Ishlab chiqarish turlari va ularda ishni tashkil qilish




Download 1.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/81
Sana27.02.2024
Hajmi1.9 Mb.
#163163
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81
Bog'liq
davlat-standarti-asosida-chizmalarni-taxt-qilish, Test tayyorlanishga (2), Asbobsozlik materiallari Qirindi hosil bo’lish jarayoni, Testlar to\'plami 2021, маруза, Referat Psixologiya fanidan Mavzu Temperament va uning tiplari, Хавоканд, MInimalizm uslubining milliy uylarimizdagi muhim jihatlari, ttb 6, Исокжонов Жамшидбек 89 А 20-гурух, xx asrning 60-80-yillarida ozbekistonda suv resurslaridan foydalanish muammolari, Саволлар Коллеж учун, betlik, 55555, lira


MA‘RUZA № 3. 
ISHLAB CHIQARISH TURLARI VA ULARDA ISHNI TASHKIL QILISH 
SHAKLLARI 
REJA: 
 
1. Donalab, seriyalab, ommaviy ishlab chiqarishning qisqacha tavsiflari 
2. Ishlab chiqarish turini aniqlash va operatsiyalarning bog‘lanish koeffitsienti 
3. Ishlab chiqarish turlarida ishni tashkil qilish usullari va ularning ahamiyati 
4. Ishlab chiqarish takti 
 
1.2.1-§. Donalab, seriyalab, ommaviy ishlab chiqarishning qisqacha tavsiflari 
Ishlab chiqarish dasturiga, mahsulotni turiga va ishlab chiqarish jarayonini 
amalga oshirish texnik-iqtisodiy shart-sharoitlariga qarab mashinasozlikda uch xil 
ishlab chiqarish turi mavjud: donali (yakkalab); seriyali va yalpi. Har bir ishlab 
chiqarish turining texnologik jarayonlari va ishlab chiqarishni tashkil qilishining 
shakllari o‘ziga xos xususiyatlariga ega. 
Yuqoridagi tushunchalarni yanada yaqqol ifodalash maqsadida ishlab chiqarish 
dasturi bilan tanishib chiqamiz. 
Mashinasozlik 
korxonasining 
ishlab 
chiqarish 
dasturi 
tayyorlangan 
mahsulotning turi, har bir turdagi mahsulotning bir yilda tayyorlanadigan miqdori
ehtiyot qismlarning turlari va miqdorlaridan iborat bo‘ladi. 
Korxonaning umumiy ishlab chiqarish dasturiga asosan har bir detalning bir 
yilda tayyorlash dasturi yaratiladi: 
N=ma + n, dona/yil,
(1.1) 
bu yerda: N - detalning bir yillik ishlab chiqarish dasturi; bir yil davomida 
tayyorlanadigan mahsulotlar soni; m - bitta mahsulotdagi detalning soni; n - ehtiyot 
qismlar soni. 
Ishlab chiqarish dasturiga mahsulotni umumiy ko‘rinishidagi chizmalari, alohida 
detallar va yig‘ma birikmalarning chizmalari ilova qilinadi. 


Shuni inobatga olish kerakki, bitta korxonaning yoki bir sexning o‘zida turli xil 
ishlab chiqarish sharoitlari mavjud bo‘lishi mumkin. Masalan, bir xil detal ko‘p 
miqdorda ikkinchi xil detal esa oz miqdorda tayyorlanishi mumkin. 
Donali ishlab chiqarish sharoitida mahsulot bir nusxada tayyorlanadi. 
Tayyorlangan mahsulotlar turli tuzilishga, o‘lchamlarga ega bo‘lib, ular umuman 
takror tayyorlanmasligi yoki juda kam hollarda takrorlanishi mumkin. 
Bu turdagi ishlab chiqarish sharoitida universal dastgohlardan keng 
foydalaniladi. Universal dastgohlar turli xil ishlov berish usullarini bajara olish 
imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak. Xuddi shuningdek, universal, universal qayta 
sozlanuvchi moslamalar va standart kesuvchi asboblardan foydalaniladi. 

Download 1.9 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81




Download 1.9 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ishlab chiqarish turlari va ularda ishni tashkil qilish

Download 1.9 Mb.
Pdf ko'rish