• 7.19 rasm. Suvning qovushqoqligi bilan temperaturasi oralig’idagi bog’liqlik
  • 7.20 rasm. Katlam suvining hajmiy koeffisientlari qiymati
  • Yer osti suvlarining fizik xususiyatlari




    Download 11,69 Mb.
    bet125/252
    Sana04.12.2023
    Hajmi11,69 Mb.
    #110957
    1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   252
    Bog'liq
    NEFT VA GAZ konlari geologiyasi

    7.3.1 Yer osti suvlarining fizik xususiyatlari


    Q atlam suvining minerallanishi deb suvning tarkibidagi erigan tuzlar, ionlar va kolloidlarning umumiy miqdoriga aytiladi. Odatda g/100 g yoki g/l da ifodalanadi. Neft va gaz konlari suvlarining minerallanish darajasi keng miqyosda o’zgaradi  1 g/l (chuchuk suvlar)dan 400 g/l gacha va undan ortiq (o’ta sho’r) bo’ladi. Oltita asosiy ionlar (Cl-, SO2-4, HCO-3, Na+, Ca2+, Mg2+)dan tashqari qatlam suvlarida karbonat ioni (CO32-), kaliy (K+) va temir (Fe2+ va Fe3+) ionlari ko’p tarqalgan. Qolgan elementlar(mikrokomponentlar)ning miqdori juda ham kam.
    Qatlam suvlarining minerallanishi va kimyoviy tarkibiga ularning fizik va kimyoviy xususiyatlari (zichligi, qovushqoqligi, yuza tarangligi, elektr o’tkazuvchanligi va b.) mansub. Neft-gaz konlarini ishlatishda minerallashgan suvlarning yuqori darajada yuvuvchi xususiyatga ega ekanligiga e’tibor berish lozim. Shuning uchun ham uyumga suv haydashda bunday suvlarni ishlatish neftning siqib chiqarish koeffisientini oshirib yuboradi. Shu bilan birga minerallashgan suvlar ishlatilganda neft chiqarib olinayotgan quduqlar tubida tuz yig’ilishi mumkin.

    7.19 rasm. Suvning qovushqoqligi bilan temperaturasi oralig’idagi bog’liqlik: A – toza suv; V – tarkibida 60 g/l tuz bo’lgan suv
    Buning natijasida quduqning ishlash sharoiti yomonlashadi.
    Qatlam suvidagi gazning miqdori 1,5-2,0 m3/m3 dan ortiq bo’lmaydi. Odatda aksariyat hollarda 0,20,5 m3/m3 ga teng bo’ladi. Suvda erigan gazning

    7.20 rasm. Katlam suvining hajmiy koeffisientlari qiymati: 1 – toza suv; 2 – tarkibida erigan gaz bo’lgan suv
    tarkibida metan ko’p miqdorda uchraydi, undan keyin azot, karbonat angidrid gazi, metan gomologlari, geliy va argon ham bo’ladi. yer osti suvlarining tarkibini faqat kimyoviy tahlil asosida aniqlash mumkin.
    Suvning zichligi. Avval zichlik to’g’risida ma’lumot beramiz. Zichlik  1 m3 hajmdagi jins massasi. SI sistemasida zichlik birligi qilib kg/ m3 qabul qilingan. Qattiq va suyuq jismlar uchun standart modda sifatida 4S temperaturadagi suv qabul qilingan. O’zbekistonda neft va neft mahsulotlarining nisbiy zichligi 20S da aniqlanadi va 4S suv zichligi nisbatiga teng bo’ladi. Bu holda nisbiy zichlik (r420) deb belgilanadi.
    Suvning zichligi uning minerallashish darajasiga, ya’ni unda erigan moddalar yoki

    tuzlar miqdoriga bog’liq. Suvning minerallanish darajasi suvning sho’rligi deb ataladi. Suvning minerallashishi qiymati eksperimental yo’l bilan aniqlangan quruq qoldiq, ionlar va mineral moddalar yig’indisi orqali topiladi. Suvning minerallashishi mg-ekv yig’indisi, suvning zichligi (Bome gradusi) orqali ifodalanadi.
    Suvning temperaturasi shu joyning geotermik bosqichiga mos bo’ladi. Lekin yuqori temperaturali tektonik suvlarning paydo bo’lishi bu holatni o’zgartirib yuborishi mumkin. Suvning temperaturasini bilish muhim amaliy ahamiyatga ega. CHunonchi suvning qanday chuqurlikdan chiqib kelishini aniqlash konni ishlatishda zarurdir.
    Ma’lumki, temperaturasining ortishi natijasida suv hajmi kengayadi (4S da suvning zichligi eng yuqori darajaga ko’tariladi). Suvning termik kengayish koeffisienti (ya’ni temperatura 1S ga ortganda suvning birlik ulushidagi hajmiy o’zgarishi) notekis bo’ladi: 4-10S da o’rtacha 6,510-5; 10-20S da -1510-5; 20-30S da -2510-5 va 65-70S da -5810-5.
    Suvning elektr o’tkazuvchanligi deb minerallashgan suvning elektr o’tkazuvchanlik xususiyatiga aytiladi. Qatlam suvida erigan tuzlar uning elektrolit xususiyatlarini kuchaytiradi va elektr o’tkazuvchanligini oshiradi. Distillangan suvlar esa o’zidan elektr quvvatini o’tkazmaydi. Elektr o’tkazuvchanlik suvning solishtirma elektr qarshiligi bilan ifodalanadi. Solishtirma qarshilik deganda uzunligi va kesimi birlik ulushiga (1 mm, 1 sm) teng o’tkazgichning elektr quvvati o’tishiga ko’rsatgan qarshiligi (OM da) tushuniladi. Amaliyotda solishtirma qarshilik o’lchov birligi sifatida 1 OM: m/m2, ya’ni 1 OM-m qo’llaniladi.
    Suvning qovushqoqligi suyuqlikka xos xususiyatlaridan biri bo’lib, harakatlanish davomida ishqalanish kuchini yuzaga keltiradi. Qatlam suvining qovushqoqligi temperaturaga va eritma kontsentratsiyasiga bog’liq. Temperatura ko’tarilishi bilan suvning qovushqoqligi kamayib, minerallanish darajasi ortadi. Qiymati 0,3 dan 1,1 MPas gacha o’zgaradi. Qatlam suvi qovushqoqligining qiymati uning nisbiy qovushqoqligini oldindan belgilash imkonini beradi. Qatlam sharoitida suvning qovushqoqligi neft qovushqoqligidan ancha kam bo’ladi, shu boisdan suv neftga nisbatan tezroq harakatlanadi. Atmosfera sharoitlarida 20Sda suvning qovushqoqligi 1,005 MPas (7.19-rasm)ga teng.
    S uvning sirtqi tarangligi  suvning bunday xususiyati uning yuvish qobiliyati bilan bog’liq. Sirtqi taranglik suyuqlikni havo va gaz bilan chegaralangan yuzasidagi molekulalarning bir-biriga kuchli tortilishidan yuzaga keladi. Molekulalar bir-biriga kuchli tortilganda sirtqi taranglik miqdori ko’payadi va aksincha. Sirtqi taranglik () harfi bilan belgilanadi va odatda mkgs-2 (N/m)da o’lchanadi. Sirtqi tarangligi kam bo’lgan suvning qumni yuvish va qatlamdan neftni siqib chiqarish qobiliyati yuqori bo’ladi. Sirtqi taranglikning qiymati suvning kimyoviy tarkibiga bog’liq.
    Qatlam suvining hajmiy koeffisienti qatlam sharoitidagi suvning solishtirma hajmining uning mo’’tadil sharoitdagi


    Download 11,69 Mb.
    1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   252




    Download 11,69 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yer osti suvlarining fizik xususiyatlari

    Download 11,69 Mb.