|
Mavzu: Kod relyatsion algebrasi. Relyatsion hisoblash. 912-21 guruh talabasi
|
bet | 1/9 | Sana | 13.01.2024 | Hajmi | 21,88 Kb. | | #136632 |
Bog'liq sd
Mavzu: Kod relyatsion algebrasi. Relyatsion hisoblash
Mavzu: Kod relyatsion algebrasi. Relyatsion hisoblash. Reja:
Koddaning relyatsion algebrasi.
Maxsus relyatsion operatorlar.
Relyatsion algebrada so’rovlar.
Relyatsion hisoblash.
Kodda qoidasi.
1985 yil oktabrda E.F.Kodd “Computerworld” gazetasida ikkita maqolani e’lon qildi. Birinchi maqola 12 ta me’zonni o’z ichiga olgan bo’lib, “butunlay relyatsion” bazaga bag’ishlangan. Ikkinchi maqola esa ushbu 12 ta qoidani dasturiy mahsulotlarni meynfreymga mosligi nuqta’i nazaridan tekshirishdan iborat. Maqola shuni ta’kidlaydiki, agar MBBT nazariy jihatdan pishiq bo’lsa, u amaliy jihatdan effiktiv ishlaydi.
Relyatsion MB uchun birinchi qoida ma’lumotlarni saqlash hamda ma’lumotlar orasidagi o’zaro munosabat uchun foydalaniladigan informatsion tuzilmani ifodalaydi:
“Relyatsion ma’lumotlar bazasidagi barcha axborotlar mantiqiy darajada butunlay faqat bitta usulda ifodalanadi: jadvallardagi qiymatlar”.
Ushbu kriteriya shu shartni qo’yadiki, har qanday munosabat (ikki o’lchovli jadval) relyatsion MB da foydalaniladigan yagona informatsion strukturaga ega bo’ladi. O’z navbatida, qattiq dasturlashni talab etadigan mahsulotlarda jadvallar aro aloqa relyatsion hisoblanmaydi.
Koddaning 2-qoidasi. Kirishni kafolatlash qoidasi.
Agar MB ga axborot joylashtirish sababi paydo bo’lsa, u holda ohirgi tanlov amalga oshiriladi. Ya’ni bu holda foydalanuvchi ma’lumotlarning yagona qismini ko’rish imkonining mavjudligiga ishonch hosil qilishi kerak.
“Relyatison MBning har bir elementiga bilvosita jadval nomi, birlamchi kalitning qiymati va ustun nomi kombinatsiyalari orqali mantiqan kirishni kafolatlashi lozim.
Bu qoida shuni tasdiqlaydiki, ma’lumotlarning istalgan qismi faqat uchta komponenta orqali o’rganiladi: jadval nomi, ustun nomi va qatorning birlamchi kaliti.
|
| |