|
Pichoqchilik san'ati. Mundarija Kirish
|
bet | 10/22 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 4,98 Mb. | | #233859 |
Bog'liq PICHOQCHILIK SAN\'ATI. Nodir pichoqlar yasashda o’zbek pichoqsoz ustalarining oldiga tushadigan usta kam topiladi. Pichoq yasash boshlang’ich paleolit davridan ma’lum bo’lgan. Temir davrida hunarmandchilik paydo bo’lgan va rivojlangan. Mis va bronzadan pichoq yasash bronza davriga kelib avj olgan. Temirning kashf etilishi pichoqchilik san’ati taraqqiyotida katta burilish bo’ldi. O’rta Osiyoda pichoqchilikning eng rivojlangan joyi arab mamlakatlari bo’lgan, Ispaniya va Itliyada esa tez usib rivojlanib ketgan.XVI asrda Germaniya, Angliya, Avstriya, Fransiyalarda pichoqchilikni kasb sifatida ta’qiqlab, pichoqni oshxonalarda ishlatishgan. XVII asr boshlarida pichoqning ochib yopiladigan, pakki, ustara va boshqa cho’ntakda saqlanadigan pakkilar yuzaga keldi. Arxeologik topilmalardan ma’lumki, O’rta Osiyo territoriyasida million yil avval 2 ming yillikga oid pichoq namunalari topilgan. Bolalik tepa, Afrosiyob, Varaxsha devorlariga ishlangan rasmlardan ma’lum bo’ldiki, pichoq uy-ro’zg’ordan tashqari harbiy qurol sifa¬tida ishlatilgan. VI—XII asrlarda pichoq yasash rivojlanib uni bezash texnologiyalari o’zgargan. XV—XVII asrlarda yonga osib yuriladigan pichoqlarning turli xillari paydo bo’ldi. Buni Navoiy, Bobir asarlarida ishlangan miniatyuralardan ko’rish mumkin.Keyinchalik pichoqchilikning o’ziga xos maktablari paydo bo’ldi. Farg’ona vodiysi, Samarqand, Buxoro, Tashkent, Xorazm, Qashqadaryo, Surxondaryo qadimdan pichoqchilik markazlari bo’lib, ular o’zining ishlash texnologiyasi, shakli, katta-kichikligi va bezaklari bilan farq qilgan O’rta Osiyoda qadimdan metallni qayta ishlash, ya’ni hunarmandchilik qurollari ishlab chiqarish uchun sharoit deyarli mavjud edi. Misning tabiiy zapaslari, kumush,qurg’oshin alyuminiy kabi materiallar juda ko’p edi.Hunarmandlar qadimdan bir-biri bilan birikib bir mahallada yashaganlar, shuning uchun mahallalarining komi ko’pchilik qaysi hunar bilan shug’ullansa shu nom bilan yurgizilgan. Masalan, zargarlik bilan shug’ullansa zargarlik (zargaron), misgarlik bilan shug’ullansa misgarlik (misgaron) va hokazo mahallalar deb yuritilgan. Buxoroda «Sufikordgar» qishlog’ining komi hali ham saqlanib qolgan. U erda hozir ham pichoqsozlar avlodi yashaydi. O’rta Osiyo territoriyasidagi viloyatlarda bunday mahallalar ko’p bo’lgan, Pichoqdan kesuvchi asbob tariqasida kunda foydalanilsa, qadimda O’rta Osiyoda erkaklarning eng zarur ish quroli, bezagi tariqasida foydalanilgan, Pichoqlarni badiiy bezash ham katta rol o’ynagan. Shuning uchun ham Sharq madaniyatining eng yaxshi an’analarini qayta tiklash va o’zlashtirish natijasida O’zbekiston jum-huriyatidagi pichoqsozlar milliy pichoqni sanat darajasiga ko’targanlar. Mashhur venger sayyoxi A. Vamberi o’zining ajoyib «O’rta Osiyo bo’ylab sayohat» asarida Qashqadaryoning pichoqchiligi haqida bunday deydi: «Bir xillari sifat jihatidan hisorlilarnikidan ustun bo’lmasa ham, ammo, butunlay O’rta Osiyoga tarqalgan bo’lib, xo’jalar tomonidan hatto Eron, Arabiston, Hindistonga olib bordilar va o’z mahalliy joyidan ko’ra, chet ellarda pichoqlar 3—4 baravar qimmat sotilar edi».
|
| |