ASOSIY BOSHLANG’ICH MA’LUMOTLAR HAJMI VA TAVSIFI




Download 11,69 Mb.
bet154/252
Sana04.12.2023
Hajmi11,69 Mb.
#110957
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   252
Bog'liq
NEFT VA GAZ konlari geologiyasi

9.3. ASOSIY BOSHLANG’ICH MA’LUMOTLAR HAJMI VA TAVSIFI


Razvedka qilinayotgan ko’pgina maydonlarda aksariyat hollarda, goho keragidan ortiqcha quduqlar burg’ilanadi. Ammo konning kesimini va uning mahsuldor gorizontlarini o’rganishda bularning ahamiyati juda ham past bo’lib, olingan ma’lumotlar uyumlar zaxiralarini ishonchli darajada hisoblab chiqishga imkon bermaydi.
Neft va gaz konlarini razvedka qilishda yo’l qo’yilgan kamchiliklar Zaxiralar Davlat komissiyasi tomonidan bir necha bor qayd etilgan, ular quyidagilardan iborat:

  1. mahsuldor gorizontlardan kern chiqarib olish foizining ozligi;

  2. konda bajarilayotgan geofizik o’lchovlar sifatining to’liq va ishonchli emasligi, bunday tadqiqotlar majmuasining etarlicha to’la bo’lmasligi, diagrammalar

yozuvi masshtabining kichikligi, yozib olish tezligining kattaligi va sh.o’.;

  1. quduqlar ochgan gorizontlarda bajarilgan sinov ishlarining etarli emasligi va sifatsizligi;

  2. konning gidrogeologiyasi va gidrodinamikasini, neft va gaz uyumlarining ishlatish rejimini va h.z.larni qoniqarsiz o’rganilganligi.

Binobarin, razvedka va chegaralovchi quduqlarni burg’ilashda bajarilgan geologik tadqiqotlar neft zaxirasini hisoblash hamda neft qatlamini ishlatish loyihasini tuzish uchun zarur bo’lgan ma’lumotlarni berishi kerak.
Shu boisdan razvedka quduqlarini burg’ilash jarayonida quyidagi asosiy boshlang’ich dalillar olinishi zarur:

  1. qatlamning strukturaviy tavsifi hamda uning ustki va ostki qismi bo’yicha tuzilgan struktura xaritasi;

  2. kernni tadqiq qilish, geofizik va gidrodinamik tadqiqotlar majmuasini bajarish asosida mahsuldor qatlamning litologik-fizik tavsifini, kollektorlik xususiyatlarini va qalinligini belgilash. Qatlamning tabaqalanish xarakteriga, ayrim yupqa qatchalarning tarqalish chegaralariga va ular orasidagi o’zaro munosabatga alohida e’tibor berish kerak.

  3. qatlamning gidroeshitish va suv o’tkazuvchanligini aniqlash asosida uning tarkibi har xilligini belgilash;

  4. neft, gaz va suvning fizik-kimyoviy xususiyatlarini aniqlash; chuqurda joylashgan qatlamdagi neftdan namuna olishga va uning xususiyatlarini aniqlashga alohida e’tibor berish zarur. Bunday ma’lumotlarga qarab neftning harakatchanligi belgilanadi. Bog’langan suvning miqdorini aniqlash maqsadida ohaktosh-bitumli eritma bilan mahsuldor qatlamni ochish uchun imkon boricha maxsus quduqlarni burg’ilash;

  5. qatlamning boshlang’ich statik bosimini chuqurlik manometri bilan o’lchash, statik bosimning o’zgarish dinamikasini, shuningdek, qatlamning ishlatish rejimini belgilash maqsadida gaz omilining o’zgarish dinamikasini aniqlash;

  6. neftli yoki gazli gorizontning unumdorligi  quduqlar mahsuldorligini (shu jumladan mahsuldorlik koeffitsientini) tajriba-sinash yo’li bilan belgilash, chiqarib olinayotgan neft, gaz va suv miqdorini va qatlam sharoitidagi xususiyatlarini aniqlash; qatlam tabaqalangan bo’lsa, qatlam debiti chuqurlik miqdor o’lchagich bilan o’rganiladi;

  7. uyumning ichki va tashqi neftlilik (va gazlilik) chegaralarini aniqlash; imkoni boricha suv-bosimli sistemani belgilash zarur;

  8. geotermik bosqichni aniqlash uchun elektr termometri bilan o’lchangan qatlam temperaturasi; quduqning mumkin bo’lgan qiyshayishi (azumit va burchak qiyshayishi), quduq tubining loyihada ko’rsatilganidan og’ishi;

  9. mahsuldor qatlamning mufassal gidrodinamik tavsifiga, shuningdek, tog’ jinsining qayishqoqlik va p’ezoo’tkazuvchanlik koeffitsienti to’g’risidagi ma’lumotlarga ega bo’lish uchun qatlamning faqat neftga to’yinganliginigina emas, balki uning o’rab turgan qismining suvga to’yinganligini ham bilish uchun hamma chegara quduqlarning holatini o’rganish;

  10. neftni suv bilan siqib chiqarilishi  shu maqsadda kern laboratoriyada tahlil qilinadi, siqib chiqarish koeffitsienti aniqlanadi;

  11. neft (gaz)ning boshlang’ich balans zaxiralari va qazib olinishi mumkin bo’lgan zaxiralari.

Yuqorida qayd etilgan hamma geologik ma’lumotlarni puxta va to’liq o’rganish mahsuldor qatlam va uni to’yintiruvchi suyuqliklar xususiyatlari to’g’risida yaxshi tasavvurga ega bo’lishga imkon beradi va bu o’z navbatida, ishlatishning oqilona sistemasini loyihalashga va qatlamga ta’sir etish uchun tadbirlar belgilashga va ishlatish jarayonini boshqarishga sharoit yaratadi.

Download 11,69 Mb.
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   252




Download 11,69 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



ASOSIY BOSHLANG’ICH MA’LUMOTLAR HAJMI VA TAVSIFI

Download 11,69 Mb.