|
«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi
|
bet | 94/252 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 11,69 Mb. | | #110957 |
Bog'liq NEFT VA GAZ konlari geologiyasi 6.1.5. Kollektorlar tasnifi
Hozir kollektorlarning bir qator tasniflari ishlab chiqilgan va ular amaliyotda qo’llanilmoqda. Ammo bular orasida umumiy qabul qilingan yagona tasnif hozircha yo’q, chunki turli mualliflar kollektorlar tasnifini tuzishda tog’ jinslarining har xil xususiyatlarini asos qilib olganlar. Masalan, neft va gaz kolllektor-jinslarining sig’imiga ko’ra tasnifi M.I.Maksimov (1958) bo’yicha quyidagichadir (6.3-jadval).
SHuningdek, g’ovak, kovak va bo’shliqlar morfologiyasi va genezisi bo’yicha
(I.M.Gubkin), g’ovaklar shakli bo’yicha (P.P.Avdusin, M.A.TSvetkova), jinslarning o’tkazuvchanligi bo’yicha (A.G.Aliev, G.I.Teodorovich), kollektorlarning turli genetik tiplarini tavsiflaydigan belgilari bo’yicha (N.B.Vassoevich), jinslarning foydali g’ovakliligi va o’tkazuvchanligi bo’yicha (A.Axanin) va sh.k. tasniflar mavjud.
Tog’ jinslarining g’ovakliligi va o’tkazuvchanligiga ko’ra hamma neft va gaz kollektorlari ikki guruhga bo’linadi:
1) terrigen (zarralararo g’ovaklilik); 2) karbonat (darzlik, kovak va g’ovak sig’imi hamda zarralararo g’ovaklilik).
6.3-jadval Neft va gaz kollektorlari tasnifi
Kollektor
|
Litologik tarkibi
|
|
|
turi
|
jinslar
|
|
G’ovakli
|
G’ovakli
|
Donador tuzilgan kollektorlar, sementlanmagan va sementlangan (qum, qumtosh, alevrolit, qayta yotqazilgan ohaktoshlar)
|
Kovakli
|
Kovakli
|
Yirik va mayda kovakli karbonat jinslar(ohaktoshlar, dolomitlashgan ohaktoshlar, dolomitlar)
|
Darzli
|
Darzli
|
Zich tuzilgan, suyuqlik o’tkazmaydigan jinslar(zich ohaktoshlar, mergellar, alevrolitlar, mo’rt slanetslar), shuningdek, otqindi jinslar
|
Darzli- g’ovakli
|
Darzli-g’ovakli
|
Donador tuzilgan kollektorlar, sementlangan (qumtoshlar, alevrolitlar, qayta yotqazilgan karbonat jinslar)
|
Darzli- kovakli
|
Darzli-kovakli
|
Karbonat va ba’zan galogen jinslar
|
Darzli-g’ovakli- kovakli
|
Darzli-g’ovakli- kovakli
|
Karbonat, terrigen va ba’zan galogen jinslar
|
Kovak-g’ovakli
|
Kovak-g’ovakli
|
Terrigen va karbonat jinslar
|
Terrigen kollektorlar odatda g’ovak turidagi kollektorlar toifasiga kiradi. Karbonat kollektorlar turli ko’rinishdagi bo’shliqlardan - g’ovaklar, kovaklar, darzliklardan iborat. Darzlik va kovaklardan iborat karbonat kollektorlar terrigen kollektorlardan suyuqlikning filtratsiyalanishiga ko’ra farqlanadi. SHu bilan birga karbonat kollektorlar orasida bo’shlig’i asosan g’ovaklardan tarkib topgan kollektorlar ham ko’p tarqalgan.
V.I. Viktorinning fikricha, g’ovak turidagi kollektorlardagi terrigen va karbonat jinslar orasida sezilarli farq mavjud bo’lib, u bunday kollektorlardagi neft va gaz uyumlarini ishlatish sharoitiga ta’sir etadi. Terrigen va karbonat qatlamlarni ishlatish sharoitini qiyosiy baholash maqsadida muallif turli mutlaq o’tkazuvchanlikka ega bo’lgan kollektorlarning uch guruhini ajratdi: kam o’tkazuvchan (0,01 mkm2 gacha), o’rtacha o’tkazuvchan (0,01-0,1 mkm2) va yuqori o’tkazuvchan (0,1 mkm2 dan yuqori). G’ovakli terrigen va karbonat kollektorlarning asosiy farqi quydagilardan iborat:
Terrigen va karbonat kollektorlar g’ovakli bo’shliqlar strukturasiga ko’ra bir-biridan farqlanadi. Terrigen kollektorlarda g’ovak diametri va ularni tutashtiruvchi kanallar diametri deyarli bir xil. Karbonat kollektorlarda tutashtiruvchi kanallar diametri g’ovaklar diametridan bir-ikki pog’ona kichik. SHunga ko’ra bir xil g’ovaklikka ega bo’lgan terrigen va karbonat kollektorlarda ikkinchisining tabiiy o’tkazuvchanligi kam bo’ladi.
Karbonat va terrigen kollektorlardagi g’ovakli bo’shliqlar strukturasi turli ko’rinishda bo’lganligi sababli ularni tuzuvchi solishtirma yuza miqdori ham har xil bo’ladi. Solishtirma yuza deganda namunaning hajmiy birligidagi (1 sm3, 1 m3) bo’shliqlar yuzasi yig’indisi tushuniladi. Jinsdagi g’ovakli bo’shliqlarning solishtirma yuzasi o’lchami juda katta bo’lishi munosabati bilan undagi qoldiq suv miqdori, neft-gazga to’yinganligi, jinslarning nam yutish xususiyati va sh.k. ham yuqori bo’ladi. O’tkazuvchanlik past yoki o’rtacha bo’lganda karbonat kollektorlar bo’shliqlarining solishtirma yuzasi terrigen kollektorlarnikiga nisbatan juda kam bo’ladi. O’tkazuvchanlik yuqori bo’lganda ularning solishtirma yuzasi deyarli teng bo’ladi.
Karbonat qatlamlar terrigen qatlamlarga nisbatan litologik tarkibiga, sig’im-filtratsiya va qayishqoq-mexanik xususiyatlariga, qatlanishi va mintaqaviy joylashishiga ko’ra har xil tarkiblidir. SHu sababli, tuzilishi yaxlit ko’rinadigan karbonat jinslar aslida murakkab tuzilgan, ko’p qatlamli, kengligi katta, bir-biri bilan gidrodinamik jihatdan mustahkam bog’lanmagan ko’pqatlamli ishlatish ob’ektlaridan iborat bo’ladi.
Har bir karbonatli qatlamda bir vaqtning o’zida o’tkazuvchanligi bo’yicha ajratiladigan, neft-gazga to’yingan uchta guruh (kam, o’rtacha va yuqori o’tkazuvchan) kollektorlari uchraydi. Ba’zan o’tkazuvchanligi 0,001 mkm2 dan kam bo’lgan kollektorlar ham uchraydi. SHunga ko’ra karbonat kollektorlarning o’tkazuvchanlik qiymati terrigen kollektorlarnikiga nisbatan keng intervalda o’zgaradi. Bunday o’zgaruvchanlik karbonat kollektorlardagi neft va gazni suv bilan hamda neftni boshqa omillar bilan siqib chiqarishda qiyinchiliklar tug’diradi.
Karbonat kollektorlar terrigen kollektorlarga nisbatan ko’proq darzlangan. Darzlar qatlanishiga nisbatan vertikal yoki qiyalangan yo’nalishda rivojlanadi, ularning kengligi qatlam bosimining yonbosh tog’ bosimiga nisbatan ortiqligi hisobidan aniqlanadi. Darzlar oralig’idagi masofa quduq diametri o’lchamiga to’g’ri keladi, darzlar sistemasi esa kengligi katta, alohida joylashgan darzlardan iborat bo’lmay, bir-biriga yaqin joylashgan, kengligi 1 dan bir necha o’n mikrometrga teng darzlardan iborat. Darzlarning kengligi balandlik va uzunlik bo’yicha tez o’zgaradi, shunga ko’ra o’tkazuvchanligi ham past bo’ladi.
Qatlam bosimi mo’’tadil gidrostatik bosimdan yuqori bo’lmasa (oddiy sharoitlarda) darzli o’tkazuvchanlik qiymati 0,001 mkm2 dan 0,01 mkm2 gacha
o’zgaradi. Jinslardagi bo’shliqning umumiy hajmiga nisbatan darzli bo’shliqlar salmog’i kam o’tkazuvchan kollektorlarda yuqori qiymatga, o’rtacha o’tkazuvchanlarida o’rtacha qiymatga, yuqori o’tkazuvchanlarida past qiymatga ega bo’ladi. SHunga ko’ra jinslarning darzliligi kam o’tkazuvchan kollektorlarning ishlatish sharoitiga kuchli, o’rtacha o’tkazuvchan kollektorlarning ishlatish sharoitiga o’rtacha ta’sir etadi, yuqori o’tkazuvchan kollektorlarnikiga esa deyarli ta’sir etmaydi.
Demak, konlarni ishlatishning qayd qilingan sharoitlarida faqat yuqori o’tkazuvchanlikka ega bo’lgan kollektorlar g’ovakli, o’rtacha va past o’tkazuvchanlari darzli-g’ovakli bo’shliqqa ega.
Quduq mahsuldor qatlamni ochganda hamma turdagi kollektorlarning tabiiy o’tkazuvchanligi pasayadi. Past va o’rtacha o’tkazuvchanlikka ega bo’lgan terrigen kollektorlarda bunday hodisalar asliga qaytmaydigan ko’rinish oladi. Karbonat kollektorlarga xlorid kislota haydalganda karbonat jinslar eriydi, natijada quduq atrofida radiusi bir necha o’n metrli zonaning o’tkazuvchanligi ortadi. Kislota qatlamdagi darzlar bo’ylab ichkarilab borib, jins darzliligini va darzli o’tkazuvchanlikni keskin oshiradi. Natijada jinslarning neft-gazga to’yinishi yuqori darajada bo’lgan zonalarda uyumlarni sanoat miqyosida ishlatish imkoniyati paydo bo’ladi. Terrigen kollektorlar esa bunday sharoitlarda mahsulsiz hisoblanadi.
|
| |