• Ikkinchidan
  • Uchinchidan
  • To‘rtinchidan
  • 2. Transportning tarkibiy-funksional tavsifi
  • Ma’ruza. Transportning umumiy tavsifi reja




    Download 479.5 Kb.
    bet2/9
    Sana27.09.2023
    Hajmi479.5 Kb.
    #84808
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    1-ma\'ruza
    Avtomobil klasslari, Мартынова Е.А. Диссертация v2, 5-Laboratoriya ishi, ABTIV 2 tajriba ishi, 1-Мавзу , 1 Амалий машғулот, 3-тип 2020, 0.Copy-Right-Form, AT va HXTEA-1-TEST-2022-100ta, ТЕПЛОСЧЕТЧИКИ, 10- maruza Sarvar, Statistika, Вахобов Санжарбек ТСЧ№ 849 Т 19 08 23 й, 1-ma\'ruza taqdimoti.
    Birinchidan, transport yangi moddiy mahsulot ishlab chiqarmaydi, u go‘yo ishlab chiqarish jarayonining muomala jarayoni doirasidagi davomi bo‘lib hisoblanadi. Mahsulotni ishlab chiqarish jarayoni u iste’mol qilish joyiga yetkazib berilgan paytda tugaydi, shu sababli transport sanoat va qishloq xo‘jaligida boshlangan ishlab chiqarish jarayonining davomidir. Ishlab chiqarishning yakuniy natijasi iste’molchida amalga oshadi, shu sababli sanoat, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalari xodimlarining transportga bo‘lgan munosabati, ularning o‘zining mahsulotini tashish shart-sharoitlari, harakatlanuvchi tarkibdan foydalanish ko‘rsatkichlarini yaxshilash va transport xarajatlarini tejash to‘g‘risida qayg‘urishi ana shu bilan belgilanadi.
    Ikkinchidan, transportning mahsulotini — yuklar va yo‘lovchilarni tashishni - transport ishlab chiqarishi jarayonidan ajratib bo‘lmaydi. Uni to‘plab bo‘lmaydi, uning zahiralarini yaratib bo‘lmaydi. Shu sababli transportda rezervlash muammosi mahsulot zahirasini yaratishdan emas, o‘tkazish va tashish qobiliyatini rezervlashdan iborat bo‘ladi. Rezervlar bilan transport tarmog‘ining rayonlari bo‘yicha manevrlar o‘tkazish anchagina qiyin, ba’zan buning iloji bo‘lmaydi, shu sababli o‘tkazish va tashish qobiliyatining optimal rezervlari hamma joyda, birinchi navbatda tashishlar tezkor o‘sadigan yo‘nalishlarda yaratilishi lozim.
    Uchinchidan, transportning mahsuloti xomashyoni o‘z ichiga olmaydi. Uning tannarxida ish haqining ulushi sanoatdagiga qaraganda ikki marta yuqori. Amortizatsiya, yoqilg‘i va elektr energiyasi xarajatlari transportning barcha ekspluatatsion xarajatlarining qariyb yarmini tashkil qiladi. Shu sababli tashishlar tannarxini pasaytirish uchun mehnat unumdorligini oshirish, transport vositalaridan, ayniqsa harakatlanuvchi tarkibdan foydalanishni yaxshilashs, tashish ishi birligiga yoqilg‘i va elektr energiyasi sarfini qisqartirish muhim ahamiyat kasb etadi.
    To‘rtinchidan, transportni rivojlantirishga ajratiladigan mablag‘larning aylanishi sanoat va qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga yo‘naltiriladigan mablag‘larning aylanishidan farq qiladi. Transport bozorida yangi buyum ko‘rinishidagi tovar emas, transport sanoati ishlab chiqarish jarayonining o‘zi sotiladi, shundan kelib chiqqan holda, transport tizimi ishining samaradorligi va sifatiga qo‘yiladigan talablar faqatgina uning bozor mahsulotiga, transport faoliyatining yakuniy mahsulotiga emas, balki bevosita transport ishlab chiqarishi jarayoniga ham taalluqli bo‘ladi. Transport jarayonining tezlashishi va uzluksizligi, yetkazib berish muddatlarining qisqarishi va yuklarning saqlanishini yaxshilanishi, transport konveyerining barcha zvenolarining ishdan chiqmasdan ishlashi, har bir ishchi, brigada, korxona, ishlab chiqarish birlashmasi, har bir transport turi va umuman transport tizimi ishining sifatini oshirish ayniqsa muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
    Transport, magistral transportning barcha turlaridan tashqari, iqtisodiy infratuzilmaning energetika, aloqa, kommunal ho‘jalikni (suv ta’minoti, kanalizatsiya, qattiq chiqindilarni chiqarib ketish), shuningdek to‘g‘onlar, irrigatsiya va drenaj kanallar tarmoqlari kabi muhandislik inshootlarini o‘z ichiga oladigan tarmoqlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Shu tariqa infratuzilma tushunchasi faoliyatning ko‘plab turlarini belgilash uchun xizmat qiladigan umumiy tushuncha hisoblanadi. “Infratuzilma” atamasi (lotincha infra — pastroqda, ostida va structura — joylashish) iqtisodiy hayotning umumiy tuzilishining bo‘ysundirilgan xarakterga ega bo‘lgan va iqtisodiy tizimning normal faoliyatini ta’minlaydigan tarkibiy qismlari majmuasini belgilash uchun ishlatiladi. Mamlakatda transportning rivojlanish darajasi ma’lum bir darajada uning sivilizatsiya (taraqqiyot) darajasini belgilaydi. Shu sababli mamlakatda transportning ahamiyatini munosib baholamaslik oxir-oqibatda mamlakat iqtisodiyotiga o‘zining kuchli salbiy ta’sirini o‘tkazishi mumkin.
    Mamlakat iqtisodiyotining ko‘plab tarmoqlari – mashinasozlik (avtomobilsozlik, vagonsozlikva boshq.), yoqilg‘i-energetika va boshqa tarmoqlarning ishlashi transport bilan bevosita bog‘lanadi. Transport har yili taxminan 18% dizel yoqilg‘isi, 6% elektr energiyasi, 10% yog‘och materiallar, 4% qora metallarni iste’mol qiladi.
    Transport iqtisodiy o‘sish, savdo-sotiqning kengayishi, turmush darajasining ortishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishga qodir. U yuklarni yetkazib berish yoki ish joyiga yetib borish vaqtini qisqartirish bilan mehnat unumdorligining ortishiga ko‘maklashadi.
    Transport atrof-muhitga faol ta’sir ko‘rsatadi, bu ta’sir asosan salbiy tavsifga ega bo‘ladi. Masalan, barcha ishlab chiqarish faoliyatining atmosferaga umumiy yalpi zararli chiqindilar ajratmasida transportning ulushi 40% ni tashkil qiladi, bunda ifloslanishlarning asosiy ulushini (80% dan oshiq) avtomobil transporti beradi. Bundan shu narsa kelib chiqadiki, transportning atmosfera havosini ifloslantirishini amalda kamaytirish ko‘p jihatdan avtomobil transportida ekologik muammoning hal qilinishi bilan belgilanadi.
    Transportning rivojlanish sur’atlari iqtisodiy o‘sishga mos kelishi lozim. Xorijlik tadqiqotchilarning ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoning ko‘pchilik mamlakatlarida yalpi ichki mahsulotning o‘sishi transportning asosiy fondlari qiymatining proporsional o‘sishi bilan birgalikda kuzatiladi. Shunday qilib, mamlakatning iqtisodiyoti rivojlanishi bilan trnsport tarmog‘i transport xizmatlariga bo‘lgan talabning dinamikasiga mos ravishda o‘zgarishi lozim. Teskari bog‘lanish ham mavjud, ya’ni transport iqtisodiy faollikning dvigateli bo‘lib hisoblanmagan taqdirda ham, hech bo‘lmaganda “g‘ildiraklari” bo‘lish bilan iqtisodiy rivojlanishga ta’sir ko‘rsatadi. Biroq maxsus o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, birgina transport sohasining o‘ziga yoki hatto butun infratuzilmaga kiritiladigan investitsiyalar iqtisodiyotning o‘sishini kafolatlamaydi. Muvaffaqiyat avvalambor davlatning umumiy iqtisodiy siyosatiga bog‘liq bo‘ladi.
    O‘zbekistonning transport-yo‘l majmuasida transport va yo‘l xo‘jaligi korxonalarini aksiyalashtirish va xususiylashtirish dasturi amalga oshiriplmoqda. Biroq O‘zbekistonda normal raqobatli transport bozori hozircha yaratilmagan. Bu mamlakatdagi umumiy iqtisodiy rivojlanish darajasi bilan ham, transportda yagona texnologik majmualarni yaratishning asoslanmaganligi bilan ham bog‘liqdir. Ko‘pgina aksiyalashtirilgan korxonalar hozirgi kunda og‘ir iqtisodiy ahvolni boshlan kechirmoqda, bu iqtisodiyotning transportga ko‘rsatayotgan katta ta’sirdan va o‘z navbatida, transport bozorining mamlakatning iqtisodiy rivojlanishining barqarorligiga ko‘rsatayotgan ta’siridan dalolat beradi.
    2. Transportning tarkibiy-funksional tavsifi
    Transportni tarkibiy jihatdan ikkita tagtizimdan – umum foydalanadigan va umum foydalanmaydigan transportdan tashkil topgan tizim sifatida qarash mumkin (1.2 rasm). Bunda tizimning har ikkala qismi davlat yoki xususiy mulkchilik shaklidagi korxonalar bilan taqdim qilinishi mumkin.
    Umum foydalanadigan transport moddiy ishlab chiqarishning mustaqil tarmog‘i sifatida chiqadi. U ishlab chiqarish soxasi bilan iste’mol soxasi o‘rtasidagi bog‘lanishni ta’minlash bilan muomala soxasiga xizmat ko‘rsatadi. Umum foydalanadigan transport — bu yuklar va yo‘lovchilarni tashishni, bu tashishlar kim tomonidan – davlat korxonasi yoki muassasasi, jamoatchilik tashkiloti, firma yoki xususiy shaxs tomonidan taqdim qilinishidan qat’iy nazar, amaldagi qonunchilikka muvofiq amalga oshirishga majbur bo‘lgan transportdir.


    Download 479.5 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 479.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ma’ruza. Transportning umumiy tavsifi reja

    Download 479.5 Kb.