• 8.5.3. Gaz bosimli rejim (yoki gaz qalpog’i rejimi)
  • -rasm. Tarang-suv bosimli rejimda qatlamni ishlatish grafigi




    Download 11,69 Mb.
    bet146/252
    Sana04.12.2023
    Hajmi11,69 Mb.
    #110957
    1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   252
    Bog'liq
    NEFT VA GAZ konlari geologiyasi

    8.16-rasm. Tarang-suv bosimli rejimda qatlamni ishlatish grafigi. Shartli belgilarni 8.15 rasmdan qarang

    Suyuqlikni shu rejimda olishda qatlamda bo’shagan g’ovaklar, bo’shliqlar uyum tashqarisidagi suvlarning siljib kelishidan to’lmaydi. Bunday rejim

    maydoni katta, samarador qatlamlarning kollektorlik
    xususiyati o’zgaruvchan uyumlarga xosdir.
    Suv bosimli rejimga nisbatan tarang-suv bosimli rejim samarasizroq: neft beraolishlik koeffisienti 0,5-0,7 chegaralarda o’zgaradi. Zarur miqdordagi neft chiqarib olishni ta’minlash uchun bu rejimda qatlamga sun’iy ta’sir etish tadbirlarini amalga oshirish zarur.
    8.5.3. Gaz bosimli rejim (yoki gaz qalpog’i rejimi)

    Gaz bosimli rejimda neftni qatlamda harakatlantiradigan kuch gaz qalpog’idagi gazning kengayishidan hosil bo’lgan bosim hisoblanadi.
    Neft uyumiga nisbatan gaz qalpog’i katta bo’lsa, neft uyumini ishlatish jarayonida, agar neft chiqarib olish va gaz-neft tutash yuzasining siljish tezligi orasidagi balans buzilmasa, debit va bosim ma’lum bir vaqt davomida deyarli doimiy bo’lib qoladi.
    Qatlam bosimi qatlamdan chiqarib olingan neft yig’indisiga bog’liq bo’lib, uning miqdori neft chiqarib olingan sari uzluksiz pasayib boradi.
    Gaz omillari gaz qalpog’idan uzoqda joylashgan quduqlarda doimiy bo’lib qoladi. Uyumni ishlatish jarayonida gazlilik chegarasining (gaz-neft tutash yuzasining ham) uzluksiz siljishi kuzatiladi, buning natijasida, (gaz-neft tutash yuzasi yaqinida joylashgan) quduqlarda gaz omili keskin ortadi (8.17-rasm) va ulardan toza gaz favvoralana boshlaydi.
    Gaz bosimli rejimning samaradorligi gaz qalpog’i va neft uyumi o’lchamlarining o’zaro nisbatiga hamda qatlamning kollektorlik xususiyatlari va struktura tafsilotlariga bog’liq. Bu rejimning paydo bo’lishi uchun eng qulay sharoitlar kollektorlar yuqori o’tkazuvchanlikka ega bo’lganda (ayniqsa vertikal va qatlamlanishga ko’ndalang yo’nalishlarda), qatlamlar katta burchak ostida qiyalanib yotganda (strukturalar yaxshi ifodalanganda) va neft qovushqoqligi kam bo’lganda namoyonlanadi.




    ta’sirida qatlamning neftli zonasidagi neft-gaz


    Download 11,69 Mb.
    1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   252




    Download 11,69 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. Tarang-suv bosimli rejimda qatlamni ishlatish grafigi

    Download 11,69 Mb.