|
Suv-neft tutash yuzasi va uning tavsifi
|
bet | 130/252 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 11,69 Mb. | | #110957 |
Bog'liq NEFT VA GAZ konlari geologiyasi 7.3.4. Suv-neft tutash yuzasi va uning tavsifi
Suv-neft tutash yuzasi neftli qatlamlarda neft va suvni ajratuvchi chegara hisoblanadi. U turli qalinlikdagi zonadan iborat. Bu zonada neft va erkin suv mavjud. Suv-neft tutash yuzasi odatda gorizontal, ayrim hollarda bir oz qiya holatda bo’ladi. Neft uyumining yuqori qismidagi qatlam o’zidan suv o’tkazmaydi. Suv-neft tutash yuzasi qatlamdagi mavjud neft va erkin suvni ajratuvchi chegara hisoblanadi. CHegara toza neft yuzasiga qanchalik yaqin borsa, qatlamda neft miqdori shuncha ko’payib, suv miqdori esa kamayadi va aksincha, chegara toza suv yuzasiga yaqinlashsa, neft miqdori kamayib, suv miqdori ortadi.
Kollektorning toza neftli qismidan toza suvli qismiga o’tadigan joyi o’tish zonasi deb ataladi. Xorijlik olimlar Kerrol va Knutson olib borgan ilmiy-tadqiqotlardan ma’lum bo’lishicha, zarralari yaxshi saralangan va o’tkazuvchanligi yuqori bo’lgan qumtoshlarda o’tish zonasining qalinligi 0,3 m dan ortiq emas va aksincha, litologik tarkibi turlicha, o’tkazuvchanligi esa kam bo’lgan qumtoshlarda o’tish zonasining qalinligi 8 m gacha boradi. Suv-neft tutash yuzasi kamdan-kam gorizontal holatda bo’lib, asosan qiya holatda uchraydiki, bu ta’minlanish oblasti o’rni va o’lchamiga, kollektorning o’tkazuvchanligiga, yer osti suvlari harakati dinamikasiga va h.k.larga bog’liq.
Agar neft(gaz) uyumlari massiv ko’rinishiga ega bo’lsa, suv-neft tutash yuzasi neft(gaz) saqlovchi qatlamlarning hammasini kesib o’tadi. Konlarni ishlatish jarayonida neft(gaz)li jinslarning ichki va tashqi chegaralari neft(gaz) uyumlarining gumbaz tomoniga qarab suriladi.
Qatlamning neftga to’yingan qismidan suvga to’yingan qismiga o’tishda solishtirma qarshilikning o’zgarishini aniqlash uchun bajarilgan geofizik tadqiqotlardan olingan ma’lumotlarga asoslanib, suv-neft tutash yuzasi uchun o’tish zonasining shunday chegarasini qabul qilish kerakki, toki unda solishtirma qarshilik qiymati kritik qarshilik qiymatiga teng bo’lsin va u qatlamning eng kam solishtirma qarshiligi sifatida qabul qilinsin. Bunday qatlamdan neftning suvsiz oqimi olinadi.
Qatlamning solishtirma qarshiligini uni sinashdan olingan ma’lumotlar bilan solishtirib kritik qarshilik aniqlanadi. Masalan, Rossiyaning Tuymazin va Bavlin neft konlarida kritik qarshilik 7 Omm ga teng bo’lib, qatlamning neftga to’yinganlik darajasi 68% ga to’g’ri keladi. Olingan ma’lumotlarga ko’ra bu konlarda suv-neft tutash yuzasi suv yuzasidan 1,1 m yuqorida joylashgan.
Solishtirma qarshilikning o’tish zonasida taqsimlanishini o’rganish uning chiziqli qonun bo’yicha sodir bo’lishini ko’rsatdi. N.N. Soxranov metodikasiga binoan (bu metodika «Quduq geofizikasi» kursida o’qiladi) Tatariston va Boshqirdistonda suv-neft tutash yuzasi sifatida o’tish zonasining pastki qismidagi, neftga to’yinganligi 70% ga teng bo’lgan shartli yuza qabul qilingan.
Ammo qavatlangan g’ovakli va g’ovakli bo’lmagan tog’ jinslarining qatlamning ostki qismidagi suv-neft tutash yuzasi oralig’ida bo’lishi uning holatini quduq geofizikasi metodlari yordamida aniqlashni qiyinlashtiradi.
Demak, istalgan bir fursatda suv-neft tutash yuzasini aniqlash masalasi u yoki bu geologik sharoitlarga va bajarilgan tadqiqotlarning mukammalligiga qarab hal etiladi.
Erkin suvning yuzasini faqat g’ovaklari yoki yirik darzliklari bo’lgan kollektorlarda to’g’ri aniqlash mumkin. Kapillyarligi yuqori bo’lgan, ayniqsa kapillyar g’ovakli kollektorlarda suv-neft yuzasini aniqlash juda qiyin kechadi, chunki tutash yuzaning holatiga kollektorlarning o’tkazuvchanligi, kapillyar bosimi, neft va suvning fazaviy o’tkazuvchanligi, yuza tortishishi, shuningdek, suv-neft jins sistemasidagi suyuq faza bilan jins oralig’idagi chekka burchakning o’lchami va boshqa omillar sezilarli ta’sir etadi. Muhit yuzasi chegarasi sifatida aniqlanadigan neft-suv tutash yuzasi neft va suv chiqarishda doimo erkin suv yuzasidan yuqorida (goho juda yuqorida) joylashadi.
Neft-suv tutash yuzasi doimo gorizontal holatda bo’lmaydi, goho u egik holatda joylashadi. Bu ta’minlanish oblastining o’lchami va joylashgan o’rniga, kollektorning o’tkazuvchanligiga, yer osti suvlarining harakatlanish dinamikasiga va sh.o’. bog’liqdir. V.P. Savchenkoning ta’kidlashicha, neft va gaz uyumlarining bir joydan ikkinchi joyga siljishi (va neft-suv va gaz-suv tutash yuzalarining gorizontal holatda bo’lmasligi) asosan qatlam suvlari harakatiga bog’liq. Uning fikricha, qatlam suvlari bosimining farqi unchalik katta bo’lmaganda neft va gaz uyumlarining siljishi amalda suvning harakat yo’nalishi bo’ylab sodir bo’lmaydi. Biroq suv bosimining o’zgarish farqi 0,01 MPa ga yaqin bo’lsa yoki 1 km masofada 1 m dan ortiq o’zgarsa, u holda gaz uyumlarining (o’lchami katta bo’lganda) siljishi suvning harakat yo’nalishi bo’yicha bir necha metrga, neft uyumlarining siljishi esa bir necha o’nlab metrga etishi mumkin.
Gaz-neft tutash yuzasi erkin gaz miqdorining 100% ligini va gazning neftda 100% eriganini belgilovchi chegara hisoblanadi. Bunday hollarda neftdan gazga o’tadigan zona mavjud bo’ladi. Neft-gaz tutash yuzasi fizik xususiyatlari bir-biriga o’xshash uglevodorodlar aralashmasida chegara rolini o’ynaydi. SHuning uchun ham bunday aralashmalarni bir-biridan ajratish suv-neft tutash yuzasi chegarasini aniqlashdan qiyin kechadi. Gaz qalpog’i katta va neft xoshiyasi unchalik keng
|
| |