• Qoldiq neftga to’yinganlikni o’rganish orqali qatlamning neft beraolish koeffisientini aniqlash.
  • Qatlamning neftga to’yinganligini bevosita aniqlash.
  • Jinsning neft-gaz-suvga to’yinganligi




    Download 11,69 Mb.
    bet133/252
    Sana04.12.2023
    Hajmi11,69 Mb.
    #110957
    1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   252
    Bog'liq
    NEFT VA GAZ konlari geologiyasi

    Jinsning neft-gaz-suvga to’yinganligi to’g’risida taxminiy fikrlash uchun AQSh lik, Rossiyalik, O’zbekistonlik va b. olimlar konlardan olingan kernning neftsuvga to’yinganligini tahlil qilib, ko’pgina hollarda g’ovaklarda qariyb 15% neft, 40% suv va 45% gaz bo’lishini aniqladilar. SHu bilan birga qoldiq suvdagi xloridlar miqdorini o’rganib va tahlil qilib, qoldiq suv gilli eritma zardoblari bilan turli nisbatda aralashgan bo’lishi mumkinligini ham o’rgandilar.

  • Qoldiq neftga to’yinganlikni o’rganish orqali qatlamning neft beraolish koeffisientini aniqlash. Buning uchun neftda erigan gazning ajralib chiqishidan va kengayishidan neftni qatlamdan siqib chiqarilish sharoiti o’rganiladi.

    Aniqlanadigan natijalar to’g’ri bo’lishi uchun xuddi qatlamdagi kabi jins namunasidagi bosimni asta sekin kamaytirib borish zarur. Namuna quduqdan tez ko’tarilmasligi zarur, chunki u tez ko’tarilganda qatlamning neft beraolishi to’g’risidagi ma’lumotlar qiymati ortib ketadi. M. Masket va R.D. Botset tadqiqotlariga ko’ra, kerndagi qoldiq neftga to’yinganlik konni ishlatishda hisoblangan miqdorga namunani quduqdan ko’tarish paytida bosimining kamayishi 0,007-0,0001 MPa/min dan ortiq bo’lmasa yaqin keladi.

    1. Qatlamning neftga to’yinganligini bevosita aniqlash. Jins namunasini yer yuzasiga chiqarishda uning tarkibidagi neft va gazning bir qismi yo’qoladi, ammo subkapillyar kanallardagi ko’milgan suvlar tog’ jinslari bilan fazalararo tortishish kuchlari ta’sirida bog’liq bo’lgani uchun namunada saqlanib qoladi. Agar qatlamda erkin gaz bo’lmasa, bog’langan suvning miqdorini bilib, uning hajmini g’ovaklar hajmi qiymatidan ayirib, qatlam sharoitida neftli g’ovaklar hajmini aniqlaymiz.

    Neftga to’yinganligi aniqlanadigan jins namunasi zudlik bilan eritmadan tozalanib (latta bilan artilishi yoki suv bilan yuvilishi kerak), tekshirilib, so’ngra parafin qati bilan qoplanadi.
    « Ko’milgan» suv Dina va Starka asbobida, qoldiq neft esa Sokslet asbobida namunani eritib yuvish asosida aniqlanadi. «Ko’milgan» suv to’g’risida qisqacha ma’lumot beramiz. Bunday suv yer yuzasidan tog’ jinslariga singigan va hududlarning keyinchalik cho’kishi va ular ustiga yangi cho’kindilarning yotqizilishidan ko’milib ketgan yer osti suvidir. U qadimgi infiltratsion (yoki inflyutsion) suv hisoblanadi. «Ko’milgan» suv singenetik  ularni saqlab turgan cho’kindilar bilan bir vaqtda paydo bo’lgan; epigenetik  dengiz havzalarida avval paydo bo’lib, keyinchalik suv o’tkazuvchan tog’ jinslariga singib ketgan bo’ladi.
    Namunani suvga va neftga to’yinganligini bir vaqtning o’zida aniqlash Zaksning LP-4 asbobida bajariladi (7.30rasm). «Ko’milgan» suvni haydash quyidagicha bo’ladi: Tadqiq qilinayotgan namuna gilzaga 4 joylashtiriladi, gilza

    Download 11,69 Mb.
  • 1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   252




    Download 11,69 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Jinsning neft-gaz-suvga to’yinganligi

    Download 11,69 Mb.