• 6.2.1. Geologik mikro har xillik
  • NEFT-GAZLI TOG’ JINSLARINING HAR XILLIGI




    Download 11,69 Mb.
    bet100/252
    Sana04.12.2023
    Hajmi11,69 Mb.
    #110957
    1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   252
    Bog'liq
    NEFT VA GAZ konlari geologiyasi

    6.2. NEFT-GAZLI TOG’ JINSLARINING HAR XILLIGI


    Neft-gazli jinslar tabiiy saqlagichlar hisoblanib, nihoyatda murakkab geologik tuzilishga egadirlar. SHu sababli ularning foydali hajmi, suyuqlik va gazlar harakatlanadigan yo’li sezilarli, ko’pincha g’oyat keskin o’zgarishlarga duchor bo’ladi.
    Ba’zan jinslarning foydali hajmi suyuqlik o’tkazmaydigan qatlar bilan bloklarga, qatchalarga va linzalarga bo’lib yuboriladi va ularning har biri ayrim-ayrim mustaqil saqlagichlar hosil qiladi. Bundan tashqari saqlagichlar ichidagi jinslarning moddiy tarkibi ham o’zgarishga duchor bo’ladi.
    Mahsuldor qatlamning litologik-fatsial xususiyatlarida yuzaga keladigan bunday o’zgarishlar neft-gazli jinslarning har xilliligini belgilaydi.
    Mahsuldor qatlam (gorizont, ishlatish ob’ekti) chegarasida kollektorlarning yotish shakllari va fizik xususiyatlarining o’zgaruvchanligi jinslarning litologik tarkibini har xilligi bilan bog’liqdir. Bunday o’zgaruvchanlik ko’rsatkichi neft va gaz zaxiralarining joylashishi, suyuqlik va gazning bir joydan ikkinchi joyga ko’chishi to’g’risida mulohaza yuritish imkonini beradi hamda uyumlarning ishlatish loyihasini asoslashda muhim hisoblanadi. SHuningdek, qatlamning neft beraolish koeffisientini oshirish tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish imkonini beradi. Neft uyumlarini ishlatishda unda bo’ladigan jarayonlar jadalligi qatlamning litologik tarkibining har xilligidan kelib chiqadi.
    Hozirgi vaqtgacha qatlamning har xilligini aniqlash, o’rganish va undan foydalanishning qabul qilingan aniq bir, umumiy metodlari mavjud emas. SHu sababli ushbu qo’llanmada neft-gazli qatlamlarning litologik-fatsial tuzilishining geologik har xilligi ko’rib chiqiladi. Geologik har xillik deganda neft-gazli
    jinslarning mikro har xilligi va makro har xilligi tushuniladi. Ba’zi bir tadqiqotchilar (E.A.Dmitriev, V.S.Melik-Pashaev, 1963) geologik har xillik deganda, uyum maydoni bo’ylab qatlamning litologik tarkibining o’zgarishini va mahsuldor gorizontning suv o’tkazmaydigan qatchalar bilan bo’linishini tushunadilar, shunga ko’ra zonal va qatlam har xilligini ajratadilar.
    Mahsuldor qatlamning har xilligini M.L.Surguchev (1969) uning litologik tarkibining, B.T.Baishev (1963) g’ovakliligi va qalinligining, L.M.Dementev (1968) litologik tarkibi va fizik xususiyatlarining maydon bo’ylab o’zgarishida ko’radilar. M.A.Jdanov(1979) chekka, markaziy va maydoniy har xillilikni ajratadi.
    Mikro har xillik – uglevodorodlar bilan to’yingan muhitning kollektorlik xususiyatlarining o’zgaruvchanligini, o’tkazuvchanligini, g’ovakliligi(bo’shliqligi)ni, neftga to’yinganligini, shuningdek, ularning xususiyatlarini: gilliligi, karbonatliligi, sementlanganlik darajasi, granulometrik va mineral tarkibi, bo’shliq maydonining strukturasi va boshqalarni aniqlaydi.
    Mikro har xillik jinslarning ichki mikrostrukturasiga bog’liq, uni kern yoki shliflarda o’rganish mumkin. Mikro har xillikning litologik, granulometrik, mineralli turlari, shuningdek, o’tkazuvchanlik, g’ovaklilik xillari ajratiladi. Jinslarning o’tkazuvchanligi bo’yicha aniqlangan mikro har xillik eng muhim ko’rsatkich hisoblanadi. Ular o’z navbatida zonal va qatli turlarga bo’linadi.
    Makro har xillik - kollektor va nokollektorlarning qatlam maydoni chegarasida
    (gorizont, ishlatish ob’ekti) tarqalishi. U asosan ikki ko’rinishda: 1)mahsuldor qatlamni gorizont va qatchalarga ajralishida; 2) ayrim qatlam va qatchalarni uzuquzuq bo’lib (linzasimon ko’rinishda) tarqalishida namoyonlanadi.

    6.2.1. Geologik mikro har xillik


    Jinslarning geologik mikro har xilligini hisobga olish va baholash neft zaxiralarini, ayniqsa neft beruvchi jinslarning konditsion qiymatlarini aniqlashda, kollektorlarni ajratishda katta ahamiyatga ega.
    Ushbu bobning 1-§ ida neft zaxiralarini hisoblashda foydalaniladigan g’ovaklilik xaritasini tuzish metodikasi bayon etilgan. Ma’lumki, bunday xarita neft qatlamining teng g’ovaklilikka ega bo’lgan nuqtalarini tutashtiradigan izochiziqlardan iborat bo’ladi. Teng g’ovaklilik xaritasi g’ovaklilik koeffisienti qiymati asosida tuzilib, bu ish quduqda bajarilgan karotaj diagrammasini izohlash, qatlam qalinligi bo’yicha g’ovaklilik koeffisientining o’rtacha qiymatini hisoblash hamda olingan kernni laboratoriyada o’rganish orqali amalga oshiriladi.
    Xaritadagi izochiziqlar g’ovaklilik darajasi bilan bir qatorda, qatlam jinslari g’ovakliligining taqsimlanish tavsifini ham ko’rsatadi. Lekin izochiziqlarda ifodalangan g’ovaklilik va o’tkazuvchanlik xaritalaridan foydalanib, konni ishlatish jarayonini tahlil qilib bo’lmaydi, buning asosiy sababi shundaki, qatlamning izochiziqlarda ifodalangan ayrim parametrlarining o’zgaruvchanlik qiymatining aniqligi bir qator omillarga bog’liq holda o’zgaradi, ya’ni o’lchovlardagi va xarita tuzishdagi xatoliklarga, qatlam parametrlarining maydon bo’ylab o’zgarishiga, o’lchovlar soni va ular oralig’idagi masofalarga bog’liq.
    Amaliyotda ko’pincha qatlam parametrlarining o’zgarishi (mas. Ustyurt neftgazli regionida) izochiziqlarda ifodalangan xaritalardagiga nisbatan kichik masofalarda sodir bo’ladi. SHuning uchun xaritalarda burg’ilangan quduqlar dalillari asosida shartli beligilardan foydalanib, turli tipdagi kollektorlar tarqalgan maydonlar - qumtoshlar, alevrolitlar, gillar ajratiladi. Birinchi va ikkinchi tipdagilari uchun ularning konditsiya qiymatlari hisobiga olinadi. Maydonlar oralig’idagi chegaralar shartli ravishda o’tkaziladi, chunki bir xil parametrlarning ikki maydoni oralig’idagi chegara keskin, sakrashlar bilan yohud bir tekis bo’lishi mumkin. Bunday xaritalar qatlamning suyuqlik o’tkazuvchanlik ma’lumotlari bilan to’ldirilsa, ularning qiymati yanada ortadi.
    Litologik (kollektorlarning tarqalish) xaritalarni tuzishda va turli tipdagi kollektorlar chegaralarini o’tkazishda quduqlarning joylashishidan va ular oralig’idagi masofadan qat’iy nazar kollektorlar joylashishining regional yo’nalishini hisobga olish zarur (6.7-rasm).
    Qatlamning har xilligini litologik xaritalarda ifodalashda neft uyumiga nisbatan mahsuldor bo’lmagan jinslar tarqalgan zonalar holati ham hisobga olinadi, chunki mahsuldor qatlamga ta’sir etish tadbirlarini loyihalashda bunday zonalarning joylashishini bilish zarur. Loyihalash chog’ida uyumning chekka qismlarida, markazida va maydoni bo’ylab (uyum bo’yicha lokal uchastkalar ko’rinishida) joylashgan mahsulsiz zonalarni ajratish muhim hisoblanadi.
    Uyumning chekka qismlarida zich tuzilgan, suyuqlik o’tkazmaydigan jinslar bo’lsa, chegara tashqarisiga suv, gaz va boshqalarni haydash foyda bermaydi, agar zich mahsulsiz jinslar uyumning markazida joylashgan bo’lsa, u holda ham uyumning markazidan qatlamga suv yoki gaz haydash mumkin bo’lmaydi. Zich


    Download 11,69 Mb.
    1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   252




    Download 11,69 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    NEFT-GAZLI TOG’ JINSLARINING HAR XILLIGI

    Download 11,69 Mb.