|
Pichoqchilik san'ati. Mundarija Kirish
|
bet | 8/22 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 4,98 Mb. | | #233859 |
Bog'liq PICHOQCHILIK SAN\'ATI. Chust pichog’i – Namangan viloyatida vodiyning eng qadimiy shaharlaridan biri boʻlgan Chust shahrida usta hunarmandlar tomonidan tayyorlangan pichoq turi[1]. Chust pichogʻi nafaqat chiroyli, balki gʻayrioddiy vazifalarni ham bajara oladi: u sochni osongina kesadi. Tig’ini to’g’ri o’tkirlasa, juda uzoq yillar xizmat qiladi. Oʻzbekistonda „Chust pichog’i“ atamasi „Yuqori sifatli pichoq“ iborasi bilan ma’nodosh sanaladi[2]. O’rta Osiyoda mil. avv. VIII asrda Bibiona qadamjosida mahalliy aholi pichoqchilk hunari bilan shug’ullanishgan. Mil. avv. VIII asrdan to XV asrga qadar Chustda faqat pichoq ishlab chiqarilgan. Shu sababli butun dunyoga Chust pichog’i nomi mashhur bo’lgan[3]. Bugungi kunda „yorma“, „bodomcha“, „chamandasta“, „chumchuq“ va „etik sopli“ pichoqlari yasalib, chet elga eksport qilinmoqda[4]. O’ziga xosligi Chust milliy pichoqlari koʻhna va qadimiy boʻlib, qoʻl mehnati bilan tayyorlanganligi sababli dunyoning barcha mamlakatlarida xaridorgir mahsulot hisoblanadi. Haqiqiy Chust pichogʻi har doim tashqi goʻzalligi bilan boshqa pichoqlardan ajralib turadi. Odatda uning tigʻi tekis, kengligi 3-4 sm va uzunligi 10 dan 20 sm gacha bo’ladi. Haqiqiy Chust pichogʻining sopi fil suyagi, saygʻoq yoki bugʻu suyagidan yasalgan bo’ladi. Marvarid, kumush yoki rangli toshlar bilan bezatilgan bo’lib, metall qismi o’yma naqshlar bilan ishlangan bo’ladi. Shu sababli bu pichoqlar xalq tilida „Guldor pichoq“ deb ataladi[5]. Chust pichog’i turlari Chust pichoqlari pichoqning shakli va kengligiga qarab bir necha turlarga boʻlinadi: tor, qiyshiq tigʻi bor, biroz tol bargini eslatuvchi „Tolbargi pichoq“, muhrasi (keskir tomoniga qarama-qarshi tomon) tekis „to’gʻri pichoq“, tig’i biroz egilgan „Hisori pichoq“, „Qozoqi pichoq“ va „Bodomcha pichoq“, tig’ining yuqori qismida chuqurchasi bo’ladigan „Soylik pichoq“ va xuddi shunga o’xshash yuqori cheti – qo’shkamalak boʻylab chuqurchaga ega „Kamalak pichoq“ va „Qushsoylik pichogʻi“ kabi turlarga bo’linadi. Chustda anʼanaviy pichoqlarning juda koʻp turlari mavjud boʻlib, ularning har biri oʻz maqsadiga ega. Oshxonada ishlatish, goʻshtni kesish yoki sabzavotlarni tozalash va maydalash uchun pichoqlar mavjud. Hatto mevalarni tozalash uchun maxsus kichik pichoqlar, ovchilar uchun qulay pichoqlar, daraxtlarni kesish uchun ham maxsus pichoqlar ham bor[5].
|
| |