Pichoqchilik san'ati. Mundarija Kirish




Download 4,98 Mb.
bet13/22
Sana15.05.2024
Hajmi4,98 Mb.
#233859
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22
Bog'liq
PICHOQCHILIK SAN\'ATI.

Mardona pichoq— pichoqsozlar kishilarni yoshiga qarab har xil pichoqlar ishlaganlar. Katta yoshdagi kishilar uchun ishlangan pichoqlarni «mardona pichoq» deb yuritilgan. U turli-tuman ko’rinishga ega bo’lib, ajoyib qilib bezati-ladi. Tig’i po’latdan yasalgan pichoqlar alohida ajralib turgan. Bezatilishiga qarab to’rt turga; ya’ni sodda pichoq, guldor pichoq chilmixgulli va zufta pichoqlarga bo’linadi.

Sodda pichoq — qadimdan uy-ro’zg’or ishlarida ishlatiladigan oddiy pichoq. Unga xech qanday gul yoki naqsh solinmagan, hashamsiz bo’ladi.U juda ko’p ishlatiladi. Har bir xonadonda ko’rish mumkin.

Guldor pichoq —pichoqchilikda gulli pichoq deb ham yuritiladi. Uning dasta hamda gul-bandiga naqshlar solingan, chiroyli pichoq.

Chilmixgulli pichoq — (qirqmix gulli pichoq) pichoqchilikda pichoq turlaridan biri bo’lib, uni chilmixa pichoq deb ham yuritiladi. Uning dastasiga chilmixlar qoqib, guldor qilib yasalgan pichoq bo’lib, u qadimdan ishlatilib kelinadi.

Ro’fta pichoq — tig’ining yuzi sidirg’asiga charxlangan bo’ladi. Ro’fta tojikcha ro’fta, ya’ni sidirilgan ma’nosini anglatadi. Bu pichoqning yuziga zok (achchiqtosh) surtiladi va ishlatib o’tmas qilinsa, o’tkirlash uchun charhlanmay qayiriladi. Marg’ilonda qayroqi lekin charxlanadigan turki charhi deb yuriti-ladi. Qo’qonda bu pichoqni ro’fta deb yuritiladi. Ro’ftani dami charxlanmaydi. Dastasining tuzilishiga ko’ra pichoqlar yog’och sopli, suyak sopli, dandon sopli, o’n besh sadafli turlarga bo’linadi.

Yog’och sopli pichoq—yog’och suqmasopli, yog’och sopli pichoq deb ham yuritiladi. Suqmasi yog’ochdan ishlangan pichoq turi. Shoadastali pichoq — uni shoxa, mug’uz, mug’uz dastali pichoq deb ham yuritiladi. Bu pichoqni dastasi hayvon shoxidan yasalgan bo’ladi.

Dakdon sopli pichoq — bunday pichoqning sopi filning tishi va suyagidan tayyorlanganbo’ladi. Dandon—tojikcha tir degani. Bunday pichoqlarni narxi qimmat bo’lgan. Dandon sopli pichoq qadimda ilohiy hiso6lanib, kishini yomonlikdan asrashda ahamiyatga ega bo’lgan. Odamlar bu pichoqning dastasini ushlaganlarida ilon chaqishidan, ayollarni esa farzandsizlikdan asraydi deb ishonganlar.


Download 4,98 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22




Download 4,98 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Pichoqchilik san'ati. Mundarija Kirish

Download 4,98 Mb.