Pichoqchilik san'ati. Mundarija Kirish




Download 4,98 Mb.
bet5/22
Sana15.05.2024
Hajmi4,98 Mb.
#233859
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
PICHOQCHILIK SAN\'ATI.

O’rta Osiyoda pichoq alohida ramziy ma’noda, ya’ni barcha yovuzliklardan saqlash ma’nosida masalan, «dandon sopli pichoq» va «karkesopli pichoq»lar ilohiy hisoblangan. Bu pichoqlar kishini insjinsdan, yomonlikdan asrashda muhim ahamiyatga ega bo’lgan. Pichoq dastasini ushlash ilon chaqishidan, ayollarni esa farzandsizlikdan asraydi, deb irim qilishgan. Ushbu pichoqlar hozir ham noyob, hatto ustalar uchun ham kamyob hisoblanadi. Pichoqni yasash jarayonida pichoq tig’ini o’tkirlash uchun ishlatiladigan suv tomoq og’rig’i hamda yurakni davolashda ishlatilgan. Bundan tashqari kashtachilikda, me’morlik bezagida, sopolchilikda pichoqni ramziy holatda tasvirlaydilar. Bir tomoni o’tkirlangan, plastinkasimon kesuvchi asbobni pichoq deb yuritiladi.

Pichoq qadimdan ishlatib kelinayotgan asboblardan biri bo’lib, uni tosh, mis va bronzadan ishlanadi. Pichoq O’rta Osiyoda keng tarqalgan bo’lib, u tig’ va dastadan iborat bo’ladi. Pichoqlar tuzili shiga ko’ra uch xil bo’ladi, ya’ni to’g’ri pichoqlar, qayqi pichoqlar va bodomcha pichoqlardir.

Pichoq qadimdan ishlatib kelinayotgan asboblardan biri bo’lib, uni tosh, mis va bronzadan ishlanadi. Pichoq O’rta Osiyoda keng tarqalgan bo’lib, u tig’ va dastadan iborat bo’ladi. Pichoqlar tuzili shiga ko’ra uch xil bo’ladi, ya’ni to’g’ri pichoqlar, qayqi pichoqlar va bodomcha pichoqlardir.

To’g’ri pichoq — qadimdan ishlatilib kelinayotgan pichoq turi bo’lib, pichoqchilikda pichoq tig’ining uchi qayrilmay to’g’ri chiqqan bo’ladi. Shuning uchun Marg’ilonda to’g’ri pichoq deb yuritiladi. Asakada bu pichoqni ribak, Namanganda esa to’g’ri pichos yoki xanjar nusxa deb ataladi.

Kayqi pichoq — pichoqchilikda pichoqning bir shakli bo’lib, tig’ining uchi orqasiga ozgina qayrilgan bo’ladi. Uni qilichak pichoq, chaqmoki pichoq deb ham yuritiladi. Bodomcha pichoq. — uning orqa qirrasi uchidan taxminan 4—5 smcha joyi ichiga kamalak bo’lib kirgai bo’ladi. Qo’qonda qozoqcha, Marg’ilonda kozoki, Namanganda bodomcha va kozokcha deb yuritiladi. Pichoqlar katta-kichikligiga ko’ra o’rtasuyamli, kezlik, bolapichoq va chalabuzar mardona pichoq turlariga bo’linadi.


Download 4,98 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Download 4,98 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Pichoqchilik san'ati. Mundarija Kirish

Download 4,98 Mb.