«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi




Download 11,69 Mb.
bet88/252
Sana04.12.2023
Hajmi11,69 Mb.
#110957
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   252
Bog'liq
NEFT VA GAZ konlari geologiyasi

Foydali g’ovaklilik tog’ jinslarining kollektorlik xususiyati bo’lib, bunda o’zidan suyuqlik o’tkazish qobiliyati tushuniladi. Son jihatdan foydali g’ovaklilik koeffisienti bilan tavsiflanadi. Uning qiymati suyuqlik siljiyotgan g’ovaklar hajmini tog’ jinsining umumiy hajmiga bo’lgan nisbatiga teng. Ko’pincha foydali g’ovaklilik deganda ochiq g’ovakliliklar va qoldiq suv bilan to’lgan g’ovakliklar orasidagi farq ham tushuniladi.
Hisoblash ishlarida g’ovaklilik va g’ovaklilik koeffisienti miqdoridan foydalaniladi. G’ovaklilik koeffisienti (m) va g’ovaklilik (mF) quyidagicha aniqlanadi : m= Vп , mk= Vп 100,
V0 V0
bunda Vp - jins namunasining g’ovaklari hajmi; V0 - jins namunasining umumiy
hajmi.
Jinslarning kollektorlik xususiyatlariga g’ovak(bo’shliq) lar shakli va o’lchami kuchli ta’sir etadi. O’lchamiga ko’ra quyidagilar farqlanadi:

  1. yuqori kapillyar g’ovaklar (diametri 0,508 mm dan katta), ularda suyuqlik harakati faol bo’lib, u erkin harakatlana oladi;

  2. kapillyar g’ovaklar (diametri 0,508-0,0002 mm), ularda ham suyuqlik harakatlana oladi;

  3. subkapillyar g’ovaklar (diametri 0,0002 mm dan kichik), bularda molekulyar kuchlar ta’siri juda yuqori bo’lganligi sababli jinslardagi mavjud bosimlar farqida suyuqliklar harakatlana olmaydi; shuningdek, suyuqliklar subkapillyar bo’shliqlar bilan qamrab olingan kapillyar g’ovaklarda mavjud bosim gradienti kuchi molekulyar kuchlar qiymatidan past bo’lganda ham harakatlana olmaydi.

Jinslarning g’ovakliligi asosan zarralarning joylashishiga, shakliga, ularning silliqlanish va saralanish darajasiga, zarralarning katta-kichikligiga, sementlovchi moddalarning bor-yo’qligiga bog’liq. Tabiiy sharoitlarda jinslar g’ovakliligi turli o’lcham va qiyofaga ega bo’ladi, ko’pgina yirik g’ovaklar jinslarning mayda zarralari yoki sement modda bilan to’lgan yoki qisman to’lgan bo’lishi mumkin.
Gil va karbonat sementlar jins g’ovakliligini sezilarli pasaytiradi. Kuchli sementlangan qumtoshlarda ba’zan u bir necha foizgacha pasayadi. G’ovaklilik qiymatiga har xillik koeffisienti ham ta’sir etadi. SHu sababli jinsdagi g’ovaklilik qiymati keng miqyosda o’zgaradi. Masalan, ayrim cho’kindi jinslarda ularning o’zgarishi quyidagichadir (%da):

Gilli slanetslar

0,54-1,40

Gillar

6,0-50,0

Qumlar

6,0-52,0

Qumtoshlar

3,5-29,0

Ohaktoshlar

2,0-33,0

Dolomitlar

6,0-33,0

Zich ohaktoshlar va dolomitlar

6,5-2,5

G’ovakliligi 10% gacha bo’lgan qumtoshlarning kollektorlik xususiyatlari past bo’lib, amaliyotda sanoat ahamiyatiga ega bo’lolmaydi. Karbonatli kollektorlarda g’ovak kanallarining o’lchami kattaligi sababli karbonat jinslarning g’ovaklilik qiymati 10-7% bo’lganda ham yaxshi kollektorlik xususiyatlariga ega bo’ladi.
Ma’lumki, laboratoriya sharoitida g’ovaklilik quduqdan olingan kern yoki namuna orqali aniqlanadi. Zarralari o’zaro birikkan jinslar (gil, alevrolit, slanets va b.)ning mutlaq g’ovakliligi kern bo’yicha Melcher usulida, yirik zarrali kuchsiz sementlangan qumtoshlar g’ovakliligi Preobrajenskiy metodi yordamida aniqlanadi. Kern yoki namuna mahsuldor qatlamning qalinligini juda oz foizini tashkil qilganligi hamda kern olingan intervalni quduq kesimi, chuqurligiga mos kelishini aniq bilib bo’lmasligi sababli mahsuldor qatlamning g’ovakliligi to’g’risida to’liq fikr yuritib bo’lmaydi. Kesimda bo’sh g’ovakli jinslar ochilsa, kolonkali doloto bilan kern olib bo’lmaydi, shuningdek, quduqni burg’ilash tezligining ortib borishi sababli laboratoriya tahlili uchun kern olish texnik-iqtisodiy jihatdan ham murakkabliklar keltirib chiqaradi.
Jinslarning g’ovakliligini o’rganishda kon-geofizika tadqiqotlari muhim ahamiyatga ega. Bunday hollarda mahsuldor qatlamning to’liq qalinligi bo’yicha g’ovaklilik ma’lumotlarini aniqlash mumkin.
Hozir jinslarning g’ovakliligini kon-geofizika metodlari bilan o’rganishda PS karotaji dalillaridan keng foydalaniladi. Bunda quduq kesimida mavjud bo’lgan biron-bir qalin, bir xil tarkibli jins uchun chizilgan PS egri chizig’i amplitudasi kesimning turli intervallariga tuzilganlari bilan taqqoslanadi. Bu usuldan mahsuldor jinslar g’ovakliligini taxminiy baholashda foydalaniladi.
Neft qatlamining g’ovakliligini uning suvli qismidagi jinslarning solishtirma qarshiligi ma’lumotlari asosida aniqlash yaxshi va aniq natijalar beradi. Jinsning solishtirma qarshiligi va g’ovakliligi orasida ma’lum bir bog’liqlik (qatlam suvlarining minerallashganlik darajasi uning hamma qismida bir xilligi, kollektorning granulometrik tarkibini bir xilligi va b.) mavjud. Bunday bog’liqlik kollektor g’ovakliligining ortishi bilan undagi minerallashgan suvlarning miqdorining ko’payishida va o’z navbatida uning solishtirma qarshiligining kamayishida ko’rinadi.
Qatlamning suvga to’yingan qismi uchun hisoblab topilgan g’ovaklilik qiymatini uning neftga to’yingan qismi uchun (qatlam kesimining litologik tuzilishi o’xshash bo’lganda) ham qabul qilish mumkin.
Quduq kesimi jinslarining g’ovakliligini mikrozondlar va neytron karotaj yordamida olib borilgan tadqiqotlar natijalaridan foydalanib aniqlash samarali hisoblanadi.
Kon-geofizikasi tekshiruvlarini olib borishda neftga to’yingan jinslarning g’ovakliligini aniqlash maqsadida dastlab mahsuldor jinslar kesimidagi bir xil intervallardan olingan kerndan aniqlangan g’ovaklilik qiymatini kon-geofizikasi tadqiqotlari natijalari bilan solishtirib ko’rish lozim. Agar ikki usul bilan aniqlangan natijalar bir-biriga yaqin yoki mos kelsa, u holda ushbu konda jinslar g’ovakliligini faqat kon-geofizika tadqiqotlari bilan aniqlash mumkin. Bu usul iqtisodiy jihatdan samarali hisoblanadi.
Uyum maydoni bo’ylab g’ovaklilikning taqsimlanish yo’sinini o’rganish uchun teng g’ovaklilik xaritasi, ya’ni neft qatlamining teng g’ovaklilikka ega bo’lgan nuqtalarini tutashtiradigan izochiziqli xarita tuziladi. Xaritada asosan g’ovalilik koeffisienti qiymati qayd etiladi. Bunday qiymat quduqda bajarilgan karotaj diagrammasini izohlash, qatlam qalinligi bo’yicha g’ovalilik koeffisientining o’rtacha qiymatini hisoblab va olingan kernni o’rganib topiladi. Xaritadagi izochiziqlar g’ovaklilik darajasi bilan bir qatorda qatlam jinslari g’ovakliligining taqsimlanish tavsifini ham ko’rsatadi. Teng g’ovaklilik xaritasini tuzishda olingan ma’lumotlar quduqlar belgisi oldiga yoziladi. So’ngra uchburchak usulida interpolyatsiya qilinib, g’ovaklilikni maydon bo’ylab o’zgarish yo’sini izochiziqlarda ifodalanadi. Bunday xaritalarni quduq kesimi bo’ylab ishonchli ma’lumotlar to’planganda tuzish maqsadga muvofiq.
Agar ma’lumotlar etarli bo’lmasa, g’ovaklilikni xaritada quduqlar joylashgan yerda shartli belgilar bilan ko’rsatish yaxshi natija beradi. G’ovaklilik qiymatiga ko’ra boshqa joylardan ajralib turadigan lokal uchastkalar bir rangda bo’yaladi.

Download 11,69 Mb.
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   252




Download 11,69 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi

Download 11,69 Mb.