|
Axborotlarning kompyuterda tasvirlanishi
|
bet | 1/2 | Sana | 30.01.2024 | Hajmi | 2,02 Mb. | | #148362 |
Bog'liq 3-mavzu. Sanoq sistemalari SONLARNI BIR SANOQ SISTEMASIDAN BOSHQA SANOQ SISTEMASIGA O‘TKAZISH Kompyuter xotirasidagi barcha axborotlar ikkilik sanoq sistemasida saqlanadi. O‘n oltilik sanoq sistemasida yozilgan kompyuter dasturlari maxsus dasturlar yordamida ikkilik sanoq sistemasiga o‘tkaziladi va amallar bajarilishi uchun markaziy protsessorga yuboriladi. Bir sanoq sistemasidagi sonni boshqa sanoq sistemasiga o‘tkazish uchun maxsus kodlash usullaridan foydalaniladi.
Ushbu jadvalda 2 lik, 4 lik, 8 lik, 10 lik va 16 lik sanoq sistemalaridagi sonlar yozilgan va bu yerda biz foydalanadigan 10 lik sanoq sistemamizdagi 11 soni 2 likda 1011, 4 likda 23, 8 likda 13 va 16 likda B ga teng ekanligini ko`rishimiz mumkin.
Bir sanoq sistemasidan boshqasiga o‘tkazish usullari
Ikkilik sanoq sistemasida hosil bo‘lgan raqamlar soniga kodning uzunligi deyiladi va u i bilan belgilanadi. Kodlanayotgan holatlar soni raqamlar (alifbo elementlari) sonini bildiradi va N bilan belgilanadi.
Diada kodlash usuli sonni ikkilik sanoq sistemasidan to‘rtlik sanoq sistemasiga va aksincha, to‘rtlik sanoq sistemasidan ikkilik sanoq sistemasiga o‘tkazishda qo‘llaniladi.
To`rtlik
|
Ikkilik
|
0
|
00
|
1
|
01
|
2
|
10
|
3
|
11
|
Ixtiyoriy belgilarni 0 va 1 orqali ifodalashda raqamlar soni kodning uzunligi bilan quyidagi formula orqali bog‘lanadi:
Bu yerda, N – kodlanayotgan raqamlar (holat, belgi, signal) soni;
i – kodning uzunligi.
Diada kodlash usuli uchun ikkilikdagi kodning uzunligi i = 2 va ular 4 ta holatdan iborat:
00, 01, 10, 11. Demak, kodlanayotgan raqamlar soni N= 4, ya’ni 𝟒 = 𝟐^𝟐.
|
| |