|
«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi
|
bet | 123/252 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 11,69 Mb. | | #110957 |
Bog'liq NEFT VA GAZ konlari geologiyasi 0,7
bunda A kerndagi neftning tahlil natijasida aniqlangan miqdori.
Neftga to’yinganlik koeffisienti qiymati aniqlanmagan bo’lsa, ma’lumotnomalarda qayd qilingan o’rtacha miqdordan (0,6-0,8) foydalaniladi.
Suv neft va gaz bilan birga uchraydi. Neftli va gazli qatlamga suv doimo kelib turadi. Shuningdek, neftli va gazli qatlamlar orasida mustaqil suvli qatlamlar ham uchraydi. Konni ishlatish jarayonida suv neft-gazli gorizont bo’ylab harakatlanib, neft va gaz uyumiga kirib kelishi yoki boshqa suvli (ostki, ustki) gorizontlardan ham o’tishi mumkin.
Neft va gaz konlarida qatlamlararo bosimli suvlar, qoldiq, tektonik (yoriq), grunt va texnik yoki qatlamga sun’iy haydalgan suvlar uchraydi.
Qatlamlararo bosimli suvlar uyum ostida, uyum chekkasida, uyum oralig’ida, uyum ustida bo’lishi mumkin.
Neftga va suvga to’yingan qatlamlar dastlab suvga yuqori darajada to’yingan hisoblanadilar. Uyumning tarkib topish jarayonida jinslarning zichligini kamayishi hisobiga g’ovak va bo’shliqlardan neft va gaz chiqib qatlamning yuqori qismiga ko’tariladi va u yerdan suvni siqib chiqaradi. Ammo suv g’ovak joylarda qisman qoladi, natijada neft-gazga to’yingan qatlamlar uglevodorodlar bilan birga suvning bir qismini ham o’zida saqlaydi. Bunday suvlar qoldiq suv deyiladi.
Qoldiq suv g’ovaklar devorida, kovaklarda, yoriqlar va ajralib qolgan bo’shliqlarda molekulyar bog’langan parda ko’rinishida hamda kapillyar bog’liq holatda uchraydi. Bunday suvlar o’lchami juda ham kichik bo’lgan kapillyarlar va jins zarrachalarining o’zaro tutash yuzasida ushlanib turadi. Geolog olimlar N.T.Mendrop va V.M. Nikolaevlarning fikricha, neft va gaz qatlamlari g’ovaklarida garchi qoldiq suv ko’p miqdorda yig’ilsa-da, neft quduq tomon harakatlanganida bu suvlar o’z joyida qolib, quduqdan suvsiz neft va gaz chiqadi.
Qoldiq suvning hosil bo’lishi va neft hamda gaz uyumlarining paydo bo’lishi uzviy bog’liq jarayon. Qatlamga kirib kelayotgan neft va gaz suvni g’ovaklardan siqib chiqaradi, lekin suv o’z joyini butkul bo’shatmay, qatlamda qoldiq suv ko’rinishida qisman qoladi. Gilli qumtosh, alevrolit, mikrog’ovakli ohaktoshlarda uning miqdori g’ovaklar hajmining 70% ini tashkil
etishi mumkin. Odatda qumli-
alevrolitli kollektorlarda qoldiq suv g’ovaklar hajmining 10-30%ini egallaydi. Uglevodorodli uyumlardagi neft-suv va gaz-suv yuzalarida suvning kapillyar ko’tarilishi, gaz-neft tutash yuzada esa neftning ko’tarilishi kuzatiladi.
-
|
| |