|
Strukturalar xaritasini tuzishda tutashish metodini qo’llash
|
bet | 77/252 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 11,69 Mb. | | #110957 |
Bog'liq NEFT VA GAZ konlari geologiyasi 5.4.9. Strukturalar xaritasini tuzishda tutashish metodini qo’llash
Tutashish metodi faqat yagona quduqlar bilan ochilgan tayanch qatlam yuzasi bo’yicha struktura xaritasini tuzishda qo’llaniladi. Buning uchun quyidagilar zarur: maydonda kesimning yuqori qismida joylashgan va ko’p quduqlar bilan ochilgan belgili gorizontning mavjudligi, uning yordamida ishonchli struktura xaritasini tuzish mumkinligi va h.k. Mazkur metodning asosiy mohiyati qatlamlarning ikki yuzasi oralig’idagi masofalarning o’zgarish qonuniyatini tadqiq qilishdan iboratdir. Agarda pastki va ustki yuzalarning strukturaviy plani bir-biriga mos kelsa, u vaqtda ular orasidagi masofalar o’zgarmaydi, bunday hollarda xarita tuzishda tutashish metodini ishlatib bo’lmaydi.
Faraz qilaylik, faqat uchta quduq bilan ochilgan mahsuldor qatlam ustining struktura xaritasini tuzish zarur bo’lsin (5.32-rasmda 1, 2, 3-quduqlar). YUqorida joylashgan belgili gorizont bo’yicha esa struktura xaritasini tuzish uchun maydonda ko’pgina struktura quduqlari qazilgan va ular bo’yicha etarli ma’lumotlar to’plangan bo’lsin. Bunday sharoitda, avvalo struktura xaritasi yuqorida joylashgan belgili gorizont bo’yicha tuziladi (5.32-rasm,a) va pastki mahsuldor gorizontni ochgan quduqlarga, mahsuldor qatlam va belgili gorizontning joylashgan chuqurliklari orasidagi farq qiymati yozib qo’yiladi
Birinchi va uchinchi quduqdan o’tuvchi I-I kesmaga (5.32-rasm,b) parallel qilib ikkinchi quduqning izogips chizig’i o’tkazilgan. Rasmdan ma’lum bo’lishicha, belgili gorizont bilan mahsuldor qatlam orasidagi masofa birinchi quduqdan 3quduqqa tomon ortib boradi. Mahsuldor qatlamni ochgan quduqlar belgisi yoniga yozilgan interval masofalar o’lchamini interpolyatsiya qilamiz. Interpolyatsiyani belgili gorizont ustining struktura xaritasining izogipsi kesimiga teng bo’lgan intervallar bo’yicha bajarish tavsiya etiladi. Masofasi bir xil bo’lgan nuqtalar birlashtirilib, izoxoralar (bir xil masofali chiziqlar) hosil qilinadi. SHunday qilib, tutashish xaritasi, ya’ni belgili gorizont ustining izogipslarini izoxoralar bilan kesib o’tilgan xaritasi tuziladi (5.32-rasm,a). Bu chiziqlarning kesishgan hamma nuqtalarida mahsuldor gorizont ustining yotgan chuqurligini hisoblash mumkin. Misol uchun kesishish nuqtasini A harfi bilan belgilaymiz (5.32-rasm,a). Bu nuqtada belgili gorizont ustining yotgan chuqurligi 250 m ga teng, belgili gorizont va mahsuldor qatlam ustlari orasidagi masofa esa 500 m ga teng.
|
| |