|
Neftda erigan gaz miqdori
|
bet | 114/252 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 11,69 Mb. | | #110957 |
Bog'liq NEFT VA GAZ konlari geologiyasi Neftda erigan gaz miqdori
Respublika konlaridagi neftlarning tarkibi va xossalari rang-barangdir. Ma’lum bir konda turli qatlamlardagi neftlar tarkibiga va fizik xususiyatlariga ko’ra birbiridan sezilarli darajada farqlanadi. Bosim ortishi bilan neftda erigan gaz massasi
ortib boradi va bu jarayon Genri qonuniga bo’ysunadi, ya’ni Vr=rVn ,
bunda Vr neftda erigan gaz miqdori, gazning neftda eruvchanlik koeffisienti, r bosim, Vn neft hajmi. Gazning eruvchanlik koeffisienti bir xil kattalikka ega bo’lmay, neft tarkibiga, bosimga, temperaturaga va boshqa omillarga bog’liq ravishda o’zgarib turadi. Neft tarkibidagi ayrim moddalar gazni turli yo’sinda eritadi, bu moddalarning molekulyar massasi ortgan sari gazni eritish qobiliyati ham ortib boradi.
Neftda erigan gazning miqdori m3/m3 yoki m3/t da o’lchanadi. Neft tarkibidagi gazning miqdori uni neftda erishi mumkin bo’lgan miqdoriga teng yoki undan kam bo’lishi mumkin. Bunday xususiyat qatlamdan olingan neft namunasini laboratoriyada tadqiq qilish yo’li bilan qatlamdagi bosimni asta-sekin kamaytirib borib aniqlanadi.
Qatlam nefti tarkibidagi erigan gazning miqdori 300-500 m3/m3 va undan ko’proq bo’lishi mumkin, odatda buning o’lchami ko’pchilik neftlarda 30-100 m3/m3 ni tashkil etadi. Erigan gazning neftdagi miqdori 8-10 m3/m3 dan ortmaydigan hollar ham kuzatiladi.
Neftning siqiluvchanligi deganda bosim ta’sirida uning o’z hajmini o’zgartirish xususiyati tushuniladi. Bunday tavsifni miqdoriy baholashda siqiluvchanlik koeffisientidan foydalaniladi. Tashqi bosim ortganda neftning hajmi dastlabki hajm va bosimning ortishiga proportsional o’zgaradi:
V=Vp ,
bunda V suyuqlik hajmining o’zgarishi; siqilish koeffisienti; V suyuqlikning dastlabki hajmi; p bosimning ortishi; () belgisi r bosimning ortishiga V ning kamayishining mos kelishini ifodalaydi.
Qatlam neftining o’rtacha siqiluvchanligi deganda uning hajmining bosim 0,1 MPa ga ko’paygandagi o’zgarish miqdori tushuniladi:
ΔV , β
VΔр
bunda siqilish koeffisienti; Vneft hajmining o’zgarishi; V neftning
dastlabki hajmi; p bosimning o’zgarishi.
Neft siqiluvchanligi past bo’lib, 0,1 MPa bosimda 0,007-0,14% ga teng bo’ladi, ya’ni =(7140)10-5MPa-1 .
Siqiluvchanlik koeffisienti bosim birlik ulushiga o’zgarganda neft hajmining nisbatan ortganini tavsiflaydi. Uning qiymati ko’pgina qatlam neftlarida (15)103MPa-1 atrofida bo’ladi. Neftning siqiluvchanligi kollektorlar siqiluvchanligi bilan birgalikda, asosan uyumlarni ishlatishda, shuningdek, alohida uchastkalarda bosimning o’zgarishini aniqlashning boshlang’ich davrida yoki alohida quduqlar tubidagi bosimni o’lchashda inobatga olinadi.
Neftning issiqlikdan kengayishi uning 10S ga isigandagi kengayish darajasini tavsiflaydi. Bu hodisa neftning issiqlikdan kengayish koeffisienti n bilan aniqlanadi:
αн ΔV ,
V0 Δt bunda V temperatura t ga o’zgargandagi neft hajmining o’zgarishi, m3; V0
neftning dastlabki hajmi, m3; n ning o’lchov birligi 1/0S.
Neftning issiqlikdan kengayish koeffisienti qiymati erigan gaz hajmi va bosimga unchalik bog’liq emas. Temperatura va molekulyar massasining ko’payishi bilan kengayish koeffisienti miqdori ham ortib boradi. Ko’pgina neftlarda termik kengayish koeffisienti (120)10-4 1/0C atrofida bo’ladi.
7.2.2. Neftning qovushqoqligi yoki ichki ishqalanishi
Suyuq, gazsimon va qattiq jismlarning tashqi kuch ta’sirida oqishga, jismning bir qatini ikkinchisiga nisbatan siljishiga bo’lgan qarshiligi qovushqoqlik deb yuritiladi. Suyuqliklarga nisbatan kinematik va dinamik qarshiliklar belgilanadi. Dinamik qarshilik yuzasi 1 sm2 ga teng suyuqlik qatlamini 1 sm ga 1 s tezlik bilan ko’chirish uchun ko’rsatgan qarshilik kuchi bo’lib, SI sistemasida 1N s/m2=1 Pas (puaz)da o’lchanadi.
Kinematik qovushqoqlik suyuqlikni dinamik qovushqoqligining uning solishtirma og’irligiga nisbati bo’lib, SI sistemasida 1 m2/s (stoks)da o’lchanadi. Neft va neft mahsulotlarining qovushqoqligi ko’pincha shartli birliklarda Engler (0E) va Barbe (0V) gradusida, Saybolt ("S) va Redvud ("R) sekundida o’lchanadi.
Suyuq uglevodorodlarda bosim ko’tarilishi bilan qovushqoqligi ortadi va temperatura ko’tarilishi bilan esa qovushqoqligi kamayadi.
Ko’pincha neft va neft mahsulotlari soviganda ularning tarkibidagi komponentlar (asfalten, parafin, tserezinlar)ning kristallanishi yoki koagulyatsiyalanishi natijasida kolloid eritmalar hosil bo’ladi.
Neftlar qovushqoqligi keng miqyosda o’zgaruvchan bo’lib, uning qiymati bosim, temperatura va neftda erigan gazlar miqdoriga bog’liqdir. Qovushqoqlikning bosimga bog’liqligi juda ham kam. Chunonchi, temperaturaning ortishi bilan neftning qovushqoqligi kamayadi, bosimning ortishi bilan esa qovushqoqlik sezilarli darajada ko’payadi. Neftda erigan gazlarning ko’payishi uning qovushqoqligining kamayishiga sabab bo’ladi. Neftning qatlamda harakatlanishida uning qovushqoqligi katta rol o’ynaydi. Neft qovushqoqligini suvning qovushqoqligiga bo’lgan nisbati quduqlarni suvlanish tezligini ifodalaydi. Bu nisbat qancha katta bo’lsa, uyumdan neft olish shuncha qiyin kechadi.
|
| |