Tabiiy yonuvchi gazlar yer qa’rida alohida uyumlar shaklida uchrab, gaz konlarini tashkil etadi yoki neft uyumlari bilan birga uchraydi. Gazning bu turi yo’lakay gaz bo’lib, neft bilan birga olinadi.
Neft gazi S
nH
2n+2 tarkibli to’yingan uglevodorodlar aralashmasi hisoblanadi.
Bularga metan, etan, propan, butan mansub. To’yingan uglevodoroddagi metan miqdori 98% ni tashkil etadi. Goho gaz tarkibida og’irroq uglevodorodlar pentan, geksan va geptanning bug’lari ham uchraydi. Kamroq to’yingan uglevodorodlar tarkibida shuningdek, karbonat angidrid gazi (SO
2), azot (N
2), ozroq miqdorda noyob gazlar (geliy, argon, neon), vodorod sulfidi (H
2S) va shu kabi gazlar bo’ladi.
Tovar sifati bo’yicha neft
gazlari shartli ravishda quruq, yog’i kam va yog’li gazlarga bo’linadi. Tarkibi 90% metan, 3-6% og’ir uglevodorodlar, 1,5-3,0%
karbonat kislotasidan iborat, zichligi havoga nisbatan 0,75 g/sm
3.
Yog’i kam gaz tarkibi 73% gacha metan, 22%
gacha yuqori uglevodorodlar, 5% gacha karbonat kislotasidan iborat. Zichligi havoga nisbatan 0,9-1,0 g/sm
3.
Yog’li gaz tarkibi 32-55% metan, 28-68% yuqori uglevodorodlardan iborat. Zichligi havoga nisbatan 1,15-1,4 g/sm
3.
Sof gaz konlari Gazli (bo’r yotqiziqlarida), Gajak (yura davri ohaktoshlarida),
Saltanattepa (quyi bo’r davri terrigen yotqiziqlarida), Rossiya Federatsiyasining Shebelinka (quyi perm yotqiziqlarida) va boshqa konlarda ochilgan. Bu konlarning gazi asosan metandan (93-94,8%) iborat.
Uglevodorod gazlari kuchli portlash xususiyatiga ega. Portlash paytidagi yopish reaktsiyasi juda tez o’tadi. Uglevodorod gazlarining juda oz miqdori ham havoda portlashi mumkin (havo bilan gaz shovqinli aralashma hosil qiladi). Portlashning eng past va eng yuqori chegaralari tegishlicha (% da) havo tarkibida metan uchun 5 va 15, propan uchun 2,4 va 9,5; og’irroq uglevodorodlar bug’lari uchun bunday miqdor yanada kam. Neft gazlari kimyo sanoatida va maishiy ehtiyojlar uchun juda qimmatli xom ashyo hisoblanadi.
7.1.1. Gazning fizik xususiyatlari
Turli gazlarning fizik xususiyatlari 7.1-jadvalda keltirilgan. Gazning holati uch parametr bosim (r), temperatura (T) va solishtirma hajm (V) (yoki zichlik ) bilan tavsiflanadi. Parametrlar oralig’idagi bog’lanishlar gazning harakatlanishini ifodalaydi. Bularni aniqlash gaz sanoatida turli amaliy masalalarni hal etishda asosiy rol o’ynaydi.
Termodinamik hisoblashlarda standart sharoit sifatida t=0
0C, r=0,1 MPa qabul qilingan. Gaz sanoatida turli hisoblash ishlarida esa t=20
0C va r=0,1 MPa (GOST 2939-63) qabul qilingan.
Uglevodorod gazlarining zichligi va qovushqoqligi ularning asosiy xususiyatlari hisoblanadi.
Z i ch l i k
() odatda gazning nisbiy zichlik qiymati (havoga nisbatan) ishlatiladi. Gazning zichligi deganda bir xil bosim va temperaturada bir birlik hajmdagi (1 sm
3, 1 m
3) gaz massasining shunday sharoitdagi havo hajmi massasiga bo’lgan nisbati tushuniladi. Neft gazlarining zichligi 0,554 dan (metan uchun) 0,695 gacha va undan yuqori (geptan uchun) bo’lishi mumkin.
Qovushqoqlik turli tezlikda bir-biriga nisbatan parallel siljiyotgan gazlarning ikki qati orasida hosil bo’ladigan ichki ishqalanish kuchi. Uglevodorod gazlarining qovushqoqligi juda kam. Quruq uglevodorod gazining qovushqoqligi 0
0S da 1310
-
6Pas, havoniki 1710
-6Pas. Bosim past bo’lganda temperaturaning ko’tarilishi bilan havo va gazning qovushqoqligi ham o’zgaradi. Bosim 4 MPas gacha bo’lganda gazning qovushqoqligi kam o’zgaradi, undan yuqori bosimda esa ortib boradi (7.2jadval)