-rasm.Tabiiy gazning toza suvda eruvchanligi (N)
NEFT VA GAZ konlari geologiyasi
(1985) fikricha, 0,8 dan 1,20 gacha o’zgaradi. Bu koeffisient qiymati qatlam temperaturasi va bosimga, shuningdek, suvda erigan gaz va tuzlar miqdoriga bog’liq (7.20-rasm). yer osti suvlarida gazning miqdori oz bo’lganligi sababli, ko’p hollarda bu koeffisient inobatga olinmaydi. Gazlarning suvda eruvchanligi neftda eruvchanligiga nisbatan juda kam. Minerallanishi ortgan suvda gaz kam eriydi (7.21-rasm). Suvning siqiluvchanligi bosim o’zgarganda suvning birlik ulushidagi hajmining qatlam sharoitida o’zgarishidan iborat. Bosim 0,1 MPa ga o’zgarganda suvning siqiluvchanligi (3,75)10-4 1/MPa atrofida bo’ladi. Tarkibida erigan gaz uchraydigan suvning siqiluvchanligi yuqori bo’ladi. βВ1 βВ(1 0,05r) , (7.16) bunda βВ1 tarkibida erigan gaz bo’lgan suvning siqiluvchanligi, 1/MPa; βВ toza suvning siqiluvchanlik koeffisienti, 1/MPa; r suvda erigan gazning miqdori, m3/m3. Mineral sho’r suvning siqiluvchanligi toza suvning siqiluvchanligidan kam bo’ladi. Bunday ko’rsatkich uyum rejimining tarkib topishida katta rol o’ynaydi. 7.3.2. Yer osti suvlarining kimyoviy xususiyatlariNeft konlaridagi yer osti suvlari quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi: 1) yuqori minerallashganligi; 2) tarkibida kaltsiy va natriy xloridlari yoki natriy gidrokarbonatlarining mavjudligi; 3) sulfatlarning ishtirok etmasligi yoki judayam kamligi; 4) J, Br, NH4 ionlari miqdorining ortiqligi; 5) H2S ning tez-tez uchrab turishi; 6) naftenli kislota tuzlarining ishtirok etishi; 7) erigan uglevodorod gazlarining borligi bilan. Yer yuzasi suvlarining suyuq-tomchi ko’rinishda yoki suv bug’i holida yer po’stiga singib borishidan yer osti suvlari hosil bo’ladi. yer osti suvlarining tarkib topishida, shuningdek, dengiz cho’kindilari bilan ko’milib ketgan va keyinchalik cho’kindilar diagenezi jarayonida qayta tiklangan suvlar ham qatnashadi. Turli tipdagi suvlarning hosil bo’lishi nihoyatda har xil bo’lib, quyidagicha tariflanadi: 1) yer osti suvlarining tog’ jinsi bilan o’zaro ta’siri; 2) suvning gaz va neftga ta’siri; 3) mikrobiologik jarayonlarni suvga ta’siri; 4) turli geologik omillar (jinslarning litologik-fizik tarkibi va ularning kollektorlik xususiyatlari, tektonik va temperatura sharoitlari va b.) ta’siri va sh.k. Gaz-neft konlaridagi suvlar tarkibida odatda quyidagi komponentlar mavjud bo’ladi: eruvchan tuz ionlari: anionlar OH-, Cl-, SO42-, CO32-, HCO3-; kationlar H+, K+, Na+, NH4+, Mg2+, Ca2+, Fe2+, Mn2+; mikroelementlarning eruvchan ionlari: Br-, J-, B3+, Sr2+; kolloidlar: SiO2, Fe2O3, Al2O3; gazsimon moddalar: CO2, H2S, CH4, H2, N2; organik moddalar: naften kislotalari va ularning tuzlari. Neft konlaridagi suvlarni tahlil qilish asosida bir qatlamning turli joylaridan (suv-neft tutash yuza zonasi yoki chegara tashqarisi zonasidan) olingan suvlarning tarkibi har xil bo’lishi aniqlandi. Ko’pincha suv-neft tutash yuzasi zonasidan olingan suvning minerallashganlik darajasi yuqori va aksincha neftlilik chegarasidan uzoqroqdan olingan suvning minerallashganligi kamroq bo’ladi. SHuning uchun ham konni ishlatish chog’ida va chekka suvlarning siljishi mobaynida ularning minerallashganligi kamayib boradi. Bunday holat ishqorli suvlarda keskin bo’ladi. CHunki neft-suv tutash yuzasida biokimyoviy jarayon shakllanadi. Bunday jarayon sulfatlarning qisman tiklanishida sodir bo’ladi. Ko’pincha sulfatlar suvda oz miqdorda ishtirok etadi. Kimyoviy tahlil ionli, ekvivalentli va ekvivalent-foizli shaklda ifodalanadi. Download 11,69 Mb.
|