Ishlab chiqarish turlari va ularda ishni tashkil qilish




Download 1.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/81
Sana27.02.2024
Hajmi1.9 Mb.
#163163
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81
Bog'liq
davlat-standarti-asosida-chizmalarni-taxt-qilish, Test tayyorlanishga (2), Asbobsozlik materiallari Qirindi hosil bo’lish jarayoni, Testlar to\'plami 2021, маруза, Referat Psixologiya fanidan Mavzu Temperament va uning tiplari, Хавоканд, MInimalizm uslubining milliy uylarimizdagi muhim jihatlari, ttb 6, Исокжонов Жамшидбек 89 А 20-гурух, xx asrning 60-80-yillarida ozbekistonda suv resurslaridan foydalanish muammolari, Саволлар Коллеж учун, betlik, 55555, lira
Yalpi ishlab chiqarish sharoiti tayyorlanayotgan mahsulotning ko‘pligi sababli 
doimiy (yil davomida) takrorlanmaydigani operatsiyalarni bajaruvchi ishchi o‘rinlar 
yig‘indisidan iborat. 
Yalpi ishlab chiqarish sharoiti quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi: 
a) yalpi oqimli ishlab chiqarish sharoitida tayyorlanayotgan detallar texnologik 
jarayonni bajarish ketma-ketligi bo‘yicha tuzilgan operatsiyalarni uzluksiz o‘tib 
boradi. Bunday holda har-bir operatsiyani bajarish uchun sarflangan vaqt bir-biriga 
teng yoki bo‘linuvchi (ko‘payuvchi) bo‘lishi kerak. Shu talabgina texnologik jarayonni 
uzluksiz bajarilishini ta‘minlaydi. 
b) yalpi to‘g‘ri oqimli ishlab chiqarish sharoitida ham operatsiyalar texnologik 
jarayonni bajarish ketma-ketligi bo‘yicha tuziladi, ammo operatsiyalarni bajarish 
uchun sarflangan vaqt bir-biriga teng bo‘lmaydi. Shu sababli ayrim operatsiyalarni 
bajaruvchi dastgohlar oldida detallarni to‘planib qolish holatlarini kuzatish mumkin. 


Yalpi ishlab chiqarish sharoiti ko‘p miqdordagi mahsulot tayyorlashda qulay 
hisoblanadi. Bu ishlab chiqarish sharoitida maxsus, avtomatlashtirilgan, agregat 
dastgohlar va avtomatik qatorlar qo‘llaniladi. Xuddi shuningdek, qo‘llaniladigan 
moslamalar, kesuvchi va nazorat asboblari ham maxsusligi bilan ajralib turadi. Shunga 
qaramay mahsulot hajmining kattaligi ularni qisqa muddat ichida o‘z-o‘zini qoplash 
imkoniyatini beradi. 
Yuqoridagi fikrlar yalpi ishlab chiqarish sharoitida mahsulot doimiy bo‘lib 
uning tuzilishi, aniqlik va boshqa ko‘rsatkichlari o‘zgarmaydi degan xulosaga olib 
kelmasligi kerak. Texnika va texnologiyaning rivojlanishi natijasida mahsulot sifati 
o‘zgaradi, bu o‘z navbatida texnologik jarayonga o‘zgartirishlar kiritishni talab etadi. 
Ko‘rib chiqilgan ishlab chiqarish sharoitlarining barchasi uchun o‘ziga xos 
ishlab chiqarishni tashkil qilish shakllari mavjud. Ishlab chiqarishni tashkil qilishda 
dastgohlarni joylashtirish tartibi alohida ahamiyatga ega bo‘ladi. 
Bu o‘z navbatida mahsulot turiga, ishlab chiqarish jarayonining murakkabligiga, 
mahsulot hajmiga va shu kabi omillarga bog‘liq bo‘ladi. 
Ishlab chiqarishni tashkil qilishni quyidagi asosiy shakllari mavjud: 

Download 1.9 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81




Download 1.9 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ishlab chiqarish turlari va ularda ishni tashkil qilish

Download 1.9 Mb.
Pdf ko'rish