-rasm. Neft-gaz konida er osti suvlarining joylashish sxemasi




Download 11,69 Mb.
bet124/252
Sana04.12.2023
Hajmi11,69 Mb.
#110957
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   252
Bog'liq
NEFT VA GAZ konlari geologiyasi

7.18-rasm. Neft-gaz konida er osti suvlarining joylashish sxemasi a – suv o’tkazmaydigan jinslar; b – neft; v – gaz; g – minerallangan suv; d – kondensatsion suv; e – minerallangan va kondensatsion suvlar aralashmasi; suvlar turi: 1 – grunt suvlari; 2 – qatlamning yuqori qismidagi suvlar; 3 – shekka yoki chegara suvlari; 4 – oraliq suvlar; 5 – qatlam ostidagi suvlar; 6 – pastki qatlam suvlari; 7 – tektonik suvlar

Har xil tarkibli tog’ jinslaridagi kapillyar ko’tarilishlar ham turlicha bo’ladi, shu sababli neft-suv, gaz-suv yoki gaz-neft tutash yuzalarida aniq chegarani ajratib bo’lmaydi. Bunday joylarda tutash o’tish zonalari hosil bo’ladi. Ayrim gaz konlarida qoldiq suvlardan tashqari, qoldiq neft ham bo’ladi. Qoldiq suvning miqdorini

aniqlash neft va gaz zaxirasini hisoblash uchun zarur.
Qatlamga sun’iy yoki texnik suv qatlam bosimini doimo ushlab turish uchun haydaladi. SHuningdek, quduq qazilayotganda yoki uni ta’mirlashda qatlamga yuborilgan suv ham sun’iy haydalgan suv sanaladi.
Neft-gazli zonalarda diz’yunktiv uzilishlar yoriqlari orqali harakatlanadigan suv tektonik suv deb ataladi. Bunday suvlar uyumni ishlatish vaqtida neft-gazli qatlamlarga kirib borib, quduqning suv bosishiga sabab bo’ladi.
Chekka yoki chegara suvlari deb suv-neft tutash yuzasi yoki gaz-suv tutash yuzasi ostida joylashgan suvlarga aytiladi. Bular odatda uyum joylashgan qatlamdagi suvlar bo’lib, ba’zan uyumni yuqoridan qoplab (ustki chekka suvlar), ba’zan ostki tomondan uni yuqoriga itarib (ostki chekka suvlar) turadi. Chekka suvlarning suvneft (gaz-suv) tutash yuzasidagi qismi ostki suvlar nomi bilan ma’lum. Ostki suvlar neftli qatlamda, bevosita neft (gaz) uyumi ostida joylashadi va undan suv o’tkazmaydigan jinslar orqali ajralmay turadi. Bunday suvlar qatlamlarning qiyalik burchagi kam bo’lgan strukturalarda va katta qalinlikdagi kollektorlarda uchraydi.
Interval suv deb neftli va gazli qatlam (gorizont, majmua)lar oralig’ida joylashgan suvga aytiladi. Bunday suv neft va gaz qazib olishda yagona ishlatish ob’ekti bo’lib xizmat qiladi.
Grunt suvi deb yer yuzasidan pastdagi birinchi suv o’tkazmaydigan qatlam ustida joylashgan suvli gorizontdagi yer osti suviga aytiladi. Bunday suvlar atmosfera va yer usti suvlari bilan bog’liq bo’lib, erkin suv yuzasiga ega. Grunt suvi chaqiq va mustahkam sementlanmagan jinslarda (qatlam turidagi suv) yoki jins yoriqlarida (yoriq suvi) uchraydi. Grunt suvining tarqalish maydoni bilan ta’minlanish maydoni bir-biriga mos tushadi. Grunt suvi o’ziga xos tarqalish maydoni bilan tavsiflanadi, tekis maydonlarda  kenglik zonalligiga, tog’li mintaqalarda  vertikal zonallikka ega.
7.18-rasmda qatlam, tektonik va grunt suvlarining joylashishi konning sxematik kesimida ko’rsatilgan.

Download 11,69 Mb.
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   252




Download 11,69 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Neft-gaz konida er osti suvlarining joylashish sxemasi

Download 11,69 Mb.