• fanning maqsadi
  • 1-ma’ruza. Kirish. Umumiy ma’lumotlar. Tadqiqotlarda o‘lchov vositalarining ahamiyati




    Download 19.23 Kb.
    bet1/2
    Sana22.04.2024
    Hajmi19.23 Kb.
    #204426
      1   2
    Bog'liq
    1-маъруза. Кириш. Умумий маълумотлар. Тадқиқотларда ўлчов воситаларининг аҳамияти
    Avtomobil klasslari, Мартынова Е.А. Диссертация v2, 5-Laboratoriya ishi, ABTIV 2 tajriba ishi, 1-Мавзу , 1 Амалий машғулот, 3-тип 2020, 0.Copy-Right-Form, AT va HXTEA-1-TEST-2022-100ta, ТЕПЛОСЧЕТЧИКИ, 10- maruza Sarvar, Statistika, Вахобов Санжарбек ТСЧ№ 849 Т 19 08 23 й, 1-ma\'ruza taqdimoti., 1-ma\'ruza

    1-ma’ruza. Kirish. Umumiy ma’lumotlar. Tadqiqotlarda o‘lchov vositalarining ahamiyati

    Tadqiqotlarni o‘lchov vositalarisiz o‘tkazib bo‘lmasligi barchaga ma’lum. Chunki muhandislik tadqiqotlarida albatta biror jismning harakati kuzatiladi. Ya’ni jism bir joydan boshqa joyga o‘tadi. Ushbu holat jarayon deyiladi. Ana shu o‘tish jarayonida bosib o‘tilgan yo‘l, yo‘lni bosib o‘tish uchun sarflangan vaqt, jismni harakatga keltiradigan va jismni harakatlanishiga qarshilik ko‘rsatadigan


    kuchlarning yo‘nalishi va miqdori hamda jismning fizik-mexanik xossalarining ta’siri aniqlanadi. Keltirilganlarning aksariyati aynan o‘lchov vositalari bilan aniqlanadi.
    Masalan, plug korpusi bilan tuproq palaxsasini ag‘darish jarayonida-tuproqning namligi, uning yopishqoqligi, korpus ishchi sirti bilan ishqalanish burchaklari, agregat tezligi va shu kabilar tadqiqot boshlanishidan avval yoki uni olib borish davomida aniqlanadi. Aniqlash uchun o‘lchash vositalaridan foydalaniladi.
    Muhandislik tadqiqotlari qishloq xo‘jaligining barcha sohalari, tuproq va texnika bilan bog‘liq jarayonlar bo‘yicha keng ko‘lamda olib boriladi. Shu sababli tadqiqotlarning turi va o‘ziga xos xususiyatlari juda xilma-xildir.
    Tadqiqot natijalaridan olingan raqamning aniqligi va ishonchliligi o‘lchov vositalarining aniqlik darajasi va sifatli tayyorlanganligiga bog‘liq. Shu bois o‘lchov vositalari davlat standartlash tashkiloti nazoratidan o‘tkazilib, tadqiqotlarda foydalanishga tavsiya etiladi.
    Yuqorida keltirilgan fikrlardan kelib-chiqib, fanning maqsadi–bakalavriat va magistratura talabalari hamda doktorantura va mustaqil tadqiqotchilarini ilmiy-tadqiqotlarni olib borishlarida o‘lchov vositalarini qo‘llay bilish va ulardan foydalanish samarasini oshirishdan iborat.
    Fanning vazifalari etib quyidagilar belgilandi:
    1. O‘lchov vositalarining muhimligi va ishlab chiqarishdagi ahamiyatini ilmiy-tadqiqotchilar ongida shakllantirish;
    2. Ilmiy-tadqiqotlarda qo‘llaniladigan barcha o‘lchov vositalari to‘g‘risida umumiy ma’lumotga ega bo‘lish;
    3. O‘z tadqiqotlarida qo‘llaniladigan o‘lchov vositasidan foydalanish samarasini oshirish.

    Download 19.23 Kb.
      1   2




    Download 19.23 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-ma’ruza. Kirish. Umumiy ma’lumotlar. Tadqiqotlarda o‘lchov vositalarining ahamiyati

    Download 19.23 Kb.