7.22 rasm. Qatlam suvlari a – suv; b – neft; v – gillar. Suvlar: 1 – grunt suvi (bosimsiz suv); 2 – neftli gorizontning ustida joylashgan suv (ustki bosimli suv); 3 – shekka chegara oldi zonasi suvi (ostki shekka bosimli suv); 4 – neftli gorizontga nisbatan pastda joylashgan suv (ostki bosimli suv); 5 – ostki suvlar; 6 – sbros bo’yisha
Chuqurlikdan shiqadigan suv, 7 – oraliq suv; 8 – ustki shekka suv; N –
sath shuqurligi; h bosim
Grunt suvlari yer yuzasidan unchalik chuqur bo’lmagan, birinchi suvto’sar qatlamda joylashadi. Ularning ishlatish rejimi gidrometeorologik sharoitlarga bog’liq. Bosimli qatlam suvlari (7.22-rasm) neftli qatlamlarga nisbatan geologikmaydoniy joylashishiga qarab quyidagicha bo’linadi (A.A. Kartsev, 1963): 1) ostki chekka (chegara) suvlar neft uyumining pasaygan joyida,
ostida joylashib, uni to’liq o’rab ololmaydi; 2) ostki suvlar neft uyumi ostida joylashib, struktura bo’yicha uni to’liq o’rab oladi; 3) interval suvlar neft va gazli qalin qatlamlar ichida joylashgan singuvchi qatlardagi suvlar bo’lib, yagona ishlatish ob’ekti
hisoblanadi; 4) ustki chekka suvlar neft va gaz uyumi bo’lgan qatlamlardagi suvlar bo’lib, bular uyumning ustida joylashadi; 5) ustki suvlar qatlam suvlari bo’lib, neft va gazli qatlamlar ustida yotadi; 6) qatlam ostki suvlari neft-gazli qatlam ostida yotuvchi
suvli qatlamlardagi suvlar; 7) tektonik suvlar yoriq suvlarineft-gazli qatlamlarni kesib o’tgan diz’yunktiv yoriqlardagi suvlar; 8) bog’langan suvlar, asosan kapillyar suvlar qatlamning neft
va gazga to’yingan
qismida joylashadi; 9) sun’iy qo’shilgan suvlar neft-gazli qatlamni burg’ilashda, ta’mirlash ishlarida, qum tiqinini yuvishda qo’shiladigan suvlar. Qatlam bosimini tiklash uchun qatlamga suv haydalganda bunday suvlar qisman chekka, ostki, interval suvlar o’rnini
egallashi, ba’zan mustaqil o’rin egallashi mumkin (masalan, chegara ichra suv bostirishda) (7.23-rasm).
Ostki chekka suvlar mavjud bo’lganda neft-suv tutash yuzasining holati (7.24rasm) neftlilikning tashqi (qatlamning ustki qismi bo’yicha) va ichki (qatlamning ostki qismi bo’yicha) chegarasini aniqlaydi.
Neftlilikning ichki chegarasida joylashgan qatlam bo’y baravariga, ya’ni ostki qismidan ustki qismigacha neft bo’ladi. Neftlilikning ichki va tashqi chegarasi oralig’ida joylashgan qatlamning ustida neft, ostki qismida suv bo’ladi va bu chegaraoldi zonasi deb yuritiladi.