• 6.10-rasm. Zonal xaritani tuzish ushun I-VI zonal
  • 6.11 rasm. Qumli intervalning (II)
  • 6.2.3. Har xillilikning statistik tavsifi
  • shini uning foydali qalinligi




    Download 11,69 Mb.
    bet102/252
    Sana04.12.2023
    Hajmi11,69 Mb.
    #110957
    1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   252
    Bog'liq
    NEFT VA GAZ konlari geologiyasi

    shini uning foydali qalinligi neftlilikning ichki chegarasini izopaxitlar bilan yig’indisini o’zgarishiga ta’siri kesishgan nuqtasi qiymatlari bilan va suv-neftli (M.A.Jdanov, 1981) I, II, III - zonada burg’ilangan quduqlardan olingan qatchalar ma’lumotlarni hisobga olgan holda neftlilikning tashqi chegarasi oralig’idagi qiymatlarni interpolyatsiya qilish yo’li bilan o’tkaziladi. Natijada qatlamning neftga to’yingan foydali qalinlik xaritasiga ega bo’linadi, u qatlamning hamma qismining neftga to’yinganligini tasvirlaydi.
    Qatlamning turli qatchalar bilan bo’linishidan yuzaga kelgan har xillik darajasini o’rganish juda muhim va murakkab geologik vazifalardan biri hisoblanadi. Ko’pincha, qatlamning butunligi bir necha qatchalar ta’sirida bo’laklarga bo’linishi, qatchalarning yotish uzunligi katta masofaga cho’zilishi yoki juda qisqa bo’lishi, ba’zan linzasimon ko’rinishda
    chegaralanishi, 6.10-rasm. Zonal xaritani tuzish ushun I-VI zonal qalinligi katta yoki oraliqlarni ajratish sxemasi (M.A.Jdanov, 1981) 1 – qum; 2 –
    gil
    kichik bo’lishi, ayrim
    joylarda bir-biri bilan qo’shilib, qalinligining ortishi va sh.k. kuzatiladi. Shunga ko’ra qatlamning tuzilishini va uning qatchalarining maydon bo’ylab taqsimlanish xarakterini bilish, konni ishlatishni tahlil qilish, qatlamga ta’sir etish tadbiri samarasini va neft beraolish koeffisientini baholashda katta ahamiyatga ega.
    Bunday tahlil samarasi neft uyumi maydoni bo’ylab har xil tarkibli jinslarning tarqalish sharoitlari aniqlanganda ko’rinadi. Buning uchun maxsus geologik xaritalar, birinchi navbatda qatlamning nol qalinlik xaritalari va zonal xaritalari tuziladi.
    Qatchalarning nol qalinlik xaritasi g’ovakli jinslar majmuidan tarkib topgan qatchalarning qatlamning yuqoriga ko’tarilishi bo’yicha qiyiqlanishi kuzatilganda tuziladi (6.9-rasm). G.A.Xelkvist taklif etgan ushbu xaritalarda har bir qatlam (qatcha)ning faqat nol izopaxiti ko’rsatiladi, ya’ni qum fatsiyaning tarqalishini belgilovchi chegara (ushbu chegara ortida qatlam gil fatsiyadan tarkib topgan) beriladi. Razvedka quduqlari ma’lumotlari asosida tuziladigan bunday xaritalar asosida konni ishlatish va ishlatish quduqlari joylashishini katta aniqlikda loyihalash mumkin. 6.9-rasmning qabariq qismida aa,vv,ss qatlamlar gil fatsiyadan tarkib topgan. Ushbu egri chiziqlarning o’zaro joylashishini bilgan holda qatlamni ochadigan quduqlarni ishonch bilan loyihalash mumkin. Masalan, 1-quduq faqat «a» qatchani, 2-quduq «a» va «v» qatchalarni, 3-quduq «a», «v» va«s» qatchalarni ochishi mumkin. Bunday xaritalarga har bir qatcha bo’yicha neftlilik chegarasini tushirish kerak, uning yordamida neft uyumi chegarasi to’g’risidagi ma’lumotlar to’planadi.
    Zonal xaritalar qalinligi ko’p yoki oz bo’lgan, fatsial o’zgaruvchan va ayrim qatchalarga bo’lingan, maydon bo’ylab izchil tarqalgan qatlamlarni mufassal o’rganish maqsadida tuziladi. Zonal korrelyatsiyalar asosida qatlam chegarasida o’ziga xos fatsial intervallar (qalinligiga ko’ra) ajratiladi, ular bir-biridan litologik-fizik xususiyatlari va qatlam ichidagi holatiga ko’ra farqlanadi, lekin shu vaqtning o’zida ularning har biri ozmi-ko’pmi keng tarqalgan bo’lib, maydon bo’ylab o’z xususiyatlarini saqlab qoladi.
    Shunday qilib, qatlamning zonal oralig’i uning qalinligi elementi(qismi) bo’lib, qatlam ichida joylashishiga va litologik-fizik xususiyatlariga ko’ra qatlam qalinligining boshqa intervallaridan farqlanadi.
    Agar ayrim zonal intervallar bir-biridan litologik-fatsial tuzilishiga ko’ra keskin farqlanmasa, ular karotaj diagrammalari yordamida, ya’ni, tanlangan belgili (reper) qatlamdan joylashgan masofaga ko’ra ajratiladi.
    Neftli qatlam chegarasida zonal intervallar kern, geofizik yoki tadqiqotlar majmuasi ma’lumotlari asosida ajratiladi. Ayrim zonal intervallarning maydon bo’ylab joylashish chegaralari quduqlar joylashishi ifodalangan planda ko’rsatiladi. Demak, zonal intervallar rivojlangan chegaralar, ularning litologik-fizik xususiyatlari hamda yuqoridagi va pastdagi zonal intervallar bilan o’zaro bog’liqligi ifodalangan xarita zonal xarita deb ataladi. Masalan, 6.10-rasmda karotaj diagrammasida (R) reperdan ajratilgan I-VI zonal intervallarning joylashish sxemasi ko’rsatilgan. Ushbu intervallar karotaj diagrammasini o’rganish va ularning zonal korrelyatsiyasi asosida tanlangan.
    6.10-rasmdan ko’rinib turibtiki, uchastkadagi birorta quduqda hamma olti zonal intervallar bir vaqtda uchramaydi. Qatlamning turli uchastkalarida qo’shni qumli intervallarni gil bilan bo’linganini yoki ularni pastki yoxud yuqoridagi intervallar bilan birlashganini kuzatish mumkin.
    Demak, gil qatchalar bilan bo’lingan hamma zonal intervallar birgalikda tarkibi jihatdan bir-biriga yaqin yaxlit qatlamni hosil qiladi.
    6.11-rasmda II zonal interval xaritasi berilgan. Ushbu xarita bo’yicha qatlamga ta’sir etish 6.11 rasm. Qumli intervalning (II) tadbirlarini quyidagicha tahlil qilish zonal xaritasi (6.10 rasmga qarang) mumkin. 633 raqamli haydash qudug’ida II

    haydash, 2 – ishlatish, 3 – pezometrik; 4 – II qumli interval-ning tarqalish chegarasi; 5 – II qumli intervallar tarqalgan ushastkalar; II qumli intervalni boshqa qumli inter-vallar bilan qo’shilgan ushastkalari: 6 – I; 7 – III; 8 – I va III

    zonal interval uchramaydi, 715 - ishlatish qudug’ida esa u mavjud. Demak, II zonal intervalqa suvni bevosita 715- quduq orqali
    haydash qiyin kechadi, ta’sir faqat boshqa II interval bilan 715- quduqda birlashgan o’tkazuvchan qatchalar orqali sodir bo’lishi mumkin. Bunday sharoitlar yuzaga kelmasa,

    (M.A.Jdanov, 1981) Quduqlar: 1 – ushbu quduqlarning bir-biriga yaqin joylashishi ham 633- quduqning 715- quduqqa ta’sirini ta’minlamaydi.
    Zonal xaritalar qatlamlarning litologik-fizik xususiyatlarini va fatsial xossalarini mufassal o’rganish, uni alohida-alohida zonalarga bo’lingan uchastkalarini aniqlash, g’ovakli qatchalarni o’zaro birlashib, yaxlit monolit qatlam hosil qilgan uchastkalarini va gil qatchalarni qiyiqlanish chegaralarini aniqlash imkonini beradi. Ulardan, shuningdek, qatlamga ta’sir etish tadbirlarini va konni ishlatish tizimini amalga oshirish hamda keyinchalik ishlatish va haydash quduqlarining joylashishini (va quduqlarning to’g’ri joylashishini) tahlil qilishda foydalaniladi.

    6.2.3. Har xillilikning statistik tavsifi


    Hozirgi vaqtda qatlamlarning har xillik darajasini o’rganishda matematik statistika metodlaridan keng foydalaniladi Buning uchun qatlamning har xillik egri chizig’i (turli ko’rinishdagi gistogrammalar tuziladi, ordinata o’qiga (nuqtaning tekislikdagi yoki fazodagi vaziyatini aniqlovchi koordinatalardan biri) qalinligi bir xil jinslarni ochgan quduqlar soni (g’ovakliligi, o’tkazuvchanligi burg’ilangan quduqlarning umumiy fondidan foizda olinadi), abstsissa o’qiga ushbu qatlamning qalinligi qiymati (g’ovakliligi, o’tkazuvchanligi) qo’yiladi.
    Chizilgan gistogrammadagi egri chiziqning cho’qqi qismi qatlamning u yoki bu parametri (qalinligi, g’ovakliligi yoki o’tkazuvchanligi qiymati) bo’yicha bir xil tarkibliligini bildiradi. Grafikda abstsissa o’qi bo’ylab joylashgan bunday cho’qqilarning va siniq chiziqlarning ko’p sonli bo’lishi qatlamning har xil tarkibliligidan darak beradi.
    Bundan tashqari har xillikni statistik tavsiflash uchun quyidagi koeffisientlardan foydalaniladi:

    Download 11,69 Mb.
    1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   252




    Download 11,69 Mb.