Izoxor (o’xshashlik) xaritasini tuzish




Download 11,69 Mb.
bet72/252
Sana04.12.2023
Hajmi11,69 Mb.
#110957
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   252
Bog'liq
NEFT VA GAZ konlari geologiyasi

5.4.4. Izoxor (o’xshashlik) xaritasini tuzish


I kki tayanch qatlamlarning struktura xaritalarini o’zaro mos tushmasligi ushbu qatlamlar oralig’idagi masofani maydon bo’ylab o’zgarishini ko’rsatadi. Ikki qatlam oralig’idagi masofalar o’zgarishini ifodalovchi chiziqlar izoxor chiziqlari deb ataladi. Izoxor xaritasi ikki: yuqoridagi va pastdagi tayanch gorizontlar orasidagi stratigrafik interval miqdori o’zgarishini aks ettiradi. Qatlamlar bo’yicha tuzilgan struktura xaritalari bir-biriga o’xshamasligi mumkin. Bunday holat qatlamlar oralig’idagi masofaning maydon bo’ylab bir xil emasligini bildiradi. Izoxor chiziqlari ikki qatlam oralig’ida joylashgan jinslarning haqiqiy qalinligini emas, balki ularning
ko’zga tashlanib turgan (vertikal bo’ylab 5.23 rasm. Struktura xaritasini tuzish o’lchangan) qalinligini anglatadi. (A.M.Agadjanov, 1958): 1 – qatlamning O’xshashlik xaritasini tuzish usuli struktura ustki qismi bo’yisha struktura xaritasining mutlaq balandlik belgilarini izoshiziqlari; 2 – qatlam izopaxitalari interpolyatsiya qilish usuliga o’xshaydi. Quduqlar joylashgan xaritadagi har qaysi quduq yaqiniga qatlamlar orasidagi ko’zga ko’rinadigan masofa tushiriladi va so’ngra interpolyatsiya metodi bilan 5 va 10 karrali izoxorlar topiladi. Aniqlangan nuqtalar tekis egri chiziqlar bilan birlashtiriladi. O’xshashlik xaritalari asosan pastda yotgan, yaxshi razvedka qilinmagan qatlamlarning strukturaviy sharoitlarini aniqlash uchun ishlatiladi. Buning uchun kam sonli, lekin maydon bo’ylab bir maromda joylashtirilgan quduqlar asosida tuzilgan o’xshashlik xaritasini (5.23, b-rasm) yuqorida joylashgan, yaxshi razvedka qilingan belgili qatlam bo’yicha tuzilgan struktura xaritasi ustiga joylashtiriladi (5.23, a-rasm).
Odatda o’xshashlik xaritasi kalkada chiziladi, unda ostidagi struktura xaritasi aniq ko’rinib turadi. Xaritada o’xshash nuqtalarning struktura xaritasidagi gorizontallar bilan kesishgan joylari  nuqtalari belgilanadi. Har qaysi nuqta uchun izoxor chiziqlarining miqdoriy qiymatini struktura xaritalarining gorizontallari qiymati bilan qo’shib, pastdagi qatlamning struktura xaritasini tuzish uchun boshlang’ich nuqtalar olinadi (5.23-rasm,v). Bir xil qiymatli nuqtalar chiziqlar bilan birlashtirilib, pastki qatlamning struktura xaritasi tuziladi (5.23-rasm,g). Umuman amaliy jihatdan qaralganda, izoxorlarni gorizontallar bilan kesishgan har bir nuqtasini hisoblab chiqishga zaruriyat yo’q.

Download 11,69 Mb.
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   252




Download 11,69 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Izoxor (o’xshashlik) xaritasini tuzish

Download 11,69 Mb.