|
«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi
|
bet | 86/252 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 11,69 Mb. | | #110957 |
Bog'liq NEFT VA GAZ konlari geologiyasi 6.1.1. Granulometrik tarkibi
Bo’sh tog’ jinslari tarkibidagi turli o’lchamdagi zarrachalar miqdori. Bo’sh jinslarning granulometrik tarkibi asosan har xil diametrli teshikchalardan iborat bo’lgan elaklar yordamida aniqlanadi. Teshiklari 0,25 mm bo’lgan elakdan o’tgan jins zarrachalari fraksiyalarga ajratiladi. Gil jinslarning granulometrik tarkibini aniqlashda areometrik usul qo’llaniladi. Katta-kichikligi va injenerlik-geologik xossalari bir xil yoki bir-biriga yaqin bo’lgan zarralar yig’indisi fraksiyalarga birlashtiriladi va quyidagicha tavsiflanadi (mm da): yirik xarsanglar - 800-400, o’rtacha - 400-300, mayda - 300-200; yirik shag’al - 200-100 , o’rtacha - 100-80, mayda - 80-20; yirik graviy - 20-10, o’rtacha - 10-4, mayda - 4-2; juda yirik qum - 21; yirik - 1-0,5, o’rtacha - 0,5-0,25, mayda - 0,25 -0,1, juda mayda - 0,1-0,05; yirik chang - 0,05-0,01, mayda - 0,01-0,005, dag’al gil - 0,005-0,001, mayin - 0,001 dan kichik. Granulometrik tarkib yordamida chaqiq tog’ jinslarining nomi aniqlanadi: gil, alevrit, qum va b.
Kon sharoitida granulometrik tarkib asosan elakli tahlil orqali aniqlanadi. Bunda o’lchami 0,1 mm (0,074 mm) dan katta zarralar ajratiladi. O’lchami 0,074 mm dan kichik zarralarni aniqlashda sedimentatsion va boshqa usullardan foydalaniladi. Jinslarning fraktsion tarkibi 6.1-jadvalda yozilgan.
6.1-jadval
-
Quduq uchastka
|
Namuna №
|
Namuna olingan
chuqur- lik, m
|
Namuna og’irligiga nisbatan fraksiya miqdori (%) va zarralar diametri (mm)
|
Elakli tahlil
|
Sedimentatsion tahlil
|
0,59
-
0,42
|
0,42 -
0297
|
0 ,297
-
0,21
|
0,21
-
0,149
|
0,149
-
0,074
|
0,074- 0,05
|
0,05
-
0,01
|
0,01
-0,005
|
<
0,005
|
2/5
|
1
|
1000
|
-
|
2,7
|
4,5
|
6,5
|
70,8
|
10,4
|
1,5
|
2,0
|
1,6
|
Zarrachalar fraksiyalari orasidagi o’zaro bog’liqlik va ularning miqdori jinslarning g’ovakliligi, o’tkazuvchanligi hamda kollektorlik xususiyatlariga ta’sir etadi. Jinslarning donadorligi nafaqat ularning granulometrik tarkibiga, shuningdek, solishtirma yuzasiga ham bog’liq. Solishtirma yuza deganda 1 sm3 hajmdagi namuna zarralari yuzasining yig’indisi tushuniladi. Solishtirma yuza tog’ jinsining molekulyar yuzasi kuchlarini aniqlaydi. Granulometrik tarkib va solishtirma yuza orasida ma’lum bir bog’liqlik mavjud: jinsda mayin zarralar qanchalik ko’p bo’lsa, ularning solishtirma yuzasi shunchalik katta bo’ladi yoki yirik zarralar qanchalik ko’p bo’lsa, solishtirma yuza shunchalik kam bo’ladi. Solishtirma yuza qancha ko’p bo’lsa, molekulyar kuchlar suyuqlik shimilishiga shuncha ko’p ta’sir etadi.
Pelit fraksiyalarning solishtirma yuzasi juda ko’p, alevritlarniki kamroq, psammitlarniki - yanada kam bo’ladi. Solishtirma yuzaning ortishi jinslarning kollektorlik xususiyatlarini yomonlashtiradi. F.I.Kotyaxovning ma’lumotlariga ko’ra (agarda zarralar yumaloq shaklda bo’lsa), psammitlar solishtirma yuzasi 950 sm2/sm3 gacha, alevritlarniki ― 950-2300, alevrolitlarniki ― 2300 dan katta.
SHuningdek, granulometrik tarkib ma’lumotlari bo’yicha jinslarning bir xillilik darajasini bilish mumkin. Buning uchun granulometrik tarkib yig’indisi va qum zarralarining o’lchamiga ko’ra taqsimlanish egri chizig’i tuziladi, ordinata o’qiga fraksiyaning oshib boruvchi miqdori foizda, abstsess o’qiga esa zarralar diametri logarifmik masshtabda qo’yiladi. Masalan, mayda zarrali gilli qumning granulometrik tarkibiga asosan egri chiziq quyidagicha tuziladi. 6.1-jadvalda berilgan ma’lumotni egri chiziqda ifodalash uchun zarralar diametriga mos keluvchi fraksiyalar miqdori qo’shib chiqiladi va 6.2-jadvalga yoziladi. 6.2-jadval
Quduq uchastka
|
Namuna raqami
|
Namuna olingan
chuqurlik, m
|
Namuna og’irligiga nisbatan fraksiya miqdori (%) va zarralar diametri (mm)
|
< 0,01
|
< 0,05
|
< 0,07
|
< 0,149
|
< 0,21
|
< 0,297
|
< 0,42
|
2/15
|
1
|
1000
|
3,6
|
5,1
|
15,5
|
86,3
|
92,8
|
97,3
|
100
|
Shunday yo’l bilan hisoblangan ma’lumotlar asosida granulometrik tarkib yig’indisi egri chizig’i chiziladi. (6.1-rasm). Ushbu egri chiziq orqali jinslarning har xillik koeffisienti aniqlanadi. Jinslarning har xillik koeffisienti deganda qum tarkibida jinsning umumiy og’irligiga nisbatan 60% bo’lgan zarralar fraksiyasi diametrini jinsning umumiy og’irligiga nisbatan 10% dan kam bo’lgan zarralar fraksiyasi diametriga nisbati tushuniladi, ya’ni
Kh= d60 .
d10
6.1-rasmda keltirilgan misolga ko’ra
Kh= =1,17.
Tarkibi bir xil diametrli zarralardan tuzilgan qum uchun koeffisient birga teng. Neft va gaz konlaridagi jinslarning har xillik koeffisienti miqdori 1,1 dan 20 gacha o’zgaradi. Tahlil qilingan qumning har xillik koeffisienti miqdori uning bir tarkibliligini bildiradi.
Jinslar tarkibining bir xilligi ularning kollektorlik xususiyatlarini nisbiy baholash imkonini beradi. SHuningdek, granulometrik tarkibni bilgan holda qatlamdan quduqqa qumning kirib kelishini oldini olish yoki uni cheklash maqsadida ishlatish quduqlariga tushirilgan filtrlar teshiklari (yoriqlari) o’lchami tanlanadi. Quvurdan
ochilgan teshiklar yumaloq yoki yoriq ko’rinishidagi to’g’ri to’rtburchak teshikchalardan iborat bo’ladi. Filtr yoriqlari o’lchami granulometrik tarkib yig’indisi egri chizig’i va zarralarning taqsimlanishi bo’yicha aniqlanadi. Egri chiziqda elak teshigi diametriga mos keluvchi nuqta belgilanadi, bu elakda 10% yirik fraksiyalar qoladi, qolgan 90% mayda fraksiyalar elakdan o’tadi degani. Ushbu nuqtadan abstsissa o’qiga tushirilgan perpendikulyar chiziq qumning d90 diametriga to’g’ri keladi, bu miqdor orqali filtr teshiklarining o’lchami aniqlanadi. O’rganilayotgan qum uchun d90=0,17 mm ga teng. Filtrning to’g’ri to’rtburchak yoriqlarining kengligini aniqlash uchun d90 qiymati 2 ga ko’paytiriladi, filtrning yumaloq teshiklari o’lchamini aniqlashda u 3 ga ko’paytiriladi. Graviyli filtrlarda graviy diametri d90 qiymatini 10-12 ga ko’paytirib topiladi. Ushbu misolda: filtrning to’rtburchak yoriqlari kengligi h=2·d90=2·0,17=0,34mm; yumaloq teshiklar diametri d=3·d90= 3·0,17=0,51mm; graviy zarrasi diametri D=10d90=10·0,17=1,7 mm bo’ladi.
|
| |