvda eritib tampon bilan pichoq tig’ini artiladi. Pichoq tig’i qoramtir tusga kirib, zanglamaydigan va puxta bo’ladi. Hozirgi paytda bu kimyoviy usulda amalga oshiriladi. Pichoqning bandini ishlashda gulband va har xil qimmatbaho toshlar ham ishlatiladi. Gulband — pichoqchilikda ishlatiladigan ma¬terial, pichoqning bo’yni, mahkam bo’lishi, sinib ketmasligi uchun suyak, yog’och, shox qismlarining tushib ketmasligi uchun o’rnatiladigan babbit yoki qalay. Qalay yoki babbit eritilib, koviya bilan yopishtiriladi. Keyin uning yuzi silliq-lanib pardozlanadi, Gullar solinadi yoki qimmatbaho toshlar bi¬lan bezaladi. Temirchi kabi pichoqchi usta ham do’konda o’choq, dam, sandon, bozg’on, egov, bolg’a va boshqa juda ko’p asboblar bilan ishlaydi. Shulardan ba’zi birlarini ko’rib chiqamiz. Tig’ombir — pichoq tig’ini yasashda chardani qimchib ushlab turishda ishlatiladigan po’lat ombird. Ustalarimiz turli asboblarni o’zlari yaratganlar. Birinchi marta ombirning yaratilishi xaqida quyidagi afsonani aytganlar: ustalarimizning aytishlaricha, pichoqlarni yasash uchun metallga xamir qorgandek qo’llari bilan ishlov berganlar. Kunlardan bir kun ishga berilib ketgan usta daf’atan suyakni g’ajiyotgan it o’z luqmasini panjalari yordamida ushlab eyayotganini ko’rib, o’zining birinchi ish quroli ombirni yaratgan ekan.
|
| |