|
Pichoqchilik san'ati. Mundarija Kirish
|
bet | 16/22 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 4,98 Mb. | | #233859 |
Bog'liq PICHOQCHILIK SAN\'ATI. Charx — har xil asboblarni (tegizib o’tkir-lash), charxlash uchun ishlatiladigan asbob, asbobni unga aylantirib ishlatiladi. Ustalarimiz uni yana charxdonlik charxdor, charxdon, charxkash, charxchi, charxlash, charxpoya deb yuritadilar. Pichoq tig’i bigiz, qalam, naqsh naycha qalam kabi o’yg’ich qalamlar bilan bezatiladi. Bigiz — pichoqchilikda pichoq gulbandini o’yib naqsh solinadigan asbob, u ko’kqalam hamda naqsh bigiz xilida bo’ladi^ Ko’kqalam — bigizning bir turi, pichoqchilik-da qalamtoshga o’xshagan asbob bo’lib, u bilan pichoqning gulbandiga ko’x (tavq) o’rni teshiladi hamda ziycha gul o’yib ishlanadi. Gulbandga o’rnatiluvchi marjon kesiladi, Naqsh bigiz — naqsh qalamning bir turi, o’zi po’lat, dastasi yog’ochdan bo’ladi. Naqsh bigiz bilan pichoqning gulbandi va tig’iga chizib gul ishla¬nadi. Uni, ya’ni gul qalam, naqsh qalam ham deb ataladi. Naqsh qalam — pichoq yuziga naqsh o’yib ishlatiladigan asbob, u po’latdan yasaladi. Uni gul kalam deyiladi. Naycha qalam — uchi tirnoq shaklida pulat¬dan yasaladi. Bu asbob bilan qo’shpichokning yuziga islimiy gullar o’yib ishlanadi. Kayrok. — pichoq, ustara, ketmon, tesha va boshqalarni qayrabo’tkir qilinadigan tosh, u ikki xil bo’ladi, toshqayrok va qumkayrok. Toshqayroq — toshdan qilingan bo’ladi, qumqayroq esa mahsus charx qumdan yasaladi. Bozgardon — Namangan, Chust pichoqchi ustalari bo’zgardon, Marg’ilon ustalari go’zgardon, Qo’qonda bozgardon deb ham yuritiladi^ U pichoqqa dasta qilinadigan egri-bugri shoxni shoxqolipga solib to’g’rilagich bo’lib, uni qolipdan chiqarib olish uchun yasalgan. Bozgardon jimjiloq yo’g’onligida, bir qarichcha uzunlikdagi temir. Bozg’on — bosqon, bozg’on, temirchilik, taqachilik va pichoqchilikda qizigan temirni, po’latni sandonga quyib, zarb bilan urib go’zila va yapaloq qilishda ishlatiladigan katta og’ir bolg’aning dastasi yog’ochdan bo’lib, bolg’aning og’irligi 4—6 kg atrofida bo’ladi. Namangan va Chimboyda bosqon, Qorasuvda katta bolg’a va bozg’on deb yuritiladi.
|
| |