• 8.3. IZOBARALAR XARITALARI
  • «O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi




    Download 11,69 Mb.
    bet139/252
    Sana04.12.2023
    Hajmi11,69 Mb.
    #110957
    1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   252
    Bog'liq
    NEFT VA GAZ konlari geologiyasi

    100 100


    Shunday qilib, neft va gaz uyumlaridagi bosimlarni o’rganishdan ma’lum bo’lishicha, bosimning taqsimlanishi uyumni o’rab turgan qatlam suvlari bilan chambarchas bog’liq, bundan tashqari qatlam suvlarida bosim taqsimlanishining kichik o’zgarishi ham neft-suv yoki gaz-suv tutash yuzasiga sezilarli darajada ta’sir ko’rsatar ekan.
    Neft va gaz uyumlarini ishga solish va neft qazib chiqarishda yuqorida
    ko’rsatilgan qatlam bosimining taqsimlanishi buziladi. Neft va gaz uyumlarida bosim pasayadi, buning oqibatida atrofdagi maydonlarda qatlam suvlari bosimi kamayadi.
    Atrofdagi maydonlarda bosimning kamayishi Kuybishev va Orenburg viloyatlari hududlari chegarasida joylashgan Kalinov-Novostepanov konida bajarilgan maxsus tadqiqotlar natijasida isbotlangan. Uyum 10 yil ishlatilgandan so’ng 1951 yilda mazkur konning gaz qalpog’idagi bosim 1,3 MPa ga pasaygan. 1951 yilning oxirlarida kondan 2 km janubda razvedka qudug’i burg’ilanib, ushbu mahsuldor qatlamda joylashgan yangi gaz uyumi ochilgan. Uyumni tadqiq qilish natijasida shu narsa ma’lum bo’ldiki, undagi bosim Kalinov-Novostepanov konining boshlang’ich bosimidan 0,31 MPa past, gaz uyumining o’zi esa Kalinov-Novostepanov koni tomon siljib, qisqa vaqt mobaynida bu siljish vertikal yo’nalish bo’yicha 10 m ni tashkil etgan.
    Bularning hammasi katta maydonlarda neft va gaz uyumlari mavjud bo’lgan qatlamning suvli qismidagi bosimning taqsimlanishini mukammal o’rganishni va qatlam bosimini nihoyatda aniqlik bilan o’lchashni taqozo etadi. SHu maqsadda qatlamning suvli qismidagi razvedka quduqlaridan suyuqlik oqimini olish uchun sinov ishlarini mukammal bajarish lozim, qolgan quduqlarni neft va gaz uyumlarini ishlatish jarayonida qatlam bosimi o’zgarishini uzoq muddat kuzatish maqsadida kuzatuv, ya’ni pezometrik quduqlarga aylantirish kerak.

    8.3. IZOBARALAR XARITALARI


    Konni ishlatish mobaynida qatlamda yuz beradigan o’zgarishlarni kuzatib turish uchun qatlam bosimining o’zgarish va taqsimlanish jarayonini o’rganish lozim.
    Buning uchun izobaralar xaritasi, ya’ni qatlamning teng bosimlari xaritasi tuziladi. Bu xaritani tuzishda quduqdagi bosim o’lchamlari ma’lumotlaridan foydalaniladi.
    Qatlamning bosimini o’lchashda quduqqa chuqurlik monometri tushirilib, tubida ma’lum bir vaqt ushlab turiladi, natijada qatlam-quduq, jinslarning fizik xususiyatlari va flyuidlarning o’zaro ta’siri o’rganiladi. SHuning uchun har bir quduqda chuqurlik monometrini ushlab turishning shunday vaqtini tanlash kerakki, toki bu vaqt mobaynida quduq tubidagi bosim uning atrofidagi hudud yoki unga tutash maydondagi qatlamda ishlayotgan quduqlardagi bosimning o’rtacha qiymatiga teng bo’lsin.
    Quduqlardagi bosim bo’yicha ma’lumotlar mavjud bo’lsa, izobaralar xaritasini tuzish oson kechadi va u struktura xaritalarini tuzish metodikasiga o’xshash usulda tuziladi. Izobaralar xaritasini tuzishda qatlamning keltirilgan yotish chuqurligi o’rniga quduqlar bo’yicha aniqlangan qatlamning statik (amalda dinamik quduq tubi) bosimlari ma’lumotlaridan foydalaniladi. Amaliyotda qatlamning dinamik bosimini o’lchash shu maqsadlar uchun maxsus ajratilgan tayanch quduqlarda, tanlab olingan ishlatilayotgan quduqlarda va maydon bo’ylab bir tekis joylashgan quduqlarda amalga oshiriladi.
    Izobaralar xaritasini tuzishda quyidagilarni hisobga olish kerak:

    1. turli sanalarda o’lchangan boshlang’ich bosim ma’lumotlarining mavjudligi va ularni izobaralar xaritasini tuzish sanasiga keltirish zarurligi;

    2. bosimni qatlamning yotish chuqurligiga bog’liqligi (bosimning qiymati tog’ jinsining yotish burchagiga bog’liq) va ularni tanlangan shartli yuzaga keltirish zarurligi;

    3. qatlamda statik muvozanatning yo’qligi va shu sababli interpolyatsiyaning va ayniqsa bosim ekstropolyatsiyasi (o’lchov natijalarini maydonning boshqa qismiga yoyish)ning tegishli usullarini qo’llash zarurligi.

    Izobaralar xaritasini tuzishning o’ziga xos xususiyatlarini batafsil ko’rib chiqamiz. Quduqlarda qatlam bosimini izobaralar xaritasini tuzish sanasiga keltirishning (taxminiy hisoblar uchun) eng oson yo’li  bu grafik usulidir. Bu usulning mohiyati quyida keltirilgan.
    Q atlam bosimining turli sanalardagi o’lchov natijalari grafikda nuqtalarda belgilanadi (8.8-rasm).


    Download 11,69 Mb.
    1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   252




    Download 11,69 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi

    Download 11,69 Mb.