• Jahon transport tizimida O‘zbekiston transportining o‘rni. 1.1. Transport bozorining mamlakat iqtisodiyotidagi roli
  • 1.1 rasm. Transportning “ishlab chiqarish-muomala-iste’mol” tizimidagi o‘rni
  • Ma’ruza. Transportning umumiy tavsifi reja




    Download 479.5 Kb.
    bet1/9
    Sana27.09.2023
    Hajmi479.5 Kb.
    #84808
      1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    1-ma\'ruza
    Avtomobil klasslari, Мартынова Е.А. Диссертация v2, 5-Laboratoriya ishi, ABTIV 2 tajriba ishi, 1-Мавзу , 1 Амалий машғулот, 3-тип 2020, 0.Copy-Right-Form, AT va HXTEA-1-TEST-2022-100ta, ТЕПЛОСЧЕТЧИКИ, 10- maruza Sarvar, Statistika, Вахобов Санжарбек ТСЧ№ 849 Т 19 08 23 й, 1-ma\'ruza taqdimoti.

    1. Ma’ruza.

    TRANSPORTNING UMUMIY TAVSIFI
    Reja

    1. Transport bozorining mamlakat iqtisodiyotidagi roli.

    2. Transport tizimining tarkibiy-funksional tavsifi.

    3. Transport tizimining yagonaligi konsepsiyasining mohiyati va rivojlanishi.

    4. Jahon transport tizimida O‘zbekiston transportining o‘rni.

    1.1. Transport bozorining mamlakat iqtisodiyotidagi roli


    Iqtisod nazariyasi zamonaviy transportning jamiyatni rivojlanishidagi o‘rni va rolini aniqlash bilan, uni umumiy mehnat vositasi, ishlab chiqarishning umumiy shartlaridan biri sifatida ko‘rib chiqadi. Mehnat vositalari va ishlovchilarni korxonaning ichida ko‘chirish bilan transport mehnatning texnologik taqsimlanishi bilan dunyoga keladigan bog‘lanishlarni amalga oshiradi. Bu funksiyalarni ishlab chiqarishning ichidagi transport bajaradi. Mahsulotning har xil turlarini ishlab chiqaruvchilar (etkazib beruvchilar) va iste’molchilar o‘rtasida ko‘chirish bilan transport mehnatning hududiy taqsimlanishi bilan dunyoga keladigan bog‘lanishlarni amalga oshiradi (1.1 rasm). Bu funksiyalarni mehnatning tarixiy jamoatchilik taqsimlanishi jarayonida mustaqil ishlab chiqarish sohasi sifatida ajralib chiqqan muomala transporti bajaradi. Hozirgi zamon sharoitlarida muomala jarayonida tashishlarni asosan umum foydalanadigan transport — temir yo‘l, dengiz, daryo, avtomobil, havo transporti, shuningdek maxsus transport (quvurlar tarmoqlari, yuqori kuchlanishli elektr uzatish liniyalari, korxonalarni magistral bog‘lanish yo‘llari bilan tutashtiradigan kirish-chiqish temir yo‘llari) bajaradi. Transportning bu turlari omborlar tizimi bilan birgalikda muomala jarayonining moddiy asosi bo‘lib hisoblanadi.

    I — ishlab chiqarish soxasi, II — ekspeditsiyalash, saqlash, yuklash, III — transport, IV — ekspeditsiyalash, saqlash, tushirish, V — iste’mol qilish sohasi. 1.1 rasm. Transportning “ishlab chiqarish-muomala-iste’mol” tizimidagi o‘rni:

    Transport, bir tomondan, tovar almashinish va aholiga xizmat ko‘rsatishni amalga oshirish bilan – bozor infratuzilmasining bir qismi hisoblanadi, boshqa tomonlama esa — tovarlar va odamlarni ko‘chirar ekan, uning o‘zi bozor sub’ekti sifatida o‘zining xizmatlarini sotadi. Transportning har xil turlari bu xizmatlarni turli tarzda ko‘rsatishi mumkin, shu tariqa transport bozori paydo bo‘ladi. Transport xodimlarining mehnati ishlab chiqaruvchi mehnat bo‘lib hisoblanadi, u milliy daromadni yaratadi, qiymat shaklida o‘lchanadigan jamoatchilik boyligini oshiradi. Sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining qiymatida transport xarajatlarining ulushi 15—20% ni tashkil qiladi, ba’zi bir yuklar turlari bo‘yicha esa 45—50% gacha yetadi.


    Shu bilan birgalikda transportga uni iqtisodiyotning boshqa tarmoqlaridan ajratib turadigan ba’zi bir o‘ziga xos xususiyatlar xos bo‘ladi.

    Download 479.5 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 479.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ma’ruza. Transportning umumiy tavsifi reja

    Download 479.5 Kb.