|
«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi
|
bet | 116/252 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 11,69 Mb. | | #110957 |
Bog'liq NEFT VA GAZ konlari geologiyasiQatlam neftining hajmiy koeffisienti qatlam nefti tarkibida erigan gazning ko’pligi bilan ajralib turadi. Bunday gazning neft tarkibida bo’lishi uning xususiyatlariga keskin ta’sir etadi: neftning hajmi ko’payadi (goho 50-60% gacha), zichligi kamayadi, qovushqoqligi sezilarli darajada susayadi, shuningdek, turli ajralish chegaralarida sirtqi tarangligi o’zgaradi.
Qatlam neftining hajmiy koeffisienti b deb qatlam nefti hajmining (Vq) olingan neft (Vst) hajmiga bo’lgan nisbatiga aytiladi:
Vk . (7.10) b
Vst
Qatlam neftining hajmiy koeffisienti standart sharoitda 1 m3 ajratib olingan neft qatlam sharoitida qanday hajmni egallashini ko’rsatadi.
Qatlam neftining hajmiy koeffisientiga aksincha bo’lgan qiymat qayta hisoblash koeffisienti bilan ifodalanadi.
1 Vst . (7.11) θ
b Vk
Qayta hisoblash koeffisienti dan neft zaxirasini hajmiy usulda hisoblashda foydalaniladi. Qayta hisoblash koeffisienti qatlamdagi neftning hajmini ajratilgan neft hajmiga keltirishda xizmat qiladi. Neft yer yuzasiga chiqarilganda undan gaz ajralib chiqadi, natijada uning hajmi kamayib ketadi, ya’ni neft kirishadi.
Neftning kirishish koeffisienti ()
ε = Vk Vst ga teng. (7.12)
Vk
Yuqorida qayd etilgan koeffisientlar b, va orasida quyidagi bog’liqlik mavjud:
1 ; (7.13)
θ= =1ε b
ε=1θ= b1 . (7.14)
b
Neftning kirishish va qayta hisoblash koeffisientlarini aniqlash katta ahamiyatga ega. Neftning kirishish koeffisienti ko’pincha 40% ga etadi, shu sababli neft zaxiralarini hisoblashda uni inobatga olish zarur.
Qatlam neftining hajmiy koeffisienti neft namunasini tahlil qilib aniqlanadi. Bu koeffisient taqriban quyidagicha aniqlanadi. Eng avval grafikdan neftning kirishishi % da aniqlanadi (7.8-rasm), so’ngra (7.13) tenglik bo’yicha b va hisoblab topiladi.
9-rasmda ba’zi konlar uchun hajmiy koeffisient qiymatlarining to’yinish bosimiga bog’liqligi ko’rsatilgan. 7.10-rasmda esa neftda erigan gazning va qatlam neftining hajmiy koeffisientlari miqdorining bosim qiymatiga bog’liq holda o’zgarishi keltirilgan. Qatlam neftining hajmiy koeffisientini gazning fraktsion tarkibi yoki gazning zichligi to’g’risidagi ma’lumotlar bo’yicha hisoblash yo’li bilan aniqlash ham mumkin. Ammo qatlam neftini mukammal va aniq tavsiflash uchun neft namunasini chiqarib olib, uni har tomonlama tadqiq qilish zarurdir.
Qatlam neftining xususiyatlarini o’rtacha qiymatlarini tavsiflash uchun namuna olishni loyihalashda shuni nazarda tutish lozimki, qatlam bosimi va temperaturasi sezilarli o’zgarganda neft uyumining yuqori qismidan olingan neftning xususiyatlari uyumning pastki uchastkasidan olinganlaridan keskin farq qiladi. Agarda uyum alohida bloklarga ajralib ketgan bo’lsa, bu farq yanada sezilarli bo’ladi. SHuning uchun neft namunasi uyumning xarakterli hamma uchastkalaridan olinadi.
Chuqurlikdan namuna olishdan oldin quduqni turli rejimda ishlashini o’rganish va qatlam bosimini o’lchash zarur. Agar quduqdagi
|
| |