|
Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq 2022-yil 1-martdan boshlab
|
bet | 2/4 | Sana | 04.09.2024 | Hajmi | 24,75 Kb. | | #270281 |
Bog'liq PQ-92Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq 2022-yil 1-martdan boshlab:
yordam turlari Yetakchining tavsiyasi asosida beriladi;
()Yetakchi yoshlarning tadbirkorlik g‘oyalarini amalga oshirish, ular faoliyatiga kredit, subsidiya va boshqa yordam choralarini jalb qilish bo‘yicha mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchisi bilan hamkorlik qiladi;
Yetakchi yuqorida ko‘rsatiladigan yordam turlarini berishni ko‘zda tutilgan har bir murojaatning samaradorligi va maqsadga muvofiqligini chuqur o‘rgangan holda ularni berish uchun mas’ul idora va tashkilotlarga o‘z tavsiyasini taqdim etadi;
Yetakchi beriladigan tavsiyalarning asosliligi, haqqoniyligi va adolatliligi uchun mas’ul hisoblanadi.
Davlat umumiy o‘rta ta’lim maktablarida direktorning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari yoshlar masalalarida idoralararo hamkorlik va Yetakchilar faoliyatiga ko‘maklashish uchun mas’ul deb hisoblansin.
ish faoliyati natijalariga ko‘ra Yetakchilarni Milliy kadrlar zaxirasiga kiritsin, bunda ushbu Yetakchilar tanlovsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuqori lavozimlarga o‘tkazilishi mumkin;
Yetakchining oylik ish haqi miqdori u biriktirilgan mahalladagi xonadonlar soniga mutanosib ravishda quyidagicha belgilansin
xonadonlar soni 500 tagacha bo‘lgan mahallada — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5 baravari miqdorida;
xonadonlar soni 501 tadan 1 000 tagacha bo‘lgan mahallada — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5,5 baravari miqdorida;
xonadonlar soni 1 000 tadan ortiq bo‘lgan mahallada — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 6 baravari miqdorida.
Yoshlar ishlari agentligiga faoliyat samaradorligi ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib, Yetakchilarni har chorak yakuni bo‘yicha oylik ish haqining 50 foizigacha miqdorda mukofotlash huquqi berilsin.
boshqa hududlardan kelib o‘z faoliyatini olib borayotgan Yetakchi uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravarigacha bo‘lgan miqdorda turar joy ijara to‘lovi qoplab beriladi;
yil yakuni bo‘yicha o‘ziga biriktirilgan hududda yuqori natijalarga erishgan Yetakchilarga ipoteka krediti asosida sotib olinayotgan uy-joy qiymatining 50 foizi miqdorida, biroq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-dekabrdagi PF-33-son Farmoniga muvofiq belgilanadigan uy-joy hisoblangan qiymatining 50 foizidan yuqori bo‘lmagan miqdorda subsidiya beriladi;
16. Yoshlar ishlari agentligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda Yoshlar ishlari agentligiga ajratilgan budjet mablag‘lari hisobidan har bir Yetakchining ish faoliyatini to‘liq raqamlashtirsin hamda quyidagi yo‘nalishlarni nazarda tutuvchi elektron reyting tizimini (KPI) joriy etsin:
mahallada yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, madaniy-ma’rifiy va sport tadbirlarini kunlik amalga oshirish holati;
tadbirlarda mahalladagi yoshlarni to‘liq qamrab olinganlik darajasi;
“Yoshlar balansi”ni shakllantirish, “Yoshlar daftari” va “Yoshlar portali” elektron platformalarini raqamlashtirish darajasi;
xorijda yurgan mahalla yoshlari bilan yaqindan aloqaning yo‘lga qo‘yilganligi.
Yetakchilar uchun qulay sharoitga ega bo‘lgan xizmat xonalarini ajratsin va ularni moddiy-texnik jihozlar (mebel, kompyuter to‘plami, aloqa, Internet va boshqalar) bilan ta’minlasin;
mahalliy budjet mablag‘lari va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan Yetakchilarni “Yoshlar daftari” va “Yoshlar portali” elektron platformalariga ulangan, masofadan turib hisobotlar taqdim etish hamda videokonferensaloqa shaklida yig‘ilishlarda ishtirok etish imkonini beruvchi planshetlar bilan ta’minlasin.
Yoshlar ishlari agentligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ikki oy muddatda planshetlarda foydalaniladigan dasturiy ta’minotni ishlab chiqsin va Yetakchilarga taqdim etsin
Moliya vazirligi ushbu qaror bilan ajratilishi lozim bo‘lgan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetining qo‘shimcha daromad va iqtisod qilinadigan mablag‘lari doirasida ajratilishini ta’minlasin.
|
| |