• 8.5.1. Suv bosimli (qattiq-suv bosimli) rejim
  • NEFT-GAZ-SUVLI QATLAMLARNING REJIMLARI




    Download 11,69 Mb.
    bet144/252
    Sana04.12.2023
    Hajmi11,69 Mb.
    #110957
    1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   252
    Bog'liq
    NEFT VA GAZ konlari geologiyasi

    8.5. NEFT-GAZ-SUVLI QATLAMLARNING REJIMLARI


    Neft, gaz va suv qatlamlar rejimi deganda ularni ishlatish va ishlatishda neft, gaz va suvlarni harakatga keltiruvchi kuchlarning namoyonlanish xarakteri, ya’ni bosimni yuzaga kelishi va yer osti suvlarining harakatlanish sharoitlari tushuniladi. Qatlamlar rejimi suyuqlik va gazlarni quduq tomon harakatlantiruvchi kuchlar Bilan ifodalanib, uning xarakteri qatlamning geologik tuzilishiga, undagi suyuqliklar va jinslarning fizik-kimyoviy xossalariga, konning ishlatish sharoitiga bog’liq holda o’zgaradi. Qatlam rejimi vaqt davomida uning debitini va bosimini hamda, quduqdan suyuqlik chiqarish bilan bog’liq holda bosimning o’zgarish xarakterini ifodalaydi.
    Qatlam rejimini har tomonlama bilish uchun uning faqat litologik-fizik xususiyatlarini bilibgina qolmasdan, balki qatlam bosimini tavsiflovchi kon ma’lumotlari, neft, gaz va suv debitlarini, neftlilik chegarasining siljishini va h.k.larni o’rganish zarur.
    Qatlamning neftlilik rejimini bilish konni ishlatishning oqilona tizimini loyihalash va zamindan neft va gazni maksimal miqdorda chiqarib olish maqsadida qatlam energiyasidan samarali foydalanish uchun kerak.
    Neftli qatlamlar rejimlarini o’rganish bo’yicha dastlabki muhim ilmiy ishlar
    1922-1927 yillarda Grozniy shahri hududida o’tkazilgan. Ayniqsa V.P. Yakovlev, N.T. Lindtrop va bu boradagi ilmiy ishlari maqtovga sazovor bo’lgan. I.M. Gubkin rahbarligida o’tgan yillik majlislar neftli qatlamlar rejimlarini o’rganishda katta ahamiyatga ega bo’ldi.
    Hozirgi vaqtda neftli, gazli va suvli qatlamlar butun maydon bo’ylab yagona gidravlik bog’langan sistemani hosil qilishi aniqlangan (agar u tektonik buzilishlar bilan alohida bloklarga bo’lib yuborilgan va linzasimon tuzilishga ega bo’lmasa).
    Shuning uchun ham quduq ishlatilganda uning ta’siri faqat neft-gaz hududiga tarqalmasdan, balki uni o’rab olgan suvbosimli zonalarga va ko’pincha to qatlam chegaralarigacha etib boradi. Demak, uyumga ta’sir qiluvchi va quduq tubiga neft va gazning oqib kelishini ta’minlovchi energiya va kuchlar zaxirasini o’rganishda uyumning va uning atrof zonalarining tuzilishi hamda neft qatlami jinslari bilan bog’liqligini ko’rib chiqish zarur. Neft va gazning quduq tubiga oqib kelishiga ta’sir qiluvchi qatlam energiyasining manbalariga qatlam suvi bosimi energiyasini, bosim kamayganda neftdan ajralib chiqadigan erigan va erkin gaz energiyasini, siqilgan jinslar va suyuqliklarning elastik energiyasini, neftning o’z og’irlik kuchi ta’sirida paydo bo’ladigan bosim energiyasini kiritish mumkin.
    Neft va gaz bitta asosiy energiya yoki bir qancha qatlam energiyalarining bir vaqtda namoyon bo’lishidan harakatlanishi mumkin; chekka suvlar bosimining foydali ta’siri qatlamning yer yuzasiga chiqishi va quduq og’zidan qancha yuqoriga ko’tarilishi qiymati hamda jinslarning o’tkazuvchanlik xususiyati va suyuqlikning qovushqoqligi bilan aniqlanadi.
    Jinslarning o’tkazuvchanligi yaxshi va suyuqlikning qatlamda qo’zg’aluvchanligi etarli darajada bo’lishi, shuningdek, qatlamning o’tkazuvchanlik xususiyati suyuqlik chiqarib olishga mos kelishi chekka suvlar bosimi energiyasi muntazam va uzoq vaqt namoyon bo’lishiga olib keladi. Qatlamda neft va gazning harakatlanish jarayonlarida qatlamdagi suv-bosimli tizimning elastiklik energiyasi juda muhim ahamiyatga ega. Qatlamda bosim pasayganda suyuqlik va jinslarning elastik o’zgaruvchanligi juda kam bo’ladi. Lekin uyum va uni ta’minlovchi suv bosimli tizim nihoyatda katta bo’lsa, jins, suyuqlik va gazlarning elastik energiyasi neftning quduq tubiga qarab harakatlanishida muhim rol o’ynaydi.
    Gaz energiyasi gaz qalpog’i mavjud bo’lganda siqilgan erkin gazning taranglik energiyasi ko’rinishida yoki bosim kamayganda neftda erigan gazning undan ajralib chiqishidagi energiya ko’rinishida bo’ladi. Uyumda siqilgan gaz energiyasining zaxirasi odatda, gaz qalpog’ining hajmiga, neft zaxiralariga, qatlamning neftli va gazli zonalari hajmlarining o’zaro nisbatiga, qatlam bosimi qiymatiga, gazning neftda eruvchanligiga bog’liq bo’ladi. Agar gaz qalpog’i bilan egallangan qatlam hajmi neft bilan egallangan qatlam hajmidan katta bo’lsa, erkin gazning taranglik energiyasining namoyonlanishi nihoyatda samarali bo’ladi.
    Qatlam suyuqliklarining og’irlik kuchi hisobiga paydo bo’ladigan bosim energiyasi qatlamlar gorizontal tekislikka qandaydir burchak ostida yotgan holatlarda namoyon bo’ladi. Bunda bosim qiymati mahsuldor qatlamlarning yotish burchagiga bog’liq. Qatlamdagi suyuqlik sathi ko’pincha qatlamning ustki qismidan pastga tushadi, bunday hollarda suyuqliklar erkin yuza bo’ylab siljiydi.
    Qatlamda neft va gazning harakatlanish jarayonida ko’pincha har xil ko’rinishdagi energiyalar bir vaqtda ta’sir qiladi. Lekin geologik sharoitlar va uyumni ishlatish sharoitlariga ko’ra u yoki bu turdagi energiya asosiy bo’lishi, quduq tubiga neft va gazning oqib kelishini ta’minlashda ustunlik qilishi mumkin.
    Ta’sir qiluvchi kuchlar ustunligining kelib chiqishiga ko’ra, hozirgi vaqtda neft uyumlarining quyidagi asosiy ish rejimlari ajratiladi:

    1. suv bosimli rejim;

    2. tarang (tarang suv bosimli) rejim;

    3. gaz bosimli rejim (yoki gaz qalpog’i rejimi); 4) erigan gaz rejimi; 5) gravitatsion rejim.

    Dastlabki uchta rejim siqib chiqarish rejimlarini, oxirgi ikkitasi qatlam energiyasining zaiflashish rejimlarini ifodalaydi.
    8.5.1. Suv bosimli (qattiq-suv bosimli) rejim

    Suv bosimli rejimda chekka (yoki qatlamosti) suvlari neftni quduq tomon harakatlantiruvchi asosiy kuch hisoblanadi. Samarador qatlamning neftdan bo’shagan qismi quduqni ishlatish mobaynida qatlam suvi bilan to’lib boradi. Suv bosimli rejim odatda litologik jihatdan bir tarkibli va maydon bo’ylab o’zgarmaydigan, yuqori darajada o’tkazuvchan qatlamlardagi uyumlarning ta’minlanish oblastiga yaqin joylashganida hosil bo’ladi.
    Ishlatishning dastlabki bosqichida, ishlatishga kiritilayotgan quduqlar soni
    ortishi bilan neftni chiqarib olishning belgilangan loyiha darajasigacha o’sishi kuzatiladi. Keyinchalik neft chiqarib olishni erishilgan darajada ushlab turishda qatlam bosimining barqarorlashuvi kuzatiladi, so’ngra chekka suvlarning bostirib kelaboshlashi bilan neftda suv miqdori ortib boradi va natijada olinayotgan neft miqdori ma’lum darajada pasayadi (8.15-rasm). Suvlanish natijasida quduqlarning bir qismi ishdan chiqadi, bu esa neft chiqarib olishning umuman pasayishiga va
    qatlam bosimining biroz ko’tarilishiga olib keladi.
    Suvlanishning yanada ortishi va neft chiqarib olishning uzluksiz pasayishi munosabati bilan suyuqlikni to’laligicha (jadallashtirish usulida) chiqarib olish



    Download 11,69 Mb.
    1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   252




    Download 11,69 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    NEFT-GAZ-SUVLI QATLAMLARNING REJIMLARI

    Download 11,69 Mb.