|
«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi
|
bet | 122/252 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 11,69 Mb. | | #110957 |
Bog'liq NEFT VA GAZ konlari geologiyasiSentrifugalash metodi. Mazkur metod A.F.Lebedev tomonidan ishlab chiqilib, tuproq hamda grunt suvlarining harakatini o’rganishda qo’llanilgan. Bu metodda tadqiq qilinayotgan tog’ jinsi namunasi eritib suyultiriladi, so’ngra quritiladi va vakuum ostida suvga to’yintiriladi, keyinroq suv tsentrifugalash asosida chiqarib yuboriladi.
Jins tarkibidagi suv nam namuna massasi bilan quruq holdagi namuna massasining oralig’idagi farq orqali aniqlanadi. Mazkur metodning afzalligi shundaki, bunda tsentrifugalash jarayoni tez va bir necha daqiqa davom etadi. Ammo bu va kapillyar bosim metodlarida qatlam sharoiti tiklanmaydi, binobarin bog’langan suvning miqdori taqribiy hisoblanadi.
Neftli jinslarning suvga to’yinganligini ular tarkibidagi xloridlarni aniqlab baholash metodi. Mazkur metod tadqiq qilinayotgan qatlamdagi bog’langan suvdagi xloridlarning miqdorini foizda aniqlashga va uni boshqa qatlamlardan olingan kerndagi suvining tarkibidagi xloridlar miqdori bilan solishtirishga asoslangan.
Bunday metod bilan aniqlangan kerndagi bog’langan suv yuqorida qayd etilgan metodlar bilan qatlamda aniqlangan bog’langan suvning asl miqdoridan ancha farq qiladi. Tog’ jinslarini neftga to’yinganlik masalasini hal etishda jinslardagi bog’langan suv miqdorini geofizik metodlar yordamida aniqlash muhim ahamiyatga ega. Geofizik ma’lumotlarni maqsadga muvofiq ishlatish uchun tadqiqotlar majmuasini bajarish lozim. Buning uchun geofizik metodlar bilan aniqlangan neft-gazga to’yinganlik to’g’risidagi ma’lumotlarni neft asosli eritmalar ishlatib qazilgan maxsus quduqlardan olingan ma’lumotlar bilan taqqoslash zarur.
Neftga to’yinganlik koeffisientini geofizik ma’lumotlar asosida baholash imkoniyati solishtirma qarshilikning jinslarning neftga to’yinganligi bilan bog’liqligiga asoslangan. Bunday bog’liqlikning mohiyati shundaki, boshqa teng sharoitlarda qatlamning neftga to’yinganligining ortishi bilan birga uning solishtirma qarshiligi ham o’sib boradi.
Qatlamning neftga to’yinganligini geofizik ma’lumotlarga asoslanib aniqlashda yuzaga keladigan xatoliklarni inobatga olish kerak. Bunday xatoliklar qatlamga burg’ilash eritmasining zardobi shimilishi natijasida sodir bo’ladi. Natijada, kesimdagi mahsuldor qatlamlarning neftga to’yinganligini aniqlash qiyin kechib, zaxiralarni baholashda xatoliklarga yo’l qo’yiladi. Ayniqsa quduq atrofi zonasidagi gillar ko’pchiganda neftga to’yinish miqdori keskin ortadi.
Odatda qum va qumtoshlarda bog’langan suv karbonatli jinslardagiga nisbatan ko’p bo’ladi. O’tkazuvchanligi kam mayda zarrali qumtoshlarda bog’langan suvning miqdori doimo yuqori bo’lishi kuzatiladi.
AQShdagi ko’pgina neftli rayonlarda neftga to’yinganlik koeffisientini faqat bog’langan suv miqdoriga qarab emas, balki kolonkali burg’ilash paytida maxsus olingan kernning neftga to’yinganligini bevosita o’rganish orqali ham aniqlanadi. Turli yo’llar bilan olingan ma’lumotlar solishtirilib, kondagi neftning nobud bo’lish koeffisientining o’rtacha qiymati aniqlandi.
Ayrim konlardan olingan ma’lumotlarga ko’ra, kolonkali dolotalarda kernni quduqdan chiqarish jarayonida uning tarkibida dastlab bo’lgan neft qariyb 30% ga yo’qolar ekan. Demak, kerndagi neftning dastlabki (asl) miqdori (V) quyidagicha aniqlanadi:
А
В , (7.15)
|
| |