• Bankni rivojlantirish strategiyasining asosiy ustuvor yo‘nalishlari
  • Bankni rivojlantirish strategiyasining asosiy ustuvor yo‘nalishlari




    Download 0.65 Mb.
    bet1/4
    Sana23.05.2023
    Hajmi0.65 Mb.
    #63647
      1   2   3   4
    Bog'liq
    23.05.23
    Statistika(Oraliq) (1), Налоговый кодекс Республики Узбекистан, xkzbvdehbohboi, Blender 2.92.0, menejment, Toksanbayeva Albina sug\'urta mustaqil ishi, 3-TEZIS, 2-mavzu, psihologiya-i-alhimiya, Reading log 1 (1), Tarixiy xotirasiz kelajak yo\'q, Волейболни вужудга келиши ХАМДА ўйин қоидалари, ИШЧИ КУЧИ БОЗОРИ ВА БАНДЛИК, O\'ZBEKISTON VA JAHON HAMJAMIYATI, Doc2

    “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 5-maydagi PF-3750-son Qarori va Vazirlar Mahkamasining “Aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish to‘g‘risida”gi 78-sonli qarori bilan tashkil etilgan
    Bank Missiyasi - barcha qatlamlarigi insonlarga moliyaviy ko‘mak berish, kichik biznes va hususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, xunarmandchilik, ayollar va yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi daromadlarini ko‘paytirish, insonlar turmush darajasini oshirish va keng ko‘lamdagi zamonaviy bank xizmatlarini ko‘rsatib mamlakatimiz rivojiga munosib hissa qo‘shishdan iborat.
    Bank o‘z faoliyatini mijozlar talablarini to‘liq qondirish, zamonaviy va raqobatbardosh moliya muassasasiga aylanish, xalqaro kapital bozoridagi ishtirokini kengaytirishni o‘z oldiga maqsad deb qo‘ygan.


    Bankni rivojlantirish strategiyasining asosiy ustuvor yo‘nalishlari:

    • Mijozlarga xizmat ko‘rsatish infratuzilmasi va sharoitlarini rivojlantirish;

    • Korporativ boshqaruvni takomillashtirish;

    • Moliyaviy boshqaruvni rivojlantirish;

    • HR funksiyalarini rivojlantirish;

    • Biznes-jarayonlarni raqamlashtirish va avtomatlashtirish;

    • Sotuv tarmoqlari va bank mahsulotlarini rivojlantirish.




    “2022-yil 12-may kuni xalqaro nufuzli reyting kompaniyalaridan biri - Fitch Ratings “Mikrokreditbank” ATB kredit reytingini «BB-», “Barqaror”, mamlakat suveren reytingi darajasida baholadi. Ushbu daraja bankning asosiy ko‘rsatkichlari barqarorligini, xususan, kreditlash salohiyatining yuqoriligini ifodalaydi hamda mijozlari va hamkorlari oldida ishonchliligini namoyon etadi.


    Fitch Ratings bank reytingini aniqlashda uning moliyaviy faoliyati, xususan, kreditlash sohasida istiqboldagi salohiyatini chuqur o‘rganib, tahlil qildi.
    Ta’kidlash joiz, “Mikrokreditbank”ning kreditlash faoliyati keng qamrovli. Bank sarmoyalari iqtisodiyotning yirik tarmoqlaridan tortib, kichik biznes sohasini moliyalashtirishda muhim rol o‘ynaydi. Xususan, quyonchilik, xunarmandchilik, va qishloq xujaligi kabi iqtisodiyotning real sektoridagi bir necha o‘nlab loyihalar “Mikrokreditbank” ATB investitsiyalari hisobiga o‘z vaqtida hayotga tatbiq etilmoqda. Yetakchi reyting kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan ushbu xalqaro darajadagi reyting “Mikrokreditbank” ATB faoliyati samaradorligini hamda o‘z vazifalarini to‘laqonli bajarayotganligini bildiradi”.
    “Mikrokreditbank” ATB korporativ boshqaruv tizimi O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, Korporativ boshqaruv kodeksi, Markaziy bank meʼyoriy-huquqiy hujjatlari va jahon tajribasidan foydalanish tamoyillari asosida tuzilgan.
    Bank korporativ boshqaruv organlari – Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi, Kuzatuv Kengashi, bank Boshqaruvi hamda Taftish komissiyasi, Kuzatuv Kengashi qoshidagi 2 ta va Boshqaruv qoshidagi 8 ta qo‘mita va komissiyalarni o‘z ichiga olgan mukammal tuzilmasi faoliyat yuritmoqda

    Download 0.65 Mb.
      1   2   3   4




    Download 0.65 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bankni rivojlantirish strategiyasining asosiy ustuvor yo‘nalishlari

    Download 0.65 Mb.