• Seriyali ishlab chiqarish
  • Ishlab chiqarish turlari va ularda ishni tashkil qilish




    Download 1.9 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/81
    Sana27.02.2024
    Hajmi1.9 Mb.
    #163163
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81
    Bog'liq
    davlat-standarti-asosida-chizmalarni-taxt-qilish, Test tayyorlanishga (2), Asbobsozlik materiallari Qirindi hosil bo’lish jarayoni, Testlar to\'plami 2021, маруза, Referat Psixologiya fanidan Mavzu Temperament va uning tiplari, Хавоканд, MInimalizm uslubining milliy uylarimizdagi muhim jihatlari, ttb 6, Исокжонов Жамшидбек 89 А 20-гурух, xx asrning 60-80-yillarida ozbekistonda suv resurslaridan foydalanish muammolari, Саволлар Коллеж учун, betlik, 55555, lira
    Donali ishlab chiqarish sharoitidagi texnologik jarayon integral xususiyatga ega 
    bo‘lib, bitta dastgohda turli bir necha operatsiya bajariladi. Bitta dastgohda turli 
    tuzilishga ega bo‘lgan, turli o‘lchamli va turli materiallardan tayyorlangan detallarga 
    ishlov beriladi. Birgina dastgohda turli ishlar bajarilganligi va universal vositalardan 
    foydalanganligi uchun sarflangan vaqt tarkibidagi asosiy vaqtning miqdori kichik 
    bo‘ladi. 
    Bundan tashqari, ushbu ishlab chiqarish sharoitida qo‘llaniladigan nazorat qilish 
    asboblari ham universalligi bilan xarakterlanadi. 
    Seriyali ishlab chiqarish, bu ishlab chiqarish turi donali va yalpi ishlab 
    chiqarishning o‘rtasida bo‘lib oraliq xarakterga ega bo‘ladi. 
    Seriyali ishlab chiqarish sharoitida detallar partiyalab yoki seriyalab 
    tayyorlanadi. Bitta partiya (seriya) tarkibidagi detallar tuzilishining, o‘lchamlarining 
    va materialining bir xilligi bilan ajralib turadi. Bir partiya yoki seriyadagi detallar 
    birdaniga tayyorlab olinib keyin ikkinchisiga o‘tiladi. 
    «Partiya» so‘zi detallarga taalluqli bo‘lsa, «seriya» so‘zi esa mashinalarga 
    taalluqlidir. Partiyadagi detallar soni va seriyadagi mashinalar soni turlicha bo‘lishi 
    mumkin. 
    Seriyali ishlab chiqarish sharoitida yil davomida tayyorlanadigan seriyadagi 
    mahsulot (detal) miqdoriga qarab mayda kichik seriyali, o‘rta seriyali va ko‘p seriyali 
    ishlab chiqarish bo‘ladi. 


    Seriyali ishlab chiqarish sharoitida texnologik jarayonning operatsiyalari 
    differensiallashgan bo‘ladi yoki texnologik jarayon operatsiyalarga bo‘lib yuboriladi. 
    Bu ishlab chiqarish sharoitida turli xil dastgohlar qo‘llaniladi: universal, maxsus, 
    maxsuslashgan, 
    avtomatlashtirilgan, 
    agregat 
    va 
    shu 
    kabilar. 
    Dastgohlar 
    tayyorlanayotgan mahsulotni turini o‘zgartirilganda ularni tayyorlash imkoniyatiga 
    qarab maxsuslashtiriladi. 
    Universal dastgohlardan keng foydalanilgan holda maxsuslashtirilgan maxsus 
    moslamalar, standart kesuvchi asboblar bilan bir qatorda maxsus kesuvchi asboblar 
    ham qo‘llaniladi. Xuddi shuningdek, bu ishlab chiqarish sharoitida chegaraviy 
    kalibrlar, shablonlardan keng foydalaniladi. Barcha dastgohlar, moslamalar, kesuvchi 
    va nazorat asboblari o‘z tannarxini tez qoplay oladi. Buning asosiy sababi 
    tayyorlanayotgan mahsulot miqdorining donali ishlab chiqarishga nisbatan ancha 
    ko‘pligidir. 
    Seriyali ishlab chiqarish sharoiti keng tarqalgan bo‘lib, kompressorlar, presslar, 
    dastgohlar, to‘qimachilik mashinalari, yog‘ochga ishlov berish sanoati, oziq-ovqat va 
    o‘rmonchilik sanoati mashinalari, kommunal xo‘jalik mashinalari tayyorlashda va shu 
    kabilarda qo‘llaniladi. 

    Download 1.9 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81




    Download 1.9 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ishlab chiqarish turlari va ularda ishni tashkil qilish

    Download 1.9 Mb.
    Pdf ko'rish