|
-rasm. Keltirilgan izobara xaritasi ma’lumotlariga asoslanib izoxor xaritalarini tuzish metodi bo’yisha xaqiqiy izobaralar xaritasini tuzish sxemasi
|
bet | 142/252 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 11,69 Mb. | | #110957 |
Bog'liq NEFT VA GAZ konlari geologiyasi8.13-rasm. Keltirilgan izobara xaritasi ma’lumotlariga asoslanib izoxor xaritalarini tuzish metodi bo’yisha xaqiqiy izobaralar xaritasini tuzish sxemasi: 1 – izogipslar, m; 2 – keltirilgan izobara, m; 3 – xaqiqiy izobaralar xaritasi tuzish nuqtalari
|
qilishda keltirilgan izobaralar xaritasining afzalligi ana shundan iborat.
H aqiqiy izobaralar xaritasi jinslarning qiyaligi burchagi yuqori bo’lganda qatlamni ishlatishni samarali tahlil qilishga imkon bermaydi, lekin qator geologikkon muammolarini hal etish uchun ularni tuzish foydali. Keltirilgan izobaralar xaritasining mavjudligi keyinroq bunday xaritalar tuzishni ancha engillashtiradi. Buning uchun keltirilgan izobara xaritasini struktura xaritasi ustiga qo’yiladi va o’xshashlik metodidan foydalanib, keltirilgan izobaralar va yer osti relefi izogipslari kesishgan nuqtalarida haqiqiy izobaralar qiymatlarini (8.13-rasm) quyidagicha hisoblash mumkin bo’ladi:
(hsh.i.)h (8.15) bunda hsh.i. – qatlamning ustki qismi
8.14rasm. Xaqiqiy izobaralar xaritasi izogipsi, m; h haqiqiy izobara, m.
Shu usulda hisoblangan qiymatlar bo’yicha haqiqiy izobaralar xaritasi tuziladi (8.14-rasm). Uni struktura xaritasi (ushbu misolda braxiantiklinal burma xaritasi) bilan taqqoslaganda yer osti relefi izogipslarini ma’lum darajada takrorlashini ko’rish mumkin, lekin u yuqorida qayd qilinganidek, depressiya zonalarini va yuqori bosimli zonalarni aniq ochib beraolmaydi.
Jinslarning yotish burchagi 1-20 dan oshmaydigan qiya strukturalar uchun bevosita haqiqiy izobaralar xaritasi tuziladi, boshqa hollarda esa qatlamni ishlatishning tahlili uchun keltirilgan izobaralar xaritasi tuziladi. Lekin keltirilgan izobaralar xaritasi mavjudligida, haqiqiy izobaralar xaritasini ham tuzish foydali; bu xarita uni tuzish sanasiga o’rtacha qatlam bosimini aniqlash uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Turli sanalar uchun o’rtacha qatlam bosimini taqqoslash qatlamni ishlatish jarayonida yer ostida yuz beradigan turli hodisalar haqida mulohaza yuritish hamda neft qazib olishni jadallashtirish va neft beraolishlik koeffisientini oshirish uchun tegishli tadbirlarni ishlab chiqish imkonini beradi.
Haqiqiy izobaralar xaritasida neft ustunining qiymatini metrlarda (h) emas, balki quyidagi nisbat bo’yicha megapaskallarda ifodalash qulayroqdir:
hρ
р ,
100
bunda neft zichligi.
Qandaydir ajratilgan qatlam hajmidagi o’rtacha qatlam bosimi deb, ushbu hajmni atrof muhitdan bir lahzada ajratilishi natijasida bosimning butunlay qayta taqsimlanishi va tekislanishidan so’ng unda hosil bo’lgan bosimga aytiladi.
Qatlam bosimining o’rtacha arifmetik qiymati maydon yoki hajm bo’yicha haqiqiy izobaralar xaritasidan foydalanib, quyidagi formula orqali hisoblanadi:
рO'r. р1 f1h1 р2 f2h2 ... рn fnhn , (8.16) f1h1 f2h2 ... fnhn
bunda ro’r. izobaralar xaritasini tuzish sanasidagi qatlam bosimining o’rtacha qiymati, MPa; f1, f2, ... fn qo’shni izobaralar bilan chegaralangan ayrim uchastkalar maydoni, m2; ; h1, h2, ... hn tegishli qo’shni izobaralar orasidagi qatlamning g’ovakli qismining o’rtacha qalinligi, m; r1, r2, ... rn ikki qo’shni chekka izobara chiziqlari oralig’idagi o’rtacha arifmetik qiymat sifatida aniqlanadigan tegishli uchastkalardagi o’rtacha bosim, MPa.
Qatlam qalinligi o’zgarmagan yoki deyarli o’zgarmagan hollarda qatlam bosimining o’rtacha qiymati maydon bo’yicha chamalab, qalinlik keskin o’zgarishga uchraganda esa hajmi bo’yicha chamalab aniqlanadi.
Maydon va hajm bo’yicha chamalab aniqlangan qatlam bosimining o’rtacha qiymatidagi farq odatda 5-6% dan oshmaydi (ayrim hollardagina 10% ga etishi mumkin); qiymatlardagi bu farq qatlam qalinligining o’zgarish xususiyatiga va izobara xaritalari turiga bog’liq.
Hajm bo’yicha chamalab aniqlangan qatlam bosimining o’rtacha qiymatidan foydalanib izobara xaritalarini tuzish quyidagi tartibda bo’ladi:
haqiqiy izobara xaritasi tuziladi;
teng foydali qalinlik xaritasi tuziladi; 3) birinchi xarita ikkinchisi ustiga qo’yiladi va xaritalardagi izochiziqlar kesishgan nuqtadan rh ko’paytmasi olinadi;
izochiziqlar kesishgan nuqtalar bo’yicha (rh qiymati bo’yicha) hisoblangan rh ning teng qiymatlarining yangi xaritasi tuziladi;
yangi tuzilgan xaritadan foydalanib qatlam bosimining o’rtacha qiymati (8.16) formula orqali, hajm bo’yicha chamalab aniqlangan qiymat sifatida hisoblanadi.
O’lchangan bosimni quduqlar oralig’ida to’g’ri interpolyatsiya qilish uchun ushbu yo’nalish bo’yicha bosimning o’zgarish qonuniyatlarini bilish zarur. Bu qonuniyatlar qatlamning xususiyatlari, uning fatsial o’zgaruvchanligi, quduqlarning joylashish tizimi va boshqa ma’lum omillar bilan aniqlanadi. SHuning uchun odatdagidek interpolyatsiya uchburchak usulida bajariladi. Interpolyatsiya yordamida quduqlar oralig’idagi bosimlar qiymati topiladi va aniqlangan bir xil qiymatli nuqtalar o’zaro tutashtiriladi, ya’ni mos ravishda izobaralar (izochiziqlar) o’tkaziladi.
Ayrim olimlar haqiqiy izobara xaritasini tuzishda qo’shni quduqlar orasidagi interpolyatsiyani logorifmik qonun bo’yicha o’tkazishni to’g’riroq, deb hisoblaydilar. Ularning fikricha, ishlatish jarayonida qatlamda statik muvozanat buziladi va quduqlarda kuzatilayotgan depressiya voronkalari logarifmik egri chiziq shakliga ega bo’ladi. Lekin bunday fikrlash noto’g’ri, chunki ishlayotgan ikkita qo’shni quduqning har qaysisida depressiya voronkasi mavjud bo’lib, bosimning bir quduqdan ikkinchisigacha o’zgarishi ular orasidagi qandaydir topilishi qiyinroq bo’lgan interval nuqtadagina (neytral nuqta) sodir bo’lishi mumkin. SHu boisdan logarifmik qonun bo’yicha quduqlar orasida shunchaki rasmiy interpolyatsiya o’tkaziladi. Logarifmik qonun bo’yicha bosimlarni interpolyatsiya qilish amalda nihoyatda ko’p mehnat talab qiladigan tadbir bo’lib, amaliyotda kam qo’llaniladi.
Yuqorida ko’rsatilganidek, izobaralar xaritasi qatlam bosimining o’rtacha qiymatini aniqlash va qatlam bosimining taqsimlanishini o’rganish asosida qatlamni ishlatish jarayonini tahlil qilish uchun keng qo’llaniladi.
Odatda konlarda izobaralar xaritasi har chorakda va quyidagi maydonlar uchun
alohida tuziladi: 1) suyuqlik olish zonasi uchun, ya’ni ishlatish quduqlari joylashgan maydonlar uchun; 2) haydash va ishlatish quduqlari orasidagi halqa zonalar uchun; 3) umuman haydash va ishlatish quduqlari egallagan barcha maydonlar uchun.
Qatlamni ishlatish jarayonini tahlil qilish uchun ko’pincha quduqlarda o’lchangan bosim (8.6) va (8.7) formulalar yordamida suv-neft yoki gaz-neft tutash yuzasining boshlang’ich holatiga keltiriladi. Shuningdek, izobara xaritalaridan qo’shimcha ravishda boshqa masalalarni hal qilish uchun ham foydalanilish mumkin: 1) ayrim uchastkalarda neftlilik chegarasining siljish tezligini aniqlash, va uning bir tekis siljishini ta’minlash bilan bog’liq masalalarni echishda;
qatlam o’tkazuvchanligini taqribiy aniqlashda;
uyum ichidan suyuqlik olinishi sababli bosimning o’zgarish tafsilotlarini o’rganish orqali uyumning tashqi qismini taqribiy baholashda; 4) suv-neft tutash yuzasi holatini taqribiy aniqlashda.
Qatlam bosimining taqsimlanishini izobara xaritalari bo’yicha o’rganishda ayrim uchastkalardagi izobaralarning quyuqlashuvi, ulardan suyuqlik olinishi ko’payganidan, qatlamga suv haydash yoki qatlamning kollektorlik xususiyatlarining qo’shni uchastkalardagiga nisbatan yomonlashganidan darak beradi.
Izobara xaritalari bo’yicha bosimni hisoblab, butun uyum uchun o’rtacha qatlam bosimidan tashqari, qatlamning turli zonalar: suyuqlik chiqarish zonasi, haydash zonasi va boshqa zonalar uchun o’rtacha bosimni hisoblash foydali hisoblanadi.
Izobara xaritalarini tuzish aniqligi, quduqlardagi bosimni o’lchash aniqligiga va shuningdek, manometr konstruktsiyasi va uning texnik holatiga bog’liq. Konlarda qo’llaniladigan chuqurlik monometrlari odatda 0,5 dan 1 gacha aniqlik sinfiga ega. Agar ushbu asboblar bilan barcha o’lchashlarda bir xil ishorali va qiymatli xatolikka yo’l qo’yilsa, bosimlarni o’lchashda bunday aniqlikni etarli deb hisoblasa bo’ladi.
Asboblarning texnik holati qoniqarli bo’lmasa, bosimni o’lchashdagi xatolik qiymati aniqlik sinfi bilan o’lchanganidan yuzaga kelgan xatolikdan anchagina yuqori bo’lishi mumkin. Izobara xaritalarini tuzishda bunday o’lchash ma’lumotlaridan foydalanish ayrim hollarda katta xatolikka olib kelishi mumkin (ayniqsa izobara xaritalari bo’yicha aniqlanadigan bosim gradientlarida).
Qo’llanilayotgan asboblarni iloji boricha tez-tez va puxtalik bilan darajalash kerak. Ishlatilayotgan bir ob’ektdagi quduqlarda bosimni o’lchashda imkoni boricha o’lchashning barcha davrlari mobaynida bitta asbobni ishlatish kerak. Agar quduq tubi bosimini o’lchashda Ufa ilmiy-tekshirish institutining (M.M. Ivanov ishlab chiqqan) differentsial chuqurlik bosimo’lchagich (manometr)laridan foydalanilsa yaxshi natijalarga erishish mumkin. Bu holda o’lchash aniqligi differentsial manometrlarni zaryadlash uchun qo’llaniladigan namunaviy manometrlar aniqlik sinfi bilan aniqlanadi. Namunaviy manometrlar esa, odatda 0,35 aniqlik sinfiga ega.
Chuqurlik manometrlarining yangi konstruktsiyasini ishlab chiqishda bosimlarni o’lchash asboblarining mutlaq aniqligi muhim bo’libgina qolmay, balki turli quduqlarda bitta asbob bilan olingan o’lchovlarning nisbiy aniqligi ahamiyatlidir. Boshqacha qilib aytganda, asbob konstruktsiyasi shunday ishlanishi kerakki, temperatura va bosimning o’zgarishi kichik intervallarda bo’lishini (1-4 MPa) va o’lchashlardagi xatoliklar ishorasi va qiymati taxminan bir xil bo’lishini ta’minlashi kerak.
Quduqda bosimning tiklanish metodi bilan tadqiqotlar bajarilganda bosim quduq tubi bosimidan kamida 1,5-2 MPa ga yuqorida barqarorlashadigan bo’lsa, u holda o’lchashning yuqori aniqligini ta’minlovchi differentsial chuqurlik manometrlaridan foydalanish kerak.
Kam mahsulli qatlamlar ochilgan quduqlarda hosil qilingan depressiyadan so’ng bosim o’nlab atmosferalarga tiklanadigan bo’lsa, bosimning tiklanish egri chizig’ini chizish uchun ma’lumotlar to’plashda chuqurlik manometrlaridan foydalanish mumkin.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
-rasm. Keltirilgan izobara xaritasi ma’lumotlariga asoslanib izoxor xaritalarini tuzish metodi bo’yisha xaqiqiy izobaralar xaritasini tuzish sxemasi
|