1.Pishirish aylanma xumdonlari. O‘lchamlari, unumdorligi. Dekarbonizatorlar.
Sement ishlab chiqarish ishlatiladigan aylanma pechlarning uzunligi 135-185 m gacha boradi. Pech 8 ta tayanchga о‘rnatilgan va 8 ta pо‘lat bandaj bilan maxkamlangan. Pech korpusiga ikki tomondan simmetrik tarzda quvvati 310 kvt bо‘lgan elektrodvigatel joylashtiriladi. Ular pechni istalgan vaqtida tо‘xtashi uchun reduktor bilan elektromexanik tarzda ishlovchi tormozga biriktirilgan. Aylanma pechlarning aylanishlar tezligini boshqarish bosqichli bо‘lib, minutiga 0,6-1,2 aylanish oralig‘idadir. Pechning korpusi olovbardosh g‘isht bilan futerovka qilinadi. Chiqish qismida pech futerovkasining qalinligi 700 mm. Pechning sovuq chetida 2,5 m oralig‘ida filtr-isitgich о‘rnatilgan bо‘lib, uning uzunligi 3,5 m dan iborat. Shu joydan 30-40 m uzunlikda zanjirli bо‘lim, keyin 15 m uzunlikda о‘tga chidamli pо‘latdan yasalgan yacheykali teploobmennik о‘rnatilgan bо‘ladi. Zanjirli bо‘limdagi zanjirlar о‘tga chidamli temir qotishmasidan tayyorlangan bо‘ladi. Zanjirlar ikki xil usulda о‘rnatiladi. Birinchi usulida zanjirlarning ikkala uchlari maxkamlangan xolda (girlyanda) bо‘lsa, ikkinchi usulda zanjirlarning bir uchi maxkamlanmagan xolda bо‘ladi. Uchlari maxkamlangan usuldagi zanjirlar samarador xisoblanadi. Zanjirlarni о‘rnatishdan maqsad kuydirilayotgan materialni aloxida-aloxida bо‘laklarga ajratish jarayonini ta’minlashdir. Aloxida bо‘laklarga ajralgan material qatlamida issiqlik almashinuvi jarayoni yaxshilanadi va ularning xarakatlanish jarayoni xam osonlashadi. Zanjirlarni о‘rnatishda pechning aylanishi va materialning xarakat yо‘nalishi xisobga olinadi. Zanjirlar pechning korpusiga payvandlangan xalqalarga osiladi. Bir uchi maxkamlanmagan zanjirlar esa pech devoriga yupishib qolgan komponentlarni kо‘chirib,
pech devorida qavatliklar, qatlamlar xosil bо‘lmasligini oldini oladi.
2. Aylanma xumdonlarda kechadigan fizikaviy-kimyoviy jarayonlar.
Xom ashyo aralashmasi aylanib turuvchi pechlarda kuydirilganda fizik va fizik-kimyoviy jarayonlar sodir bо‘lishi
natijasida qovushib pishgan, о‘lchamlari 2…3 sm dan
iborat donalar shaklidagi C3S, C
2S, C
3A, C
4AF va shishasimon qismdan tarkib topgan klinker hosil bо‘ladi. Tashqi havo temperaturasidagi shlam pechga tushishi bilan u temperaturasi 700…800
0S gacha yetadigan chiqindi gazlarning keskin ta’siriga uchraydi. Bunday yuqori temperatura ta’sirida shlam tezda 100
0С gacha (suvning qaynash temperaturasigacha) isiydi va shu vaqtda shlam tarkibidagi suv shiddat bilan bug‘lana boshlaydi. Shlam asta-sekin
quyyuqlasha boshlaydi, uning tarkibidagi nam ancha kamaygandan sо‘ng yirik kesaklar kо‘rinishiga keladi. Kesaklar keyinchalik mayda parchalarga bо‘linib ketadi, chunki shlamning loy komponenti namni yо‘qotgach, qovushqoqligi susayadi. Mexanik aralashtirilgan namning bug‘lanish jarayoni (shlamning qurishi) tahminan 200
0C temperaturagacha davom etadi. Chunki mayda kovaklar va kapillyardagi nam sekin bug‘lanadi. 200
0C gacha temperaturada shlamda ketadigan
jarayonlar xarakteriga qarab,
pechning bu zonasi quritish zonasi (1) deb atalishi mumkin.Material
surila borib, yanada yuqori
temperatura zonasiga tushadi, shunda xom ashyo aralashmasida kimyoviy jarayon rivojlanadi: 200…300
0C dan ortiq temperaturada organik aralashmalar yonib ketadi va kaolin hamda loy tarkibidagi boshqa suvli alyumosilikatlar degidratatsiyala boshlaydi. Loy minerallari tarkibidagi kimyoviy bog‘langan suvni yо‘qotishi (degidratatsiyalanishi) natijasida loy о‘zining bog‘lovchilik xususiyatini batamon yо‘qotadi va shlam bо‘laklari kukunga aylanib qoladi. Bu jarayon taxminan 600…700
0C temperaturagacha davom etadi.