• Shaharning dastlabki tarixi haqida
  • Afrosiyob madaniyati




    Download 17,68 Kb.
    bet1/2
    Sana06.06.2024
    Hajmi17,68 Kb.
    #260976
      1   2
    Bog'liq
    AFROSIYOB MADANIYATI


    AFROSIYOB MADANIYATI
    Reja:

    1. Afrosiyob – Samarqandning qadimgi shahar xarobasi.

    2. Shaharning dastlabki tarixi haqida

    3. Afrosiyobda topilgan arxeologik materiallar



    Afrosiyob – Samarqandning qadimgi shahar xarobasi. Shaharning mazkur qadimgi nomi miloddan avvalgi VIII–VII asrlarda Turon davlatini boshqargan harbiy sarkarda va mashhur davlat arbobi Afrosiyob nomidan kelib chiqqan. Turkiy manbalarda u Afrosiyob Er Toʻngʻa, forsiy manbalarda Afrosiyob nomi bilan tilga olinadi. Koʻpchilik mutaxassislar Afrosiyobni hozirga qadar afsonaviy timsol sifatida eʼtirof etadi. Ammo Abu Rayhon Beruniy, Mahmud Koshgʻariy, Alisher Navoiyning asarlarida va yana koʻplab boshqa manbalarda u real tarixiy shaxs ekani qayd qilinadi. Afrosiyob nomi tarixiy manbalarda qadimgi Samarqandga nisbatan XVII asrdan boshlab qoʻllaniladi. Afrosiyob hozirgi Samarqandning shimoliy chegarasiga tutash keng tepaliklardan iborat boʻlib, uning maydoni 219 gektar. Tepalikning shimoli Siyob arigʻi bilan chegaralangan. Janubiy tomondan “eski shahar” deb atalgan qismi Samarqandga qoʻshilib ketgan.
     
    Shaharning dastlabki tarixi haqida yozma manbalarda maʼlumotlar juda kam uchraydi. Asosiy maʼlumotlar koʻhna shaharda oʻtkazilgan arxeologik qazishmalar natijasida qoʻlga kiritilmoqda. Arxeologik qazishmalar qalin madaniy qatlamlarning qanday boʻlganligiga aniqlik kiritish bilan birga boylar va kam bagʻallarning uylarini, hunarmandlarning ustaxonalarini, savdogarlarning doʻkonlarini, koʻcha va maydonlarni, shohona saroylar va ibodatxona, masjid va madrasalarni, mudofaa inshootlarini, shaharning suv bilan taʼminlanish tizimi va hokazoni aniqlashga yordam beradi. 1930-yillarga qadar Afrosiyobda olib borilgan arxeologik qazishmalar qadimgi Samarqand tarixiga oid juda kam maʼlumot bergan. II jahon urushidan keyin Oʻz FA Tarix va arxeologiya instituti olimlaridan A.I.Terenojkin tomonidan Afrosiyobda jiddiy dala tadqiqotlari oʻtkazildi. Natijada uning eng pastki qatlamidan miloddan avvalgi VI–V asrlarga taalluqli buyumlar, uy-joy xarobalari topildi. Ya.Gʻ.Gʻulomovlar (1967–70) va V.A.Shishkin (1958–66) rahbarligida olib borilgan keng koʻlamli arxeologik qazishlar natijasida qadimgi madaniy qatlam namunalari Afrosiyobning boshqa joylaridan ham topildi. 1966-yil 13-iyulda Afrosiyobni arxeologik jihatdan kompleks oʻrganishni tashkil etish maqsadida Respublika hukumatining maxsus qarori qabul qilindi. Unga koʻra, Afrosiyob “arxeologik qoʻriqxona” deb eʼlon qilinib, uni oʻrganish ishiga Toshkent va Samarqand davlat universitetlari hamda Madaniyat vazirligining Sanʼatshunoslik instituti olimlari safarbar etildi. Aniq ilmiy reja asosida boshlangan arxeologik tadqiqotlar tufayli nafaqat shaharning koʻp asrlik yoshi, balki uning har xil davrlardagi tarixiy topografiyasi, shahar tarkibi, shahar hayotining rivojlanish bosqichlari, bosqinlar tufayli yuz bergan boʻhronlar davri aniqlandi. Samarqand ixshidlarining shohona saroyi ochildi.
     

    Download 17,68 Kb.
      1   2




    Download 17,68 Kb.