tutash yuzasining holatini mukammal belgilash zarur, chunki kichik bir xatolik ham neft zaxiralarini hisoblashda chalkashliklar keltirib chiqaradi.
SHuni nazarda tutish lozimki, yuqorida qayd etilganidek, qumtoshlarda gil qatchalarining ishtirok etishi suv-neft tutash yuzasini turli metodlar (shu jumladan geofizik metodlar) bilan aniqlashni qiyinlashtirib yuboradi.
Shuning uchun ham suv-neft tutash yuzasining holatini to’g’ri aniqlash maqsadida quyidagi tadqiqotlar majmuasini bajarish zarur:
1) quduqlarni sanoat miqyosida sinash; bunda suv-neft tutash yuzasi mustahkamlash quvurlarida ochilgan va quduqni sinash chog’ida 100% neft bergan teshiklarning pastki qismi va 100% suv bergan teshiklarning yuqori qismi oralig’ida bo’ladi; quduq ishga tushirilgandan so’ng unda suvning tez ko’payishi
quduqning suv-
7.29 rasm. Neft suv tutash yuzasi qiya bo’lganda neftlilikning ishki chegarasi holatini aniqlash sxemasi 1 –
mahsuldor qatlam tubining izogipslari, m; 2 – neft suv tutash yuzasining joylashgan shuqurligining izoshiziqlari, m; 3 – neftlilikning ishki chegarasi
|
neft zonasida joylashganligidan darak beradi
(agar quduqqa boshqa omillar ta’sir ko’rsatmasa; masalan, suv konusi paydo bo’lmagan bo’lsa); 2) kernlarni o’rganish; ularda neft va suvning mavjudligi va o’zaro joylashuvini aniqlash; 3) elektr va radioaktiv karotaj; ulardan olingan ma’lumotlar neftgaz va neft-suv tutash yuzalari holati haqida
|
tasavvur hosil qilishga yordam beradi.
Gaz-neft tutash yuzasi holatini aniqlash uchun quduqlar bo’yicha gaz omilining izochiziqlari xaritasi tuziladi; interpolyatsiya va ekstrapolyatsiya yo’li bilan xaritada 100% gaz olishni ifodalaydigan izochiziq topiladi.
Bunday izochiziqlar gazlilik chegarasi hisoblanadi va shunga binoan gaz-neft tutash yuzasi haqida tasavvur paydo bo’ladi.
Uyumda suv-neft tutash yuzasining xususiyatlarini o’rganish, neftlilikning tashqi va ichki chegarasini aniqlash,
shuningdek, neftga to’yingan foydali qalinlik xaritasini tuzish uchun suv-neft tutash yuzasining izogips xaritasi tayyorlanadi.
Suv-neft tutash yuzasi bo’yicha quduqlardan olingan ma’lumotlar etarli bo’lmasa, izogipslar xaritasini tuzishda tutashish metodini qo’llash maqsadga muvofiqdir.
7.28-rasmda mahsuldor qatlam ustki qismining struktura xaritasi tasvirlangan.
Rasmdan ma’lum bo’lishicha, 1, 2 va 3 quduqlarda suv-neft tutash yuzasi tegishlicha 162, 145 va 130 m mutlaq chuqurliklarda aniqlangan. Izogips chiziqlar kesimi struktura xaritasi kesimiga teng bo’lgan suv-neft tutash yuzasining quduqlarda aniqlangan mutlaq balandligi quduqlararo interpolyatsiya qilinib, suvneft tutash yuzasining chuqurlik xaritasi tuziladi. Mahsuldor qatlamning ustki qismi va suv-neft tutash yuzasining bir xil qiymatli izogipslarining kesishgan nuqtalari neftga to’yingan foydali qalinlikning nol miqdorini bildiradi va
neftlilikning tashqi chegarasini anglatadi.
Neftlilikning ichki chegarasining holatini aniqlash uchun mahsuldor qatlamning ostki qismining struktura xaritasi tuziladi va bu xaritaga avval olingan neft-suv ajralish yuzasining izochiziqlari tushiriladi (7.29-rasm).
Qatlamning ostki qismi va suv-neft tutash yuzasining bir xil qiymatli izogipslarining kesishgan nuqtalarida neftga to’yingan foydali qalinlik miqdori qatlamning foydali qalinligiga teng bo’ladi. Agarda qatlam qalinligi bo’yicha o’tkazuvchan bo’lsa, u neftlilikning ichki chegarasi holatiga mos keladi.
7.4. QATLAM TEMPERATURASI