• Yoshlar yetakchisining asosiy vazifalari
  • Yetakchilar o‘ziga biriktirilgan mahallalarda faoliyatini quyidagi asosiy yo‘nalishlarda amalga oshiradi
  • Mahallalarda yoshlar




    Download 24,75 Kb.
    bet1/4
    Sana04.09.2024
    Hajmi24,75 Kb.
    #270281
      1   2   3   4
    Bog'liq
    PQ-92


    MAHALLALARDA YOSHLAR
    BILAN ISHLASH TIZIMINI TUBDAN TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 19.01.2022 yildagi PQ-92-son
    Har bir shaharcha, qishloq, ovulda, shuningdek, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar hamda ovullardagi har bir mahallada (keyingi o‘rinlarda — mahalla) yoshlar yetakchisi lavozimi joriy etilsin.
    Yoshlar yetakchisining asosiy vazifalari:
    1)Yoshlar balansini shakllantirish
    2)Yoshlar to`g`risidagi zarur ma`lumotlarni ``Yoshlar daftari`` va ``Yoshlar portali`` electron platformalariga kiritib boorish, ular bilan samarali ish tashkil qilish
    3)  Mahallalarda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, milliy xalq o‘yinlari va sport turlarini yoshlar orasida ommalashtirish, Besh muhim tashabbus loyihalari, yoshlar festivallari va boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlarni amalga oshirish

    • 4) yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, iqtidori, iste’dodi va tashabbuslarini rag‘batlantirish hamda hayotda o‘z o‘rnini topishlariga ko‘maklashish

    • 5) yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda ularning intellektual jihatdan kamol topishini va ma’naviy rivojlanishini ta’minlash

    • 6) huquqbuzarlik sodir etishga moyilligi bo‘lgan yoshlar bilan tizimli ishlash, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan, ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalaridan qaytib kelgan yoshlarning ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya qilinishi va moslashuviga ko‘maklashish.

    Yetakchilar o‘ziga biriktirilgan mahallalarda faoliyatini
    quyidagi asosiy yo‘nalishlarda amalga oshiradi:
    1)madaniyat va san’atni targ‘ib qilish borasida — “San’at g‘unchalari” ko‘rik tanlovi, maqom, baxshichilik va estrada bo‘yicha “Yoshlar ovozi”, “Yosh musavvirlar” tanlovlari hamda “Kamalak yulduzlari” bolalar ijodiyot festivalini o‘tkazadi, shuningdek, yoshlar va bolalar teatr jamoalarini tashkil etadi;
    2) sog‘lom turmush tarzi va sportni ommalashtirish borasida — mini-futbol, voleybol, basketbol, stol tennisi, velosport, yugurish, shaxmat, shashka, badminton, kamondan otish bo‘yicha musobaqalarni tashkil etadi, salomatlik uchun 5 000 qadam yurish marafoni hamda “Yosh ekolog” aksiyasini o‘tkazadi;
    3) axborot texnologiyalaridan samarali foydalanishni tashkil qilish borasida — “Bir million dasturchi”, “Dasturlashga birinchi qadam” loyihalarini amalga oshiradi, kibersport chempionati va “Axborot texnologiyalari bilimdoni” tanlovini o‘tkazadi;
    4) ma’naviyat va kitobxonlikni targ‘ib qilish borasida — “Zakovat” musobaqasi, “Quvnoqlar va zukkolar”, “Zukko kitobxon”, “Yosh kitobxon”, “Yosh kitobxon oila”, “Xorijiy tillar bilimdoni” va “Yosh poliglot” tanlovlari hamda “Munozara” intellektual va milliy xalq o‘yinlarini tashkil etadi;
    5) vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va huquqiy savodxonlikni oshirish borasida — “Yosh chegarachi”, “Yosh qutqaruvchi”, “Quvnoq startlar”, “Temurbeklar”, “To‘maris malikalari”, “Shunqorlar”, “Yosh huquqshunos”, “Yosh saylovchi”, “Yosh deputat” tanlovlari hamda “Men ham askar bo‘laman” aksiyalari va harbiy qismlarga sayohatlarni tashkil etadi;
    6) tadbirkorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash borasida — “O‘zbekiston uchun 100 g‘oya” va “Mahallaning ishbilarmon tadbirkori” tanlovlari, “Biznesga birinchi qadam” grant loyihasi hamda muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlar bilan uchrashuvlarni tashkil etadi.
    (_)Yetakchilar mahalladagi yoshlarning qiziqishlarini inobatga olgan holda har kuni o‘tkazilishini ta’minlab borsin

    ()har bir mahallada “Bir nuroniyga o‘n nafar yosh”, “Keksa avlod uchrashuvlari” loyihalarini amalga oshirsin;


    ()O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bilan birgalikda “Yoshlar nuroniylar e’tiborida” rukni ostida turkum ko‘rsatuvlar tayyorlanishi va efirga uzatilishini ta’minlasin;
    ()mahallalarda yoshlarni Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan turkum tadbirlarni tashkil etish choralarini ko‘rsin.
    har chorakda hududlar kesimida kamida bir marotaba havaskor yoshlar orasida musobaqalar o‘tkazilishi bo‘yicha yillik reja-grafiklarini tasdiqlab, amalga oshirilishini ta’minlasin;
    musobaqalarda ijobiy natijalarga erishgan yoshlar sport bilan muntazam ravishda shug‘ullanishi va professional sportchi bo‘lib yetishishi uchun ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘rsin.
    Madaniyat vazirligi, Turizm va sport vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Mudofaa vazirligi hamda boshqa manfaatdor tashkilotlar Yetakchilar tomonidan mahallalarda tadbirlar o‘tkazilishida amaliy yordam ko‘rsatib borsin.
    har chorakda mahallada yoshlar siyosatini samarali amalga oshirishda yuqori natijadorlikka erishayotgan mamlakat bo‘yicha eng ilg‘or 100 nafar Yetakchilar bir oylik ish haqiga teng miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi;

    faoliyatini samarali tashkil etayotgan, o‘zining shaxsiy fazilatlari bilan yoshlarga namuna bo‘layotgan va ularga yetakchilik qilayotgan Yetakchilar “Yangi O‘zbekiston islohotchisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanadi.





    Download 24,75 Kb.
      1   2   3   4




    Download 24,75 Kb.