• Ushbu bosqichlarda bajariladigan ishlarni ko‘rib chiqamiz. Rejalashtirish.
  • Elementlarni ishlab chiqish.
  • Dasturiy taminot.
  • Multimediali pedagogik master shablon nashr qilish.
  • Mavzu: Multimedia loyihasini ishlab chiqish bosqichlari




    Download 351,4 Kb.
    Sana28.01.2024
    Hajmi351,4 Kb.
    #147554
    Bog'liq
    503 guruh Ro\'ziyeva Barno PDV atrabotka 3

    Mavzu: Multimedia loyihasini ishlab chiqish bosqichlari

    Multimedia ilovalarini ishlab chiqish bir necha bosqichda amalga oshiriladi, ulardan asosiylari quyidagilar:

    1. Rejalashtirish. 2. Elementlarni ishlab chiqish. 3. Dasturiy ta'minot. 4. Tekshirish. 5. E'lon qilish. 6. Reklama. 7. Ko’zatuv.

    Ushbu bosqichlarda bajariladigan ishlarni ko‘rib chiqamiz. Rejalashtirish.

    Rejalashtirish bosqichida quyidagi savollarga javob topilishi kerak: 1. Multimedia ilovasi nima uchun mo‘ljallangan? 2. Multimedia ilovasi qaysi auditoriyaga yo‘naltirilgan? 3. Multimedia ilovasiga qanday ma'lumot joylashtiriladi? 4. Auditoriya (foydalanuvchilar) bilan qayta aloqa qay tartibda amalga oshiriladi?

    Elementlarni ishlab chiqish.

    Ushbu bosqichda multimedia ilovasini dasturiy mahsulot sifatida amalga oshirish ishlari bajariladi. Ular quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 1. Navigatsiya tizimini ishlab chiqish. 2. Taqdimot uchun WEB sayt yoki slaydlarning dizaynini ishlab chiqish (multimedia ilovalarini joriy etishning har ikki holati uchun ham keyingi o‘rinlarda “sahifa” deb yuritiladi). 3. Sahifalarni to‘ldirish uchun matn va ko‘rgazmali materiallarni tayyorlash (jadvallar, grafiklar, rasmlar va boshqalar).

    Dasturiy ta'minot.

    Ushbu bosqich multimedia ilovasi sahifalarini yaratishni o‘z ichiga oladi.

    Tekshirish.

    Multimedia ilovasini yaratishning asosiy bosqichlaridan biri uni tekshirish hisoblanadi. Tekshirish jarayonida multimedia ilovasining to‘g‘ri ishlashi tekshiriladi, jumladan: • Gipermurojaatlarning to‘g‘ri ishlashi. • Matn va ko‘rgazmali materiallarda xatolarning mavjud emasligi. • Multimedia ilovasi sahifalari bo‘ylab navigatsiyaning qulayligi. • Pochta va boshqa shakllarning to‘g‘ri ishlashi (WEB-sayt uchun). • Grafik fayllarni yuklashning to‘g‘riligi (WEB-sayt uchun). • Saytning turli brao’zerlarda to‘g‘ri ishlashi (WEB-sayt uchun).

    Multimediali pedagogik master shablon nashr qilish.

    Tekshirish bosqichi tamomlangandan keyin WEB-sayt provayder serveriga joylashtirilib, internetda nashr qilinadi va yana qaytadan tekshiruvdan o‘tkaziladi. Multimedia ilovasi reklamasi (WEB-sayt uchun) WEB-jamiyat yangi e'lon qilingan multimedia ilovasi haqida bilishi uchun sayt adresi va veb-saytga joylashtirilgan materiallar haqida annotatsiya orqali xabardor qilish kerak. Buning uchun quyidagi imkoniyatlardan foydalaniladi: • Veb-sayt manzilini xatga, tashrif qog‘oziga, broshyuralarga, byulletenlarga, bukletlarga, maxsus kompyuter nashrlariga, internet resurslarining “Sariq sahifalar” sonlariga va boshqa nashrlarga kiritish. • Mashhur izlash saytlarida veb-saytni ro‘yxatdan o‘tkazish. • Veb-saytlarda ishorat (ssыlka) joylashtirish. • WEB-sayt reklamasi uchun bannerlardan foydalanish.

    Texnologik bosqichlarni amalga oshirish chizmasi. Texnologik bosqichlar mazmuni tahlili shuni ko‘rsatadiki, bir qator ishlar va, asosiysi, bu ishlarning natijasi pedagogik multimedia master-shabloni, namoyish shakliga bog‘liq emas. Buni quyidagi chizma ko‘rgazmali ravishda namoyon qiladi. Chizmada Veb-saytlar uchun maxsus bo‘lgan “Publikatsiya”, “Reklama”,“Ko’zatib borish” bosqichlari yo‘q.

    Texnologik bosqichlarni amalga oshirish chizmasi. Texnologik bosqichlar mazmuni tahlili shuni ko‘rsatadiki, bir qator ishlar va, asosiysi, bu ishlarning natijasi pedagogik multimedia master-shabloni, namoyish shakliga bog‘liq emas. Buni quyidagi chizma ko‘rgazmali ravishda namoyon qiladi. Chizmada Veb-saytlar uchun maxsus bo‘lgan “Publikatsiya”, “Reklama”,“Ko’zatib borish” bosqichlari yo‘q.


    Download 351,4 Kb.




    Download 351,4 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Multimedia loyihasini ishlab chiqish bosqichlari

    Download 351,4 Kb.