-rasm. Ko’tarilmani sbros (rasmning shap qismi) va vzbros (rasmning o’ng qismi) bilan murakkablashgan printsipial sxemasi




Download 11,69 Mb.
bet75/252
Sana04.12.2023
Hajmi11,69 Mb.
#110957
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   252
Bog'liq
NEFT VA GAZ konlari geologiyasi

28-rasm. Ko’tarilmani sbros (rasmning shap qismi) va vzbros (rasmning o’ng qismi) bilan murakkablashgan printsipial sxemasi (M.A.Jdanov, 1981): 1 – qatlam izogipslari, m; 2 – qatlamning ustki qismini buzilishlar yuzasi bilan kesishgan shiziqlarining gorizontal proektsiyasi

5.29-rasmda ko’ndalang sbros bilan murakkablashgan antiklinal burmaning struktura xaritasi va u bo’yicha tuzilgan kesma keltirilgan. Kesmani tuzishda shuni nazarda tutish kerakki, yuqoridagi blokning tayanch gorizontining ustki qismi (5.29-

5.29 rasm. Struktura xaritasi bo’yisha 5.30 rasm. Struktura xaritasi bo’yisha sbros bilan bo’linib ketgan antiklinal vzbros bilan bo’linib ketgan antiklinal burma kesmasini tuzish sxemasi burmaning kesmasini tuzish sxemasi (M.A.Jdanov, 1981) (M.A.Jdanov, 1981)
rasm, chapda) buzilish yuzasi bilan a1 nuqtada chegaralangan, ya’ni bu izning a nuqtadan kesma chizig’iga chiqarilgan perpendikulyari bilan kesishgan. Pastdagi blokning tayanch gorizonti esa buzilish yuzasi bilan b1 nuqtada, ya’ni bu izni b nuqtada kesmaga tushirilgan perpendikulyari bilan kesishgan nuqtasi bilan cheklangan.
Ko’ndalang yo’nalishdagi vzbros (5.30-rasm) bilan buzilgan antiklinal burmaning struktura xaritasi bo’yicha kesma tuzishda shuni inobatga olish kerakki, ya’ni vzbros blokidagi (5.30-rasm, chapda) tayanch gorizontning ustki qismi buzilish yuzasi bilan s1 nuqtada chegaralanadi, ya’ni bu yuzaning kesma chizig’iga s nuqtadan tushirilgan perpendikulyar bilan kesishgan nuqtasiga to’g’ri keladi. Surilma osti bloki (5.30-rasm, o’ngda) d1 nuqtada  ya’ni bu yuzaning kesma chizig’iga d nuqtadan tushirilgan perpendikulyar bilan kesishgan nuqtasida chegaralanadi.
Dizyunktiv (uzilmali) buzilishlar bilan murakkablashgan tayanch yuzaning struktura xaritasini tuzishda quyidagilarga amal qilish kerak:

    1. sbros va vzbros mavjud bo’lganda izogipslarning uzilishi kuzatiladi;

    2. sbros mavjud bo’lganda buzilish chizig’ining gorizontal proektsiyalarining oralig’ida joylashgan uchastkada tayanch yuza bo’lmaydi;

    3. agar vzbros mavjud bo’lsa, unday sharoitda buzilish chizig’ining

proektsiyalari oralig’ida tayanch yuza ikki sathda takrorlanadi;

    1. sbrosli buzilish bo’lganda, buzilish chizig’ining ikkita gorizontal proektsiyasi tekis to’g’ri chiziqlar bilan ifodalanadi va ularning orasida tayanch yuza izogipslari bo’lmaydi;

    2. vzbrosli buzilish mavjud bo’lganda, pastdagi blokni (vzbros osti) chegaralab turuvchi buzilish chizig’ining gorizontal proektsiyasi nuqtali chiziq bilan ifodalanadi, shuningdek, pastdagi blokning ustidagi blok bilan qoplangan uchastkasida tayanch gorizontning izogipslari nuqtali chiziq bilan ko’rsatiladi.

Struktura xaritasi bo’yicha, kesma tuzmasdan avval tayanch yuzaning vertikal surilish amplitudasi va siljigan yuzaning yotish burchagi aniqlanadi. Buning uchun dastavval buzilish yuzasini, so’ngra uning og’ish yo’nalishlarini aniqlash zarur. Demak, 5.29-rasmda tasvirlangan struktura xaritasida sbros yuzasining yo’nalishi uning yuzasidagi bir xil mutlaq chuqurlik belgisiga ega bo’lgan ikki nuqtani birlashtirib aniqlanadi. Bunday talablarga 100 m chuqurlikda joylashgan A va V nuqtalarni birlashtiruvchi AV chiziq javob beraoladi. Bu chiziqqa V nuqtadan tushirilgan perpendikulyar buzilish yuzasining og’ish yo’nalishini ko’rsatadi. Ushbu perpendikulyar chizig’ini pastga cho’kkan blokni S nuqtada chegaralab turgan buzilish chizig’ini (5.29-rasmning o’ng tomoni) gorizontal proektsiyasi bilan kesishgunga qadar davom ettiramiz. Struktura xaritasi bo’yicha xulosa qiladigan bo’lsak, buzilish yuzasida joylashgan V va S nuqtalar tegishlicha 100 va 150 m chuqurlikda joylashgani ma’lum bo’ladi. Demak, o’ngdagi blokning chapdagi blokka nisbatan vertikal bo’yicha surilish amplitudasi h=100(145)=45 m deb aniqlashimiz mumkin. Xaritaning masshtabini bilgan tarzda sbrosning yotish burchagini aniqlash mumkin:
h . (5.11)
tg α
BC
Vzbros bilan murakkablashgan antiklinal burma tasvirlangan struktura xaritacida (5.30-rasm) vzbros yuzasining yo’nalishini aniqlash uchun 125 m mutlaq chuqurlikda joylashgan D va E nuqtalarni to’g’ri chiziq orqali birlashtiramiz. D nuqtadan bu to’g’ri chiziqqa tushirilgan perpendikulyar surilish yuzasining yotish yo’nalishini ko’rsatadi. Bunday paytda surilishning vertikal amplitudasi h1=100(125)=25 m ga teng bo’ladi.
Vzbros yuzasining yotish burchagi quyidagi nisbatdan topiladi:
h1 .
tg β
DF
Agar  burchak (yoki ) /2 ga teng bo’lsa (ya’ni surilma yuzasi vertikal bo’lsa), buzilish chizig’ining ikkala proektsiyasi bir-biri bilan birlashadi. Buzilish yuzasining og’ish burchagi qanchalik qiya bo’lsa, bu chiziqlar bir-biridan shuncha uzoqlashib ketadi. Agar buzilish tamom bo’lsa, ikkala chiziq asta-sekin bir chiziqqa birlashib, boshqa davom etmaydi.

Download 11,69 Mb.
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   252




Download 11,69 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Ko’tarilmani sbros (rasmning shap qismi) va vzbros (rasmning o’ng qismi) bilan murakkablashgan printsipial sxemasi

Download 11,69 Mb.