|
Pichoqchilik san'ati. Mundarija Kirish
|
bet | 14/22 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 4,98 Mb. | | #233859 |
Bog'liq PICHOQCHILIK SAN\'ATI. O’n uch sadafli pichoq — bunday pichoq dastasiga o’n uch dona sadaf ko’z solingan. Shuning uchun bu pichoqni un uch sadafli pichoq deb yuritiladi. Xuddi shuningdek o’n uch sadafli pichoq dastasiga esa sadafdan o’n besh dona gul solingan bo’ladi. Gul o’rniga ko’z deb ham yuritiladi. Yasash usuliga ko’ra pichoqlar cho’st pichog’i, qorasuv pichog’i, shahrixon pichog’I, poytug’ PICHOG’I, buxo-rocha pichoq va boshqalar bor. Pichoq uchta qismdan tig’, dasta va qindan iborat. Tig’ — pichoq tig’i, pichoqning gulbanddan yuqo-rigi, ya’ni kesadigan qismi. Qadimdan tig’ni o’tkirlash va silliqlashga katta e’tibor beril-gan. U bigiz, qalam, naqsh, naycha qalam kabi o’yg’ich qalamlar bilan bezatiladi. To’g’ri tig’li pichoq, tig’i tol bargini eslatuvchi, o’tkir tig’li birmuncha tepaga qayrilgan o’tkir tig’li, tig’i-da chuqurchasi yoki tishlari bo’lgan pichoqlar bo’ladi. Pichoq dastasi — dasta x,ar xil bo’lib, o’ziga yarasha usullarda yasaladi. Ular suqma dasta, yorma dasta hamda naqshinkor dastalar bo’ladi. Suqma dasta — pichoqchiliqda suqma con deb ham yuritiladi. yog’och, shox, suyak, metall va bosh-qalarni ichini teshib, dumga suqib, mahkam qilinadi. Yorma dasta — pichoqchilikda, metall sopining ikki yuziga yorma yog’och, suyak, shox va boshqalarni bo’laklari o’rnatilgan pichoq. Pichoq dastalari hayvon shoxi, suyagi, tishi, metall, yog’och ham-da plastmassa va boshqa materiallardan ish-lanadi. Dastalarni ishlashda uning materialini, fakturasini hamda ko’rinishini saqlab qolishga harakat qilingan. Qin — pichoq, qilich, xanjar va boshqa asbob-larni solib qo’yish uchun mahsus moslama. U charmdan, ba’zida matodan, uchiga, dasta qismiga metall qadab mustahkamlab tayyorlanadi. Qinlar pichoqdan o’ng’ay, qulay foydalanish uchun hamda qo’shimcha badiiy bezak sifatida ham ishlatiladi. Qinni gazlama, metall, teri, yog’och va boshqalar-dan ishlanadi._)Qinni bezash uchun quroq kashta chekanka va boshqalar ishlatiladi. Ular teriga badiiy o’yma naqshlar berishda ishlatiladi. [Pichoqlarni ustalar har xil texnik usullarda bezaganlar. Metall ishlashda quyish, shtampovka, metallni issiq va sovuq ishlash, o’ymakorlik, gravirovka, oltin suvi yugurtirish, o’yish, sil-liqlash hamda pardozlash usullarini qo’llagan-lar. Ustalar po’latdan qilingan pichoq tig’lariga metall ustidan tilla suvi yugurtirib kertik qilinib pichoqlarni ajoyib ko’rinishga keltir-ganlar. Ular pichoqlarni silliqlash hamda pardoz berish natijasida tig’larini oynadek yalti-ratishgan. Dastasi va uchini kumushdan o’yma naqshlar qilib bezatishgan.
|
| |