• Foydalanilgan adabiyotlar.
  • Karyer transportining o'ziga xos xususiyatlari. Konjinslarini temiryoi transportida tashish texnologiyasi. Karyerlarda avtomobil va konveyer transporti




    Download 28.47 Kb.
    Sana29.02.2024
    Hajmi28.47 Kb.
    #164577
    Bog'liq
    1 Karyer transporti
    11 TA REFERAT, Kompyuter-zamonaviy-texnik, Yo’l servisini tashkil etishning maqsadi va obodonlashtirish, Landshaft arxitekturasini rivojlantirish, uning usullari va uslublari, AVTOMOBIL YO‘LLARI ARXITEKTURASI., Shahar hududida tashkil etilgan “Yashil maydon”lar arxitekturasi, Toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali-fayllar.org, Avtomobil yo‘llarida diagnostika ishlarini olib borish va nuqson-fayllar.org, 1 A. X. O‘roqov, 2 Tayyor mahsulot sifatini nazorat qilish va qabul qilib olish, Doc1, 12 Maruza, 12 mavzu, 2 Maruza



    Mavzu: Karyer transporti.

    Reja:

    1. Karyer transporti Karyer transportining o'ziga xos xususiyatlari.

    2. Konjinslarini temiryoi transportida tashish texnologiyasi.

    3. Karyerlarda avtomobil va konveyer transporti.

    4. Xulosa.

    5. Foydalanilgan adabiyotlar.

    Karyer transporti Karyer transportining o'ziga xos xususiyatlari.


    Karyer transporti kon massasini (qoplama jins va foydali qazilmalar) kayjoydan to‘kish punktlariga tashishga mo‘ljallangan bo‘lib, texnologik jarayonlarni o‘zaro bog‘lovchi vosita hisoblanadi. Konlarni qazib olish samaradorligi kaiyer trasportining aniq ishlashiga bog'liq. Karyer transporti jarayonlari o‘tamehnattalab bo'lib, unga sarflanadigan xarajatlar mahsulot tannarxining 45-65 %ni ayrim hollarda esa. 60-65 %ni tashkil etadi. Kon ishlarini olib borishning quyidagi maxsus sharoitlari karyer transportining o‘ziga xos xususiyatlarini belgilaydi: - qisqa tashish masofasida katta hajmdagi yuklarni transport qilishning markazlashgan (bir tom onlama) yo'nalishiga ega bo'lishi; - transport vositalarini yuklash punkti (kayjoyni) va yukni to'kish punktlarini doimiy o'zgarib turishi tufayli transport kommunikatsiyalarini davriy surilib turishi; - yukni tashish yo'nalishida transport vositalarining ma’lum balandlikka ko'tarilishi zarurligi; - tashiladigan kon massasining qattiqligi, zichligi, timovchanligi va undagi jins bo'laklarining turli o'lchamlarga ega bo'lishi transport uskunalarining pishiq va yuritgichlari quw ati yuqori bo'lishini talab qiladi. Karyer transporti - bu kayjoydan qazib olingan kon massasini qabul qilish (boyitish fabrikasi qoplama jins ag'darmasi va hokazo) punktlargacha tashib beradigan vositalar majmuyidir. Bu vositalar 42 karyerlardagi texnologik jarayonlarni bir-biriga bog‘lovchi bo‘g‘in bo‘lib, ko‘p mehnat va xarajatlar sarfini talab qiladi. Foydali qazilmani qazib olish uchun sarflangan xarajatlaming 45-50 %, ayrim hollarda 65-70% transport xarajatlarini tashkil etadi. Karyer transportida «yuk aylanmasi va «yuk potogi» degan iboralar ishlatiladi. Yuk aylanniasi deganda vaqt birligi ichida tashilishi lozim bo‘lgan foydali qazilma yoki qoplama jins hajmi (t yoki m 3) tushuniladi. Yuk potogi - bu karyer maydoni chcgaralarida (hududida) yuk tashish yo'nalishlari demakdir. Ochiq kon ishlarida barcha turdagi transport vositalaridan foydalaniladi. Karrlarda temiryo1!, avtomobil va konveyer transportlari keng qo'llaniladi. Skipli ko'tarish qurilmalari, sim arqon - osma yo'llar, gidravlik transport, aviatraasport kabi transport vositalaridan kam foydalaniladi. Harakatlanish prinsipiga ko'ra transport vositalari siklli va uzluksiz ishlaydigan turlarga bo'linadi. Sikl davomiyligi yuklanish, yuk bilan harakatlanish (to'kish punktlarigacha), yukni to'kish, yuklanish punktiga qaytib kelish va yuqoridagi operatsiyalar o'rtasidagi qisqacha uzilishlar davomiyligi yig'indisidan tashkil topadi. Siklli transporda (temiryo‘1, avtomobil transporti) yuklanish, yuk bilan harakatlanish, yukni to'kish va yuksiz harakatlanish operatsiyalari birin-ketin sodir bo'ladi. Uzluksiz transportda (konveyer, gidravlik transport) esa ushbu operatsiyalar bir vaqtda, parallel bajariladi. Karyer transportining asosiy turlari. Karyerlarda kon massasi va xo'jalik-texnik yuklarni tashish uchun turli transport vositalaridan foydalaniladi. Temiryo‘1, avtomabil va konveyer ularning asosiylari hisobnlanadi. Muayyan sharoitlar uchun maqbul transport vositasi ni tanlab olishga qator omillar ta’sir etadi, ulardan asosiylari, qazib olinadigan jinslarning fizik-texnik va kimyoviy xossalari, foydali qazilmaning yotish sharoitlari, kon hududining iqlimi, yuk aylanmasi miqdori va tashish masofasi, yuklash uskunalarining rusumi va parametrlari, karyerning ishlash muddati va boshqalar. Turli karyer transporti vositalaridan foydalanish samaradorligi 43 ularning texnik va texnologik parametrlari hamda konning kontexnik yotish sharoitlariga bogliq bo‘ladi. Yillik yuk aylanmasi katta (25 mln t va undan ham ko‘p) va tashish masofasi uzoq (4 km va undan ham ko‘p) bo'lgan karyerlarda temiryo41 transportidan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
    Tem iryo‘1 transporti boshqa karyer transporti ko'rinishlariga nisbatan quyidagi afealliklaiga ega: energiya sarfining kamligi, har qanday tashish masofasida ham istalgan hajmdagi yuk aylanmasini tashish imkoniyatiga ega ekanligi, avtomatik boshqarish tizimidan foydalanish mumkinligi, har qanday iqlim va kon-texnik sharoitlardagi konlarda ishonchli ishlashi, avtomobil va konveyer transportiga nisbatan 1 t km yuk tashishga sarflanadigan xarajatlarni 4-6 barobar kam bo‘lishi va hokazo. Biroq, boshqa transport vositalariga nisbatan temiryo‘1 transporti katta burilish radiusi (100-200 m ), qazish fronti uzun bo'lishi (kamida 600 m) va temiryo‘1 ko‘tarilish balandligini 40-60 %odan oshm asligini talab etadi. Bu esa, o ‘z navbatida. karyer o ‘lchamlarini (uzunligi va kengligi) katta bo‘lishi va kon-kapital ishlar hajmining ko‘p bo'lishiga olib keladi. Avtomobil transporti, asosan yuk aylanmasi kichikroq bo‘lgan (15-20 m ln tonna/yil) karyerlarda qo‘llaniladi. Tashish masofasi esa 4-5 km dan oshmasligi kerak. Yuk ko‘tarish qobiliyati yuqori bo'lgan (75-180 tonna va undan ham ortiq) avtoag‘dargichlardan foydalanish tufayli yuk aylanmasi 50-60 mln tonna/yil bo‘lgan karyerlarda ham avtotransportdan foydalanish im koniyati yaratilgan. Avtotransport tem iryo41 transportiga nisbatan qator afzalliklarga ega. Avtomobil yo‘li trassasining ko'tarilish balandligi temiryo'Iga nisbatan ancha katta (80-100%o) va trassa konstruksiyasi sodda, avtotransport har qanday o'zgarishlarga tez moslasha oladi va manevrchan bo‘ladi; kon-kapital ishlarini olib borish intensivligini ta’minlaydi. Tashish masofasining o'sishi natijasida avtotransport samaradorligi keskin kamayishi, avtotransport qo'llanishining iqlimiy sharoitiga bog'liqligi, yuk ko'tarish qobiliyati katta bo‘lgan avtoag'dargichlar narxining balandligi va ularni ekspluatatsiya 44 qilishda joriy xarajatlaming yuqori bo'lishi avtotransportning asosiy kamchiliklari hisoblanadi.
    Karyerda yumshoq va yaxshi maydalangan (bo'laklarning maksimal o'lchami 400 mm gacha bo'lgan) kon massasini tashishda lentali konveyrlardan keng foydalaniladi. Chunki konveyr transportining boshqa transport vositalariga nisbatan yuk tashish qiyaligi katta (18-25° gacha) bo'lishi. shuningdek. tashish jarayonlari uzluksizligi, ularni to'plam exanizatsiyalash va avtom atlashtirishim konyati mavjudligi konveyr transporti samaradorligi yuqori hamda qo'llanish doirasi keng bo'lishini ta’minlaydi. Konveyr transporti yuk aylanmasi 2 mln tonna/yil va tashish masofasi 4-6 km dan 10-15 km gacha bo'lgan karyerlarda qo'llanganda yuqori samaradoriikka erishiladi. Hozirgi vaqtda qattiq (qoyasimon) kon jinslarini ham (bo'laklar o'lchami 1000 mm gacha bo'lgan) tashishga mo'ljallangan maxsus kanveyerlar ishlab chiqarilmoqda. Bu esa konveyer transporti samaradorligi yanada yuqori bo'lishi va qo'llash doirasini kengayishiga imkon yaratadi.
    Konjinslarini temiryoi transportida tashish texnologiyasi
    Temiryo'lning tavsili va pog'onalarda almashish operatsiyalarini taslikil etish.
    Temiryo‘1 transportini yillik yuk aylanmasi katta (25 mln t va undan ko'p) va tashish masofasi 4 km dan ko'p 45 bo'lgan karyerlarda qo'llash tavsiya etiladi.
    Tem iryoitransporti qo'llanganda pog‘onalar ish troutining uzunligi katta (300-500 m va undan ortiq), poyezdning burilish radiusi kamida 100-120 m va yoining ko'tarilishi qiyaligi 20-30 %gacha bo'lishi talab qilinadi. Agar karyerlarda yangi, takomillashtirilgan yuk tortish agregatlar qoilansa, yoining qiyaligini 40-60 %gacha yetkazish mumkin. Bunda karyerlarda tem iryoi transportini samarali qo'llash chuqurligi ni 300-350 m gacha yetkazishga imkon yaratiladi. Yuk tashish sostavlari (lokomotiv va vagonlar) va relsliyollar temiryoi transportining asosiy vositalari hisoblanadi. Karyerlardagi tem iryoilar statsionar (turg'un) yoki vaqtincha xizmat qiluvchi turlarga bo'linadi. Statsionar tem iryoilar. asosan karyerning ishlamaydigan yonbag'rida qoldirilgan transport bermalariga (supalariga) joylashtiriladi va uzcxj muddat davomida xizmat qiladi. Vaqtincha xizmat qiluvchi temiryol esa karyer ishchi yonbag'ridagi pog'onalar ishchi maydoniga qurilgan bo'lib, pog'ona ish fronti chizig'i surilishi bilan, davriy ravishda yangi (pog'ona ish fronti chizig'iga yaqin) o'zanga (joyga) surib boriladi. Temiryo'lning ikki reIs orasidagi masofa 1524 mm , shpalning standart uzunligi 2700 mm . relslarniki esa, 12.5-25 m ni taslikil etadi.
    Karyer tem iryoilarida R-50 va R-65 rusumli relslardan foydalaniladi. Karyer temiryo‘1 transportining harakatlanish tezligi statsioner yo'llarda 30-40 va vaqtincha yo'llarda 15-20 km/soat ni tashkil etadi. Lokom otiv sifatida elektrovoz, teplovoz va tortuvchi agregatlardan foydalaniladi. D-94, D-100 m, EL-1, 13E-1 rusumli kontaktli elektrovozlar kuchlanishi 1500-3000 voltga teng o'zgarmas tok yordamida ishlaydi. Teplovozlar uchun elektr toki va trolley simlar kerak emas. Shu sababli ularning foydali ish koeffitsiyenti (FIK ) yuqori 24- 26 %ni tashkil etadi. OPE -1,
    OPE-2 rusumli tortish agregatlari avtonom elektr energiyasi manbasiga (dizel seksiyasiga) ega bo'lganligi va har bir vagon motor bilan ta’minlanganligi sababli kontakt elektr liniyalarsiz ishlaydi. Kon massasini temiryo‘1 46 transport! vositasida tashish uchun 60, 105, 180 tonna yuk ko'tarish qobiliyatiga ega bo'lgan o'zi ag'daruvchi vagonlardan foydalaniladi. Karyerlarda asosan koleyasi 1520 mm bo'lgan standart tem iryo'llar qo'llaniladi. Barcha standart temiryo'llarda burilish radiusi 200 m dan kam bo'lmasligi kerak. vaqtinchalik yo'llarda esa burilish radiusi 100-120m ni tashkil etadi. Temiryo‘1 ostki va ustki qurilm alardan tashkil topadi.
    Ostki qurilma har ikki tomonidan suv chiqarish ariqchasi hosil qilingan yer tilikidan tashkil topgan bo'ladi. Yo'lning yuqori qurilmasi ballast, shpal, shpalga mustahkam o'matilgan relslardan iborat bo'ladi Temiryo‘1 ustki qurilmasining konstruksiyasi yuk aylanmasi hajmiga, harakatlanuvchi sostav o'qiga tushadigan yukka va harakat tezligiga bog'liqhgini hisobga olgan holda tanlab olinadi.
    Statsionar yo'llarda harakat tezligi 30-40 km /soat, vaqtincha yo'llarda esa, 15-20 km /soatni tashkil etadi. Harakatlanuvchi sostav lokomotiv va vagonlardan iborat bo'lib, foydali qazilmalami tashishda yuk ko'tarish qobiliyati 60-90 t bo'lgan «gandola» va «xopper» rusumli vagonlardan foydalanadi. Karyerlardagi temiryo'llar uzunligi bir necha o'n, hatto bir necha yuz km lam i tashkil etadi, shu sababli karyerlarda kon - transport uskunalaridan foydalanish samaradorligi ko'p jihatdan 47 temiryo‘1 rivojlanish sxemasi va pog'onalarda yukli hamda yuksiz transport vositalarini o‘zaro almashtirish operatsiyalarini tashkil etishga bog‘liq bo‘ladi.
    Sostavni yuklanish va yukli sostavni yuksiz sostav bilan almashish davomiyligining o‘zaro nisbati kayjoyni yuksiz sostav bilan ta’minlash koeffitsiyenti orqali tavfsiflanadi. Almashish davomiyligi, asosan poyezd harakatlanish tezligi, pog'ona ish fronti uzunligi va temiryo'lning kavjoyda joylashish sxemasiga bog'liq bo'ladi. Kavjoyda tem iryo'lini joylashtirish sxemasini tanlab olishda ekskavator rusumi, uning unumdorligi va pog'onadagi soni hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Pog'onadan transport vositasining chiqish yo'li soni bo'yicha poyezdlar harakati maksimal (tupikli) bitta chiqish yo'lilik va potokli (bir tom ondan kirib, ikkinchi tom ondan chiqib ketadigan) ikki chiqish yoMilik bo'lishi mumkin.
    Karyerlarda avtomobil va konveyer transporti
    Zamonoviy karyerlarda avtotransport alohida transport sifatida yoki tem iryoi transporti, konveyer transporti va boshqa transport vositalari bilan birgalikda qo'llanadi. 48 Karyer avtomobil yo‘llari. Karyerlarda avtotransportning samaradorligi ko‘p jihatdan avtomobil yo‘llaiining sifati va holatiga bog'liq bo‘ladi.
    Karyer avtomobil yo'llari ekspluatatsiya qilish sharoitlari bo'yicha statsionar va vaqtinchalik yo'llarga bo'linadi. Kapital transheyalar, yer yuzi va tutashtiruvchi bermalarda muddat ekspluatatsiya qilishga mo'ljallangan, usti qoplamali va har ikki tomonga harakatlanishni ta'm inlaydigan statsionar avtomobil yo'llari Ьафо etiladi.
    Vaqtinchalik (kayjoydagi va ag'danualardagi) yo'llar ish fronti ortidan surilib boradi va ularda yo'l usti qoplamasi bo'lmaydi. Avtomobil transporti asosan yuk aylanmasi kichik (15-20 mln t) va tashish masofasi 4-5 km gacha bo'lgan karyerlarda qo'llanadi. Yuk ko'tarish quw ati katta (75-180 tonna) bo'lgan avtoag'dargichlar barpo etilishi natijasida avtomobil traasportini yillik yuk aylanmasi 50-60 mln t va undan ortiq bo'lgan karyerlarda ham qo'llash samarali bo'lishi ta'minlangan. Hozirgi vaqtda avtomobil transporti tem ir va rangli metall karyerlarida keng qo'llaniladi.
    Avtomobil transporti qo'llaniladigan karyerlarda kontakt liniyalari, tem iryo'llar bo'lmasligi va yo'llarning qiyaligi katta (80-100 %), burilish radiusi kichikligi (15-25 m) tufayli kon-kapital ishlar hajmi nisbatan kam, karyemi qurish muddati qisqa hamda aizon bo'lishi ta'minlanadi. Avtoag'daigichlaming qimmatligi, joriy xarajatlaming yuqori bo'lishi natijasida 1 tonna yukni tashishga sarflangan xarajatlarni tem iryo‘1 transportiga nisbatan ko'p bo'lishi avtomobil transportining asosiy kamchiligi hisoblanadi. Avtoag'dargichlaming harakatlanishi uchun karyerda statsionar va vaqtinchalik yo'llar quriladi. Statsionar avtoyo'llar kapital transheyalar. yer yuzi va tutashtirma bermalarda quriladi. Bu avtoyo'llar uzoq muddat xizmat qiladi, shuning uchun ular maxsus yo'l qoplamalari bilan qoplanadilar. Ikki yo'nalishli avtoyo'llarning kengligi 14-15 m bo'ladi. Vaqtinchali avtoyo'llar pog'ona ish maydonida quriladi va maxsus qoplama bilan qoplanmaydi. Pog'onaning ish fronti chizig'i 49 kon jinslarini qazib olish natijasida surilib borgan sari avtoyo‘llar ham davriy ravishda ish fronti chizig‘i yaqiniga surilib boradi. Konveyer transporti (lentali konveyerlar) yumshoq va yaxshi maydalanadigan (bo‘laklar o‘lcham 400 mm gacha boNgan) kon jinslarini tashishda qo‘llanadi. Karyerlarda ishlaydigan qazish uskunalari unumdorligi ning diapazoni keng (15000 m3/soatgacha) bo‘lishi konveyerlardan har qanday yillik yuk aylanmalarida ham foydalanish imkonini beradi. Yuk tashish jarayonining uzluksizligi va 18°gacha qiyalikda amalga oshirilishi konveyer transportining asosiy afzalligidir. Yillik yuk aylanmasi 20-30 mln t, chuqurligi 150 m dan ko‘p va tashish masofasi 10-20 km boigan karyerlarda konveyer transportini qo'llash yuqori samaradorlikni ta'minlaydi.

    Xulosa
    Konchilik sanoati texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini yaxshilashga birinchi navbatda, konlarni progrcssiv ochiq usulda qazib olishni rivojlantirish orqali erishiladi. Foydali qazilma konlarini ochiq usulda qazib olish texnik-iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan istiqbolli usul hisoblanadi. Ochiq usulda kon qazishning qudratli indastrial bazasi mavjudligi va foydali qazilma zaxiralarining yer yuziga yaqin joylashganligi tufayli hozirgi vaqtda m am lakatim izda qazib olinayotgan qattiq mineral xomashyoning katta qismi (80-85 %) ana shu progrcssiv ochiq usulda qazib olinmoqda. 0 ‘zbekislon Respublikasi Prezidenti I.A. Karim ovning ta’kidlashicha «... ()‘zbekiston zaminida mavjud bo‘lgan boyliklarga ega m am lakatlar jahon xaritasida ko‘p emas. Bu boyliklaming ko‘pchiligi hali ishga solinmagan».


    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


    1. Karimov LA. O’zbekiston buyuk kelajak sari. - Т.: 0 ‘zbekiston. 1998.
    2. Karimov I. O‘zbekislon XXI asrb o‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik sharllari va taraqqiyot kafolatlari. - Т.: 0 ‘zbekiston. 1997.
    3. Мальгин O.H., С ы тен ков B.H., Шеметов П.А. Циклично-поточная технология в глубоких карьерах. - Т.: Ф АН. 2004.
    http://fayllar.org
    Download 28.47 Kb.




    Download 28.47 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Karyer transportining o'ziga xos xususiyatlari. Konjinslarini temiryoi transportida tashish texnologiyasi. Karyerlarda avtomobil va konveyer transporti

    Download 28.47 Kb.