-rasm. Oshiq kamerali Chuqurlik namunaolgishi
NEFT VA GAZ konlari geologiyasi
7.2.4. Jinslardagi neft miqdori va bog’langan (qoldiq) suvOdatda tog’ jinsidagi g’ovaklarning hammasi neftga to’lgan bo’lmaydi, ularning bir qismi bog’liq suv bilan band. Shu sababli, neftni qatlamdagi miqdori neftga to’yinish koeffisienti yordamida aniqlanadi. Neftga to’yinish koeffisienti deb qatlamdagi tog’ jinslarining neft bilan band bo’lgan ochiq g’ovaklari hajmining (Vn), neftli qatlam g’ovaklarining umumiy hajmiga (Vq) bo’lgan nisbatiga aytiladi. SHunga o’xshash jinsning gazga to’yinganligi deb erkin gaz bilan band bo’lgan g’ovaklar hajmini gazli qatlamning umumiy hajmiga bo’lgan nisbatiga aytiladi. Vн . β Vк Umuman olganda neftga to’yinish koeffisienti tog’ jinslarining kollektorlik xususiyati bo’lib, jins ks tarkibidagi neft miqdorini anglatadi. Suvga to’yinish koeffisienti, ya’ni bog’langan suv hajmining g’ovaklar maydoni hajmiga nisbatini bilgan holda neftga to’yinish koeffisienti qiymatini bevosita hisoblab chiqish mumkin. =1-ks . Neftga to’yinish koeffisienti neft zaxiralarini baholashda aniqlanadi. U kon qidirishning oxirgi bosqichi va undan foydalanish loyihasini tuzishda ishlatiladi. Neftga to’yinish koeffisienti tajribalar asosida aniqlanadi. Quduqlarni burg’ilashda va kernni yuqoriga ko’tarishda yuvuvchi suyuqlik zardobi (filtrat) g’ovaklar orqali jinsga singiydi, natijada namunadagi neft va suvni siqib chiqaradi. SHu sababli neftga to’yinish koeffisientini aniqlashda kerndan olingan jins namunalarini suvga to’yinganligi to’g’risidagi ma’lumotlardan foydalaniladi. Bunda jins g’ovaklari faqat suv va neft bilan to’yingan deb tasavvur qilinadi, shunga ko’ra Rn=1-Rs , bunda Rn va Rs o’rganilayotgan namunani neft va suvga to’yinganligi. Neft konlarida Rn=65-94%. Neftli zonadagi gaz-neftli qatlamlarda bog’langan suvni mavjudligi birinchi bor N.L.Lindtrop va V.M.Nikolaev (1929) tomonidan aniqlangan. Bog’langan suv ular tomonidan SHubanin SHtolnyasi (Boku rayoni) va Argun g’oridan (Grozniy rayoni) olingan tog’ jinsi namunalarini laboratoriyada tadqiq qilish natijasida topilgan. Bog’langan suv deganda tog’ jinsi zarrachalarining yupqa parda ko’rinishida o’rab olgan suv (uning ichki qismi mustahkam bog’langan, tashqi qismi bo’sh bog’langan suvlarni hosil qiladi) tushuniladi. Parda qalinligi suv molekulasi diametridan bir necha yuz marotaba katta bo’ladi va minerallar yuzasiga molekulyar tortish kuchi ta’sirida yopishib turadi. Mustahkam bog’langan yoki adsorbtsion suv tog’ jinsi yoki tuproq zarrachalariga havodagi suv bug’larining yutilishidan hosil bo’ladi. Ular jins zarrachalariga katta kuch bilan (1000 MPa gacha)yopishadi: xossalariga ko’ra oddiy suvlardan farqlanib, qattiq jinslarga yaqin turadi, zichligi o’rta hisobda 2 g/sm3 ga teng, yuqori qovushqoqlikka ega, 78S temperaturada muzlaydi; zarralar burchagi va qabariq joylarida qalin pardali, egilgan joylarida yupqa pardali suvlar hosil bo’ladi. Jins zarralari qizdirilganda bog’langan suv oson ajralib chiqadi. G’ovakligi 28,4-37,7% ga teng bo’lgan qumtosh namunalarida 10,6-18,2% bog’langan suv borligi ma’lum. G’ovakligi 29,7% bo’lgan neftli qumtoshlarda (LosAndjeles, Kaliforniya) bog’langan suvning o’rtacha miqdori 37,9%ni tashkil etgan. Zamonaviy tadqiqotlardan ma’lum bo’lishicha, neftli qatlam jinslarida bog’langan suvning miqdori 6% dan 70% gacha o’zgarar ekan. Ammo tog’ jinslarida bog’langan suvning judayam kam miqdori (0,5-0,8%) Oklaxoma-Siti konidagi vilkoks qumlarida aniqlangan, suvning haddan tashqari kam bo’lishi kollektor qattiq fazasining ho’llanmas moddalardan tarkib topganidan bo’lsa kerak. G’ovakli muhitning o’tkazuvchanligi va g’ovak kanallarining o’lchami qanchalik kichik, kanallar soni va jinslarning solishtirma yuzasi ko’p, shuningdek, neft tarkibida yuza-faol moddalar miqdori kam bo’lsa, qatlam jinslarida bog’langan suvning miqdori shuncha ko’p bo’ladi. V.F. Engelgardning ta’kidlashicha, hattoki diametri etarlicha yirik bo’lgan sun’iy hosil qilingan qatlamlarda ham suv halqasimon 7.14rasm. Shishadan yasalgan tomchilar holida ishtirok etib, zarralarning zarralar oralig’idagi bog’liq chekkalarini o’rab turadi. Bunday suv tomchilari («pendulyar») suv halqalari «pendulyar halqalar» deb yuritiladi (7.14-rasm). Bundan tashqari V.F. Engelgard qum va qumtoshlarda pardali suvning mavjudligini aniqlagan. Bunday suv jins tarkibini tashkil etgan mineral zarralar yuzasini parda holida o’rab turadi. Bunday suvlarning tabiati turlicha. SHishadan yasalgan zarralarda olib borilgan tajribalardan ma’lum bo’lishicha bunday suvning miqdori fazalar oralig’idagi taranglikni, suvning zichligini o’zgarib turishiga va ho’llanmaydigan fazalari oralig’idagi farq ta’siriga bog’liq. Bunday omillar pardali suvga ta’sir etmaydi deb taxmin qilinadi. Hamma kollektorlarda bog’langan suvning bor bo’lishiga qaramay bog’langan suvning qatlamdagi miqdori va harakatlanishini tartibga solib turuvchi qonuniyatlar kam o’rganilgan. Holbuki bu masalani mukammal o’rganishning neft zaxirasini hisoblashda, konni ishlatishni loyihalashda va qatlamga ta’sir etish choralarini amalga oshirishda ahamiyati juda katta. Odatda bog’langan suvning tarkibida dengiz suvidagiga nisbatan tuzlar ko’p bo’ladi. Bunday suv erigan ionlar tabiatining har xilligi va ularning miqdori bilan tavsiflanadi. Yuqorida qayd etilganiga ko’ra, neftga to’lgan g’ovaklar hajmini aniqlash uchun bog’langan suvning g’ovaklardagi miqdorini bilish zarur, ya’ni ularning suvga to’yinganlik koeffisientini topish kerak. Suvga to’yinganlik koeffisienti deb bog’langan (qoldiq) suv hajmining (VS) qatlamning neft-gazga to’yingan qismidagi g’ovak-bo’shliqlar hajmiga (VF) bo’lgan nisbatiga aytiladi, ya’ni: Кst VC . VF Jinslarning ho’llanuvchanligi ortishi va o’tkazuvchanlikning kamayishi bilan suvga to’yinganlik koeffisienti yuksalib boradi. Neft-gazga to’yingan namunalarning suvga to’yinganlik koeffisientini aniqlashda ishonchli natijaga erishish uchun namunalar qatlamga kirmaydigan yuvuvchi suyuqlik yoki neft asosida tayyorlangan suyuqlik bilan quduqni yuvish paytida olinishi kerak (masalan, ohak-bitum asosli). Bog’langan suvning miqdori namunalarni turli usullarda (Dina va Starka yoki S.L. Zoks asboblarida) yuvish orqali aniqlanadi. Har ikki usulda ham og’irligi tortib olingan namuna idishga solinadi va neftni eritadigan qaynoq eritma bilan ishlanadi. Qaynash paytida suv erituvchi bilan birga bug’lanib, muzlatgichga o’tadi va unda kondensatsiyalanadi, tomchiga aylanadi. Suv ishlatilayotgan uglevodorodli erituvchilardan og’ir bo’lganligi sababli darajalarga bo’lingan tutqich ostida to’planadi. B og’langan suvning miqdori tsentrifugalash metodi asosida tez va oson aniqlanadi. Suvga obdon to’yintirilgan namuna tsentrifugaga joylashtiriladi. TSentrifugada markazdan qochma kuchlar harakatidan bog’langan suv darajalarga bo’lingan tutqichga siqib chiqariladi. Suvni jinsdan siqib chiqarishga kapillyar kuchlar qarshilik ko’rsatadi. SHuning uchun ham tsentrifuga rotorining aylanish chastotasining ortib borishi jarayonida suv eng avval yirik g’ovaklardan chiqariladi, chunki bunday g’ovaklarda kapillyar kuch yuqori bo’lmaydi, keyinchalik esa suv o’lchami kichik g’ovaklardan ham chiqariladi. Ma’lum vaqt o’tgach, rotorning aylanish chastotasining ortishi g’ovaklarda qolgan suvga ta’sir etmay qoladi. Ajralib chiqqan suv miqdorini rotorning aylanish chastotasi bilan solishtirib, suvga to’yinish bilan kapillyar bosim orasidagi bog’liqlikni topish mumkin (7.15-rasm). Bunday sharoitda kapillyar bosim r ning miqdori quyidagi formula orqali aniqlanadi: р , Download 11,69 Mb.
|