• 5.4.7. Sbros va vzbros bilan murakkablashgan ko’tarilmalarni strukturalar xaritasi yordamida tasvirlash
  • «O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi




    Download 11,69 Mb.
    bet74/252
    Sana04.12.2023
    Hajmi11,69 Mb.
    #110957
    1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   252
    Bog'liq
    NEFT VA GAZ konlari geologiyasi

    ifodalanishi (A.M.Agadjanov, 1958): 1
    – qumtosh; 2 – alevrolit; 3 – argillit qatlam qalinligining bir qismi bo’lib,
    litologikfizik xususiyatlari va kesimda tutgan o’rni bo’yicha qatlamning boshqa intervallaridan tubdan farqlanib turadi.
    Qatlamni ishlatishda va undan foydalanishda zonal xaritalarning ahamiyati katta. Chunki ular qatlamning o’ziga xos xususiyatlarini: ayrim zonalardagi kollektorlarning qiyiqlanish chegaralarini (qalinlikning nol chizig’i) yoki qo’shni zonal intervallardagi kollektorlarning bir-biri bilan qo’shilgan yoki ajralib ketgan uchastkalarini ifodalaydi.
    5.27-rasmda keltirilgan zonal xaritada kollektorlarning qiyiqlanish chegarasi uzluksiz chiziq bilan ko’rsatilgan, nokollektorlar uchastkalar esa nuqtalar bilan qoplangan. YUqorida joylashgan zonal intervaldagi kollektorlar mujassamlashgan uchastkalar ostidagi kollektorlar bilan qo’shilgan uchastkalar nuqtali chiziq bilan chegaralangan. YUqoridagi zonal interval kollektorlari tagida joylashgan ikkinchi zonal interval bir-biridan suyuqlik o’tkazmaydigan jinslar (gil, argillit va sh.o’.) bilan ajratilgan. Bunday uchastkalar xaritada nuqtali chiziq bilan qoplangan. Pastda joylashgan zonal intervaldagi kollektorlar ustidagi zonal intervaldan ajratilgan uchastkalar nuqtali chiziq bilan chegaralangan va vertikal shtrixlar bilan qoplangan. Zonal intervaldagi kollektorlarning ostida va ustida joylashgan zonal intervallardan ajralib ketgan uchastkalari qo’sh shtrix bilan ko’rsatilgan.

    5.4.7. Sbros va vzbros bilan murakkablashgan ko’tarilmalarni strukturalar xaritasi yordamida tasvirlash


    Sbros bilan murakkablashgan ko’tarilmani struktura xaritasi yordamida tasvirlash uchun shu strukturadan ko’ndalang qilib kesma chizig’i o’tqaziladi (5.28rasmning chap tomoni). Qatlam ustining gorizontal tekislik bilan kesishgan nuqtasi va buzilish yuzasining kesma tekisligi bilan kesishgan izi tegishlicha belgilar bilan proektsiyalanadi. Shuni nazarda tutish lozimki, ya’ni 200 m belgili gorizontal chiziq 1-nuqtada (b1-b1), 300 m li gorizontal chiziq esa 2-nuqtada (s2-s2) buzilish yuzasi bilan kesishadi va sh.o’; pastga cho’kkan birinchi blokdagiga o’xshab 400 m li gorizontal chiziq buzilish yuzasi bilan 3- (d3-d3) nuqtada kesishadi. s2, v1, A, b1, s2, shuningdek, d3, V, d3 nuqtalarni tekis chiziq bilan birlashtirib, uzilish chizig’ining gorizontal proektsiyasiga ega bo’lamiz. Uzilish chiziqlari proektsiyasining botiq qismi burmaning siljigan (pastga tushgan) qismiga o’girilgan.
    Vzbros tipidagi buzilish bilan murakkablashgan ko’tarilmaning struktura xaritasi yuqorida qayd etilgan usulda tuziladi (5.28-rasmning o’ng qismi). Struktura xaritasini tuzishda shunga rioya qilish kerakki, ya’ni xaritada 100 m li gorizontal chiziq buzilish yuzasi bilan 1-nuqtada (a1-a1), 200 m li gorizontal chiziq 2-nuqtada (b2-b2) kesiladi va h.k. Vzbros bo’lganda ustki blok pastdagi blok ustiga suriladi (5.28rasmda chap blok o’ngdagi blokka surilgan). Pastki blokning yuqori blok bilan yopilgan uchastkasidagi izogipslar struktura xaritasida nuqtali chiziq bilan ifodalanadi, shuningdek, pastga surilgan blokni chegaralovchi buzilish chizig’ining gorizontal proektsiyasi ham nuqtali chiziq bilan o’tkaziladi. Vzbrosda buzilish chiziqlarining gorizontal proektsiyasining botiq tomoni burmaning surilgan (sbros) qismiga yo’nalgan bo’ladi.



    1. Download 11,69 Mb.
    1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   252




    Download 11,69 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi

    Download 11,69 Mb.