esa, kamida 1,0210
-12 m
2 ni tashkil qiladi. Rossiya Federatsiyasidagi N.T. Lindtrop tomonidan mukammal o’rganilgan Oktyabrskiy (Novogroznenskiy shahri) konidagi
XIII va XVI qatlamlar suv bosimli rejimdagi konlarga namunaviy misol bo’laoladi.
Foydali suv bosimli rejimda neft beraolishlik koeffisienti jinslarning kollektorlik xususiyatlari va boshqa omillarga ko’ra 0,65-80 intervalda o’zgaradi. Suv bosimli rejimning jadalligi faqat yuqorida ko’rsatilgan tabiiy omillargagina emas, balki umuman qatlamdan hamda uning ayrim uchastkalaridan suyuqlik ajratib olish sur’atiga ham bog’liq.
Konlarni ishlatish tajribalaridan ma’lumki, uyumdagi neftning sanoat miqyosidagi zaxiralarini yil davomida 6 % gacha miqdori chiqarib olinsa, uning suv bosimli tabiiy rejimi saqlanib qolinadi. Albatta, bu o’rtacha miqdor (6 %), o’zida uyumni saqlagan kollektor xususiyatlariga, uni to’yintiruvchi suyuqlik va gaz xususiyatlariga ko’ra o’zgarishi mumkin. Agar qatlamdan ko’proq suyuqlik chiqarib olish zaruriyati tug’ilsa, bosimning neftda erigan gaz bosimidan pasayib ketishining va qatlamni ishlatish samarasiz rejimga o’tishining oldini olish uchun qatlamga sun’iy ta’sir qilish zarur.
8.5.2. Tarang-suv bosimli (tarang) rejim
Tarang-suv bosimli rejim qatlam bosimi pasayishida qatlamdagi suyuqlik va jinslarning taranglashib, kengayishidan hosil bo’lgan kuch ta’sirida neftning quduq tomon harakatlanishidir. Uyum ishlatishning dastlabki davrida bunday kuchlar ko’p bo’ladi, suyuqlik olish ortgani va qatlam bosimi pasaygani sari uyumdan uzoqda joylashgan qatlam suvlari ham harakatga keladi, bunday suvlar bosimi esa neftni qatlamda siljitadigan asosiy kuch hisoblanadi.
Tarang kuchlar har qanday rejimda paydo bo’lishi mumkin. SHuning uchun tarang rejimni mustaqil rejim emas, balki suv bosimli rejimning fazasi sifatida qarash to’g’riroq bo’ladi. Bu fazaning namoyon bo’lish davrida suyuqlik (neft va suv)ning va jinsning tarangligi (elastikligi) asosiy kuch (energiya) manbai hisoblanadi.
Tarang-suv bosimli rejim neft uyumining ta’minlanish hududi bilan o’zaro aloqasi yomonligida (aloqa yo’qligida) yoki ta’minlash oblasti neft uyumidan nihoyatda uzoqda (50-100 km) joylashganda yaqqol namoyon bo’ladi. Tarang-suv bosimli rejimga suv bosimli rejimga ham tegishli xususiyatlar xos. Lekin samarali suv bosimli rejimda chiqarilayotgan suyuqlik miqdori o’zgarmas − doimiy bo’lgan hollarda qatlamning dinamik bosimi ham barqarorlashadi (qatlamdan suyuqlik olish rejimi o’zgarishi lahzasigacha), tarang-suv bosimli rejimda esa, hattoki qatlamdan suyuqlik chiqarib olish sur’ati barqaror bo’lganda ham bosim uzluksiz kamayib boradi. Demak, bu rejimdagi qatlam bosimining qiymati konni ishlatishning har qaysi lahzasida qatlamdan chiqarib olinayotgan suyuqlikning ham joriy miqdoriga, ham umumiy yig’indisiga bog’liq.
Demak, bu rejimda neft qazib olish miqdorining o’sishi quduqni ishga tushirish sur’atiga bog’liq: u qancha sekin bo’lsa, quduqning boshlang’ich debiti ham shuncha past bo’ladi, bu jarayon quduqlardagi qatlam bosimi past bo’lgan uyumlarni ochganda sodir bo’ladi. Bu holda erishilgan joriy neft chiqarib olish miqdori, quduqlarni ishga tez tushirishda neft chiqarib olish miqdoriga nisbatan past bo’ladi.
Bu rejimda ishlatilayotgan quduqlar soni ortib borishiga qaramasdan, qatlam bosimi va neft chiqarib olish tezda pasayishi kuzatiladi.
Gaz omili qatlam bosimi to’yinish bosimidan pasaygungacha, doimiy bo’lib qoladi. Qatlam bosimi to’yinish bosimidan pasayganda gaz omili ortadi, erigan gazni yo’qotgan neft yanada qovushqoq bo’lib qoladi, natijada neftni chiqarib olinayotgan umumiy miqdori yanada tez sur’atlar bilan kamayadi (8.16rasm).